D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.10.2023
Hajmi230.16 Kb.
#87066
  1   2   3   4
Bog'liq
ong va ongsizliki
KT AL3, HISOBOT amaliyot, 24.05.2023 yildagi Urgut tumanidagi 61-maktab ota-onlar yig\'ilish bayannomasi, 6-



4.1. Ongning psixologik
xossalari

 
4. Mavzu: 
ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK
Reja:
4.1. Ongning psixologik xossalari
4.2. Ongsizlik haqida tushuncha
4.3. Anglanmagan psixik jarayonlar
4.4. Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari
4.5. Оng usti jarayonlari
Adabiyotlar:
1.
Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-75-79.
2.
Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y. 
Blits-so’rov savollari
1. Anglanmagan psixik jarayonlarning umumiy xususiyatlari va tasniflanishi haqida ma’lumot bering.
2. Ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlari nimani anglatadi?
3. Anglanmagan avtomatizmlarga misollar keltiring.
4. D.N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering.
5. Psixik hodisalar va insonlarning kundalik hayotini o‘rganishda ongli harakatlar anglanmaganligining ahamiyatini ochib bering.
6. Ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganish bo‘yicha Z. Freyd tadqiqotlari haqida gapirib bering.
7. Ong usti jarayonlari haqida nimalarni bilasiz?
8. Anglanmagan psixik jarayonlarni o‘rganish metodlaridan qaysilarini bilasiz?
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Ong- ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va
tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish,
ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z
ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam
haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini 
bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.
Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan
uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va
o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli
bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu
damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar
va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur
etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga
ega ekanligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa
belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy
xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish
sodir bo’ladi.
Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni o’ziga
bo’ysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida mehnat qurollari
yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash,
shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson
uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik bo’lgan xossasidir.
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat
tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.
2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlariniqonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini aks ettiradiOng – bu insonning olamga
uning ob’ektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar
metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish
imkonini beradi.
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish,
umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra
oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud: fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar,
kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy,
g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning
maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan
g’ayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat
hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni
anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlikshaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti
mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga
bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks
ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
SHunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar
ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.
Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong sub’ekt ichki olamining bevosita ko’z oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi
yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqelik bilan
hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik – jismga yo’nalganlik; ko’p tomonlama mustaqillilik – insonning
asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi; refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik
va tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidanatrof-olam haqidagi bilimlar yig’indisi; sub’ekt va ob’ektni, ya’ni, insonning
«men»i va «men emas»iga tegishli bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat tarkibi –
«mening o’z muhitimga munosabatim mening ongimdir».
Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez
jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi

Download 230.16 Kb.
  1   2   3   4




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering

Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish