D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana06.10.2023
Hajmi230.16 Kb.
#87066
1   2   3   4
Bog'liq
ong va ongsizliki
KT AL3, HISOBOT amaliyot, 24.05.2023 yildagi Urgut tumanidagi 61-maktab ota-onlar yig\'ilish bayannomasi, 6-
aniqlagan yoki yo‘naltirib bergan: sinaluvchilar, odatda, chap qo‘llaridagi pufak kichikroq deb baholaydilar. To‘g‘ri, ba’zan maylli
sinovlardagi kabi, ya’ni, chap qo‘ldagi pufak kattaroq degan javoblar ham bo‘ldi. Birinchi xildagi xatoliklar maylning kontrast
illyuziyalari, ikkinchi xildagilari – maylning assimilyativ illyuziyalari deb ataldi.
D.N.Uznadze va uning hamkasblari har bir turga tegishli bo‘lgan illyuziyalarning yuzaga kelishini to‘liq o‘rganib chiqdilar. Ushbu
vaziyatda maylning haqiqatdan ham anglanmaganligi muhim bo‘lib hisoblanadi, buning tasdig‘i sifatida pufaklar hajmini baholash
bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan birini keltirish mumkin. Bu tajriba gipnoz yordamida o‘tkaziladi. Tajribadan avval sinaluvchi gipnoz
holatiga tushiriladi va shu holatda unga birinchi o‘n beshta topshiriqni bajarish taklif etiladi. So‘ngra unga bajargan topshiriqlarni yodidan
chiqarib yuborishi zarurligi uqtirildi. Gipnoz holatidan chiqqandan so‘ng sinaluvchi nima qilganini eslay olmasada, unga tetik holatida
pufaklar hajmini baholash taklif etilganida, hajmlari bir xilda bo‘lsa ham, pufaklarning hajmi har xil deya uqtirib, xatolikka yo‘l qo‘ydi.
SHunday qilib, anglanmaydigan mayllar haqiqatdan mavjud bo‘lib, anglangan harakatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Endi e’tiborimizni anglanmaydigan mexanizmlarning uchinchi sinfi – ongli harakatlarning anglanmaydigan jarayonlariga qaratamiz.
Harakatning anglanmagan jarayonlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, siz musiqa eshitayotgan tinglovchining kuyga mos ravishda
oyog‘ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata turib, jag‘ini harakatlantirayotganini kuzatgansiz; qo‘lini kesib olgan kimsani kuzatayotgan
odamning yuzida o‘ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda namoyon bo‘ladi. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Bu
hodisalarning barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir. Bundan kelib chiqadiki, ongli xarakatlarning anglanmagan
jarayonlariga beixtiyoriy harakatlar, quvvat zo‘riqishlari, mimika va pantomimika, shuningdek, inson holati va harakatlarini kuzatuvchi
vegetativ harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin.
Bunday jarayonlarning ko‘pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy qismlar fiziologiyani o‘rganishning asosiy ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.
Lekin ularning barchasi psixologiya uchun o‘ta muhimdir. Birinchidan, bu anglanmagan jarayonlar odamlar o‘rtasidagi muloqotning
qo‘shimcha vositalari sifatida o‘rganilishi mumkin. Ba’zi holatlarda bunday vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini bag‘ishlabgina qolmay,
nutqning o‘zini ham o‘zgartiradi. Ikkinchidan, ular inson turli psixologik xususiyatlarining ob’ektiv ko‘rsatkichlari sifatida qo‘llanilishi
mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning ”Umumiy psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko‘rinishni keltirish
mumkin. 1920 yilda A.R. Luriya tomonidan zamonaviy «yolg‘onchilik detektorlari»ni qo‘llashda namoyon bo‘ladigan hodisalarga
o‘xshash noyob hodisalar o‘rganiladigan tajribalar o‘tkazilgan. Buning uchun u K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash uchun
qo‘llagan assotsiatsiya tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so‘zlar ro‘yxati taklif etilib, ularning har biriga miyasiga kelgan
birinchi so‘z bilan javob berishi kerak edi. A.R. Luriya ushbu metodikaga o‘zgartirish kiritdi, u sinaluvchiga javob so‘zni aytish bilan
birga o‘ta sezgir o‘tkazuvchi – nog‘orachaning pnevmatik membranani bosib qo‘yishni taklif etdi. Natijada so‘z bilan aytilgan javob
motorli qo‘l ta’siri bilan uyg‘unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so‘zning o‘zini emas, balki uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga
olish imkonini berdi . Bu tajriba odamning tashqi harakatlarni (so‘zlar, harakatlar) oson, muskullar harakatini (qomatni tutish, mimika, yuz
ifodalar) qiyinroq nazorat qilishini ko‘rsatdi. Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha bo‘lgan rag‘bat sifatida tadqiqotchi tomonidan
talaffuz etilgan so‘zlarga nisbatan betaraf tashqi ta’sirning saqlanib qolishida turlicha motorli ta’sirlar qayd etildi. Bunday metodikani A.R.
Luriya uyg‘unlashtirilgan motorli metodika deb atadi. Uning validligi va ishonchli ekanligi jinoyat sodir etishda ayblanayotganlar
tomonidan ham samarali tasdiqlandi.
Zamonaviy texnika shu kabi tajribalarni ong tomonidan nazoratga bo‘ysunmaydigan ob’ektiv indikatorlarni hisobga olgan holda
yuksak darajada o‘tkazish imkonini beradi. Bunday indikatorlar sirasiga tomir urishi, nafas olish tezligi, arterial qon bosim, miyaning
elektr faolligi, ko‘zning mikroharakatlari, qorachiqning ta’sirlanishi va boshqalar kiradi. SHunday qilib, kamroq anglanadigan ta’sirlardan
muloqot va axborot o‘tkazishda, shuningdek, odamni o‘rganishda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishda foydalanish mumkin.
Anglanmagan jarayonlarning keyingi sinfi – ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini ko‘rib chiqamiz. Bu sinfga
taalluqli bo‘lgan jarayonlarning tadqiqotlari, avvalambor, XX asrning mashhur ruhshunoslaridan
biri Zigmund Freyd nomi bilan bog‘liq.
Freyd Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirgandan so‘ng bir muncha vaqt parijlik
psixiatr J. SHarko klinikasida faoliyat yuritdi, keyinchalik Venaga qaytib, amaliyotchi vrach sifatida ishlay boshladi. Nevrozlarni davolash
bo‘yicha mutaxassis sifatida Freyd shaxsning nazariy muammolari bilan shug‘ullandi, natijada ruhiy kasalliklarni davolashning o‘ziga xos
uslubini ishlab chiqdi va uni psixoanaliz deb atadi. Psixoanalizning keng doiralarda ommalashganiga qaramay, mutaxassislar hanuzgacha
unga nisbatan turlicha munosabat bildiradilar. Buni Freydning o‘zi o‘ta ziddiyali odam bo‘lganligi bilan tushuntirish mumkin. Bir
tomondan, u faktlarga nisbatan juda e’tiborli bo‘lgan, Freydni faktlarning bilimdoni deyish mumkin. U faktlar bilan juda oqilona va
puxtalik bilan ish yuritadi, qiziqarli tarzda umumlashtiradi, ilg‘or nazariy qoidalarni ilgari suradi va ularni faktlar yordamida qayta
isbotlaydi. Ikkinchi tomondan, Freyd matnlarida ko‘pgina asoslanmagan nazariy qoidalar keltiriladi. Freyd bilan yaqindan tanish
bo‘lganlarning fikriga ko‘ra, uning faktlarga nisbatan bunday munosabatini o‘rganilgan muammolarning shaxsan uning o‘ziga xosligi
bilan tushuntirish mumkin. SHu bilan birga, Freyd inson ba’zi harakatlari va ruhiy hodisalarning anglanmagan sabablarini o‘rganishga
salmoqli hissa qo‘shdi.
Anglanmagan jarayonlarni chuqur o‘rganishga gipnozdagi bemor ayolga o‘ziga kelgandan so‘ng joyidan turib, qatnashchilardan
biriga tegishli bo‘lgan soyabonni olishi kerakligiga ishontirilgan gipnoz seanslaridan birida ishtirok etganligi Freyd uchun turtki bo‘ldi.
Bunda ayolga uyg‘onishidan avval bunday ishontirish o‘tkazilgani haqida yodidan chiqarishi kerakligi uqtirildi. Gipnozdan uyg‘ongan
ayol o‘rnidan turib, soyabonni oldi va uni ochdi. Uning nega bunday qilganligi so‘ralganida, soyabonning ishlashini tekshirib ko‘rganligini
aytdi. Ayolga soyabonning uniki emasligini eslatganlarida, u uyalib qoldi. Bu tajriba Freydning diqqatini o‘ziga tortdi va unda juda kuchli
taassurot qoldirdi. Unda qator noyob hodisalar: birinchidan, amalga oshiriladigan harakatlar sabablarining anglanmaganligi; ikkinchidan,
bu sabablarning ta’sirchanligi: odam topshiriqni nima uchun bajarayotganligini bilmasdan turib, vazifani bajaradi; uchinchidan, o‘z
harakatini tushuntirib beruvchi dalil izlab topish va, nihoyat, ba’zan davomli so‘rovlar usuli yordamida odamni harakatlarining asl sababi
haqidagi xotiralarga yo‘naltirish imkoniyati qiziqish uyg‘otdi. Bu tasodifga binoan va qator boshqa faktlarga tayangan holda Z. Freyd
o‘zining ongsizlik nazariyasini yaratdi.
U o‘z nazariyasida ongsizlik ifodalanishining uch asosiy shakli: tush ko‘rish, yanglish harakatlar (narsalar, bajarmoqchi bo‘lgan
vazifalar, ismlarning xotiradan ko‘tarilishi, jumlalarni aytishda, yozishda xatolikka yo‘l qo‘yish va boshqalar) va nevroz belgilarini ajratdi.
Psixoanaliz nazariyasida ongsizlik ifodalarini tadqiq qilish uchun ularni o‘rganish metodlari: erkin assotsiatsiyalar metodi va tush ko‘rish
tahliliy metodi ishlab chiqildi.
Freyd nevroz belgilariga alohida e’tibor qaratadi. SHifokorlik amaliyotidan bir misol keltiramiz: yosh bir qiz dunyodan ko‘z yumgan
opasining tepasiga kelib, bir daqiqaga pochchasi haqida: «Endi u erkin va menga uylana oladi» deb o‘ylab, og‘ir nevrozga chalingan. Bu
fikr ushbu vaziyatga umuman mos kelmasligi vajidan o‘sha zahotiyoq siqib chiqarilgan va kasallikka chalingan qiz opasining tepasida
bo‘lib o‘tgan bu ko‘rinishni yodidan chiqarib yuborgan. Lekin davolanish vaqtida u katta qiyinchilik va hayajon bilan uni esladi, shundan
so‘ng darddan forig‘ bo‘ldi.
Z. Freyd tasavvurlariga ko‘ra, nevroz belgilari – bu ongsizlik sohasida kuchli zararlangan o‘choq hosil qiluvchi va o‘sha erdan turib
o‘zining emiruvchi vazifasini amalga oshiradigan siqib chiqarilgan shikastlovchi kechinmalarning izlari. O‘choq ochilishi va
zararlantirilishi lozim, shunda nevroz keltirib chiqaruvchi sababdan mahrum bo‘ladi.
Belgilar asosini har doim ham so‘ndirilgan jinsiy mayl tashkil etmaydi. Kundalik hayotda ko‘p hollarda jinsiy soha bilan hech
qanday bog‘liqligi bo‘lmagan noxush kechinmalar yuzaga keladi, va, shunga qaramay, ular sub’ekt tomonidan so‘ndiriladi yoki siqib
chiqariladi. Ular, shuningdek, yanglish harakatlarda yuzaga chiqadigan affektiv o‘choqlar hosil qiladi. Z. Freydning «Psixoanalizga kirish.
Ma’ruzalar» asaridan ba’zi parchalarni keltiramiz. Keyingi misol noto‘g‘ri izohlarga tegishli. Freyd fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri izohlar
tasodifan yuzaga kelmaydi: ularda insonning haqiqiy (yashirilgan) niyatlari va kechinmalari yuzaga chiqadi. Bir kuni ba’zi bir shaxsiy
sabablarga ko‘ra yig‘ilishning o‘tkazilishini xohlamagan majlis raisi uning ochilishida: «Janoblar, yig‘ilishimizni yopiq deb hisoblashga
ruxsat berishingizni so‘rayman» deb yuboradi.
