D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.10.2023
Hajmi230.16 Kb.
#87066
1   2   3   4
Bog'liq
ong va ongsizliki
KT AL3, HISOBOT amaliyot, 24.05.2023 yildagi Urgut tumanidagi 61-maktab ota-onlar yig\'ilish bayannomasi, 6-
qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi
faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat
tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu
faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad
aniqlanib, so’z bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish
faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning
mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina
emas, balki, o’zi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari
ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida yaratuvchilari
psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini
anglash va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok
qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo
bo’ladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. ong rivojlanishidagi ong rivojlanishidagi ushbu
birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish sifatida belgilash mumkin. ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin
birlashishi bilan bog’liq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan
bilimlarni belgilash uchun qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana
boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. so’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari
o’zgarishi bilan ularning ongi ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin xuddi shuning
o’zi inson ontogenezining rivojlanishi davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan san’at,
madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlarning psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish tarixiy
yo’nalish sifatida belgilanadi.
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning
yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi
bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va
ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq.
Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular
mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida
diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. SHu bilan birga insonning hayot, makro- va mikrodunyolar
tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan hukmronligi
sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar
yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba’zi
patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat
qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo’nalish vakillari tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’ekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati
sifatida;
- sub’ekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda sub’ekt voqelikni o’zini boshqa odamlar va hodisalar bilan tenglashtirgan holda, ob’ektlar o’rtasidagi mantiqiy qarama-
qarshiliklar va farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta emotsional his etish, identifikatsiya,
emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari orqali boshidan kechiradi.
Ongsizlikda ko’pincha o’tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda mavjud
bo’ladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, ozuqaga bo’lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib
chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin hafagarchilik); tushda sodir bo’ladigan
psixik hodisalar (tush ko’rish); sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko’rsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob reaktsiyalari («subsensor»
ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar;
maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kiradi. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga
keladigan alahlash, gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik ko’rinishlari to’rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega bo’lgan faoliyatning anglanmagan qo’zg’atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va
ma’noli mayllar). Bu sinf hodisalari sub’ektning gipnotik holatdan chiqqandan so’ng hulq-atvorini tadqiq qilishda aniqlangan edi;
- faoliyat kechishining yo’nalishli va barqaror bo’lishini ta’minlaydigan, uning bajarilish usullarining anlanmaydigan
boshqaruvchilari (operatsional mayllar va avtomatlashtirilgan hulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz
harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida yotadi va anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va
bo’lib o’tgan o’xshash vaziyatlardagi hulq-atvorning o’tmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari obrazlariga bog’liq bo’ladi;
- quyi sensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo’lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar sub’ekt ongida mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar
yig’indisi sifatida XVIII asrda G.V. Leybnits tomonidan ifodalangan edi. XIX asrda ongsizlik psixologik tadqiqotlarning predmetiga
aylandi (I.F. Gerbert, G.T. Fexner, V. Vundt). Uni o’rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z. Freyd ishlari turtki
berdi. Uning fikriga ko’ra ongda mavjud bo’lmagan ongsizlik psixik mazmun sifatida unga katta ta’sir ko’rsatadi.
Z. Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan
anglanadigan va nazorat qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent bilimlarni kiritgan edi. Bu
insonga tegishli bo’lgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud bo’lmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan rag’batning yuzaga kelishida
dolzarblashtiriladi, masalan, Yer - sayyora. SHunday qilib, ong – bu muztog’ning ko’zga ko’rinayotgan qismi, uning katta qismi esa inson
tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo’yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-
atvorimizga katta ta’sir ko’rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik sohasida joylashgan axborotning
ongga qiyinchilik bilan o’tishidan iborat. Bu ikki mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko’rsatishlarning faoliyati bilan tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion energiya manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar,
Freydga ko’ra, ong «nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo’ladigan ong osti mayllar energiyasini susaytiradi.
Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo’lishga intilib, himoya mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimatsiya (o’rin olish), omilkorlik va
regressiyaga murojaat qiladi.
SHunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va
onglilikda faoliyat ko’rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug’ma instinktiv-refleksga asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti
darajasi – ma’lum individ tajribasidagi hulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari – malakalari,
ko’nikmalari, odatlari, ichki tuyg’ulari.
Tush ko’rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli ko’rinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya,
ekstrasensor hodisalar), fobiyalar, qo’rquvlar, asabiy xayollar, o’z-o’zidan paydo bo’ladigan xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish –
sanab o’tilgan bu hodisalar anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.
Anglanmaganlik mezoni hisob berilmasligi, ixtiyorsizligi, noverballigi hisoblanadi (so’z bilan ifodalanmaganlik).
Ong egasi bo‘lgan inson motivatsiyalangan harakatlarni bajarishga, ko‘zlangan maqsadga
erishishga yoki ma’lum vazifani bajarishga qodir, chunki inson o‘zining hulq-atvori yoki holatini
anglaydi va nazorat qiladi. SHunday bo‘lsa ham, odam psixikasi uchun ob’ekt tomonidan anglanish
darajasiga ko‘ra farqlanadigan psixik jarayonlar va hodisalarning ikki katta guruhi xosdir. Inson ongida kechishi yoki ifodalanishi qisman
aks etuvchi psixik jarayonlar va hodisalar. Bunday jarayonlar anglanmagan jarayonlar guruhiga taalluqlidir.
Barcha anglanmagan psixik jarayonlar uch bo‘limga ajratiladi: ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari, ongli harakatlarning
anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari va «ong usti» jarayonlari.
O‘z navbatida, ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari bo‘limi uch sinfga bo‘linadi: anglanmaydigan avtomatizmlar;
anglanmaydigan mayl hodisalari; ongli harakatlarning anglanmaganligi.

Download 230.16 Kb.
1   2   3   4




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering

Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish