|
NATIJA:
MISOL
|
bet | 2/3 | Sana | 05.07.2024 | Hajmi | 5,05 Mb. | | #266715 |
Bog'liq 2-ishamaliyNATIJA:
MISOL
2-amaliy ish
Ajrat va xukmronlik qil” prinsipi bo‘yicha ishlaydigan algoritmlarni loyihalash.
Masala: O‘tgan yildan beri ta’mirlanmagan mashinalarni ularning egalari ismlari bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiring
Zarur dasturiy ta’minot (C++ dasturlash tili kompilyatori, matn muharriri) o‘rnatilgan personal kompyuter, laboratoriya ishini bajarish bo‘yicha (ushbu) uslubiy ko‘rsatma
Zarur nazariy ma’lumotlar.
Ushbu laboratoriya ishi turli ma’lumotlarni saralashga mo‘ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish, psevdokod va blok-sxema ko‘rinishida ifodalash, dasturlashtirish va testlash malakalarini egallashga bag‘ishlangan. Ushbu laboratoriya ishlari ma’lumotlarni saralash usullaridan foydalanish talab etiladi.
Quiksort – tez saralash algoritmi
Bu algoritm “bo‘lib ol va egalik qil” tamoyilining yaqqol misolidir. Bu algotirm rekursiv bo‘lib, o‘rtacha N*log2N ta solishtirish natijasida saralaydi. Algoritm berilgan massivni saralash uchun uni 2 taga bo‘lib oladi. Bo‘lib olish uchun ixtiyoriy elementni tanlab undan 2 ta qismga ajratiladi. Lekin o‘rtadagi elementni tanlab, massivning teng yarmidan 2 ga ajratgan ma’qul. Tanlangan kalit elementga nisbatan chapdagi va o‘ngdagi har bir element solishtiriladi. Kalit elementdan kichiklar chapga, kattalar o‘ng tomonga o‘tkaziladi (6.3-rasm). Endi massivning har ikkala tomonida xuddi yuqoridagi amallar takrorlanadi. Ya’ni bu oraliqlarning o‘rtasidagi elementlar kalit sifatida olinadi va h.k.
Misol uchun rasmdagi massivni saralash algoritmini ko‘rib chiqamiz.
Oraliq sifatida 0 dan n-1 gacha bo‘lgan massivning barcha elementlarini olamiz.
Oraliq o‘rtasidagi kalit elementni tanlaymiz, ya’ni key=(+)/2, i=, j=.
7.1-rasm. Quicksort algoritmida o‘rinlashtirish
Chapdagi i-elementni key bilan solishtiramiz. Agar key kichik bo‘lsa, keyingi qadamga o‘tamiz. Aks holda i++ va shu qadamni takrorlaymiz.
O‘ngdagi j-element bilan key solishtiriladi. Agar key katta bo‘lsa, keyingi qadamga o‘tamiz, aks holda j-- va shu qadamni takrorlaymiz.
|
| |