|
Sun'iy intellekt va big data ko'makka kelmoqda
|
bet | 1/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 30,77 Kb. | | #245114 |
Bog'liq Документ Microsoft Word
Sun'iy intellekt va big data ko'makka kelmoqda
Ma'lumot uchun artificial intelligence, ya'ni, sun'iy aql- informatikaning alohida sohasi bo'lib, kompyuter yoki mashinaning inson ongidagi imkoniyatlarga taqlid qilishi, codda qilib aytganda, sun'iy aql kompyuterlarni odam kabi o'ylash va yechim topishga yo'naltirilgan texnologiya hisoblanadi. Big Data — salmoqli ma'lumot atamasi kuniga 100 gigabaytdan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga nisbatan qo'llanib kelingan. Keyinchalik ma'lumotlarning keskin ko'payishi oqibatida bu tushuncha yanada keng qamrov kasb eta boshladi. Ushbu atama odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasidagi katta hajmdagi ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.
Bugungi kunda soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash, sohadagi firibgarliklari va ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilishning hozirgi holatida milliy hamda xalqaro darajada bir muncha muammolar mavjud. Misol uchun, Soliq, Adliya Tarmoqlari (Tax Justice Network) tashkilotining 2020-yilgi hisobotida soliq firibgarligi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida butun dunyo davlatlari yiliga 427 milliard AQSH dollari miqdorida ziyon ko'rishmoqda. Birgina AQSHning o'zi har yili soliq to'lashdan bo'yin tovlash tufayli 188,8 milliard dollar yo'qotadi, Xitoy va Yaponiyaning bu boradagi yillik zararlari tegishli ravishda 66,8 va 46,9 milliard dollarni tashkil etyapti.
Mamlakatimizda soliq tizimida elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari orqali ma'lumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga keskin oshib borayotganligi sababli ma'lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilishni takomillashtirishni kun tartibiga qo'ymoqda. Davlat soliq qo'mitasining mavjud server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band. Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi qurilmalari eskirganligi hamda elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali shakllangan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish uchun mavjud serverlar quvvati etishmasligi holatlari yuzaga kelib turibdi. Bu borada cun'iy aql va katta hajimli ma'lumotlar texnologiyalarini joriy etish qo'l keladi.
Shu bois Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qarorida ham “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, soliq sohasida ham yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llashga alohida ahamiyat qaratilgan.
«Big Data» atamasi «katta ma’lumotlar» degan ma’noni bildirib, uni birinchi marta 2008-yilda «Nature» jurnalining muharriri Klifford Linch ishlatgan. U dunyoda axborot hajmlarining jadal sur’atlarda o‘sishi haqida gapirib, faqatgina yangi vositalar va yanada ilg‘or texnologiyalar ularni o‘zlashtirishga yordam berishini ta’kidlagan.
Linch «katta ma’lumotlar»ga sutkasiga 150 Gb hajmda bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi ma’lumotlar tegishli deb hisoblaydi, ammo hanuzgacha ma’lumotlarni yagona o‘lchov birligi mavjud emas.
Dunyoda raqamlangan ma’lumotlar hajmi tinimsiz o‘sib bormoqda.
IBC kompaniyasining ma’lumotlariga qaraganda, 2003 yilda 5 eksabayt (1 eksabayt = 1 milliard gigabayt) ma’lumot yig‘ilgan. 2015-yil may oyiga qadar dunyoda yig‘ilgan ma’lumotlar hajmi 6,5 zettabaytdan oshgan bo‘lsa, 2020-yilda insoniyat 40-44 zettabayt raqamli ma’lumot hosil qilgan.
«Big Data» – bu juda tez sur’atlarda o‘sib borayotgan katta hajmdagi tizimli va tizimsiz raqamli ma’lumotlar to‘plami. «Big Data» biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish, to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan eng samarali qarorlarni qabul qilinishini ta’minlash maqsadida axborotni saqlash va qayta ishlashning innovatsion usullarini o‘z ichiga oladi.
«Katta ma’lumotlar» tushunchasi o‘zi nisbatan yangi bo‘lsa-da, aslida uning kelib chiqishi birinchi ma’lumotlar markazlari va relyasion ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish boshlangan 1960-1970-yillarga to‘g‘ri keladi.
2005-yilda odamlar Facebook, YouTube va boshqa onlayn xizmatlar foydalanuvchilari qancha ma’lumot ishlab chiqarayotganini tushuna boshladilar. Shu yili Hadoop (katta ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun maxsus yaratilgan ochiq kodli platforma) ishlab chiqildi.
2011-yilga qadar katta ma’lumotlar tahlili faqat ilmiy-statistik tadqiqotlar doirasida amalga oshirilgan, ammo 2012-yilning boshiga kelib ma’lumotlar hajmining katta ko‘lamda o‘sishi sababli ularni tizimlashtirish va amalda qo‘llash ehtiyoji tug‘ildi.
2014-yildan boshlab, katta ma’lumotlarga amaliy muhandislik va IT mutaxassislar tayyorlaydigan dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari ye’tibor qaratishdi. Keyin Microsoft, IBM, Oracle, YEMC, undan keyin esa Google, Apple, Facebook va Amazon kabi yirik korporatsiyalar qo‘shildi. Bugungi kunda katta ma’lumotlar yirik kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan turli sohalarda ishlatilmoqda.
Barcha yig‘ilgan Big Data ma’lumotlari olingan manbalarga qarab tasniflanishi mumkin. AQShning Gartner kompaniyasi «katta ma’lumotlar»ga kiritilgan ma’lumotlarning quyidagi tasnifini taklif qiladi:
|
| |