Z.Freyd amaliyotidan noto‘g‘ri harakatga doir yana bir misol keltiramiz. U yosh amaliyotchi shifokor sifatida bemorlarning uylariga
tashrifi chog‘ida o‘zida ba’zi bir eshiklarning qo‘ng‘irog‘ini bosish o‘rniga kissasidan shaxsiy kalitini olish odatining paydo bo‘lganiga
e’tibor berdi. O‘z kechinmalarini tahlil qilib, bu odatning o‘zini o‘z uyidagidek his etadigan bemorlar uyining eshigi oldida yuzaga
kelishini aniqladi.
Anglanmagan jarayonlarni o‘rganishda Freyd tomonidan erkin assotsiatsiyalar metodi qo‘llanilgan edi. Assotsiatsiyali tajribada
sinaluvchi yoki bemorga ko‘rsatilgan so‘zlarga javoban miyasiga kelgan istalgan so‘zni darhol aytishi taklif etiladi. Va, bundan ma’lum
bo‘ldiki, bir necha o‘nlab urinishlardan so‘ng sinaluvchining javoblarida uning yashirin kechinmalari bilan bog‘liq so‘zlar paydo bo‘ladi.
Masalan, K.Chapekning «Shifokor Rousning tajribasi» hikoyasida erkin assotsiatsiyalar metodining qo‘llanilishi tasvirlanadi. SHu
o‘rinda bu hikoyaning qisqacha mazmunini keltiramiz. CHexiya shaharchalaridan biriga kelib chiqishi chex bo‘lgan amerikalik ruhshunos
professor tashrif buyuradi. Uning o‘z mahoratini namoyon qilishi e’lon qilinadi. SHahar aslzodalari, muxbirlar va boshqa shaxslardan
iborat haloyiq to‘planadi. Qotillikda ayblanayotgan jinoyatchini olib kirishadi. Professor unga tiliga kelgan birinchi so‘z bilan javob
berishni taklif etib, so‘zlarni aytib turadi. Avval jinoyatchi u bilan ish yuritishni umuman istamaydi. Lekin keyinchalik so‘zlar o‘yini
e’tiborini tortadi va u qiziqib ketadi. Professor avval umumiy so‘zlar: pivo, ko‘cha, it kabilarni taklif etadi. Asta-sekin jinoiy vaziyatlar
bilan bog‘liq so‘zlarni kirita boshlaydi. «Kafe» so‘ziga javob – «shoh ko‘cha», «dog‘lar» so‘zi berilsa, javob «qop»; «yashirish» so‘ziga -
javob «ko‘mib qo‘yish», «belkurak» - «o‘ra», «o‘ra» - «devor» va h.k. Seansdan so‘ng professor tavsiyasiga ko‘ra politsiyachilar devor
oldidagi bir joyga borib, o‘rani ochadilar va yashirib qo‘yilgan jasadni topadilar.
Harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari haqidagi suhbatni yakunlar ekanmiz, Freyd nazariyasi o‘zining ziddiyatliligiga
qaramay, insonning anglanmagan harakatlarining ko‘pchilik mexanizmlarini tushunish imkoniyatini yaratishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Anglanmagan jarayonlarning uchinchi sinfini «ong usti jarayonlari» tashkil etadi. Bu darajaga yirik
ongli faoliyat natijasida qandaydir yig‘indi mahsulotning hosil bo‘lish jarayonlari kiradi. Bu hodisa
bilan biz uchun muhim va murakkab bo‘lgan qandaydir muammoni hal etishga uringanimizda
to‘qnashamiz. Biz uzoq vaqt turli usullarni ko‘rib chiqamiz, mavjud axborotni tahlil qilamiz, lekin
hanuz muammoning aniq echimini topa olmaganmiz. SHunda birdaniga o‘z-o‘zidan, ba’zida kichik bir sababni qo‘llagan holda ushbu
muammoning echimiga erishamiz. Bizga barchasi ayon bo‘ladi, bu muammoning asl mohiyatini aniq tushunamiz va uni qanday hal etishni
bilib olamiz. Bu endi qandaydir muammoning echimiga oddiy nigoh tashlash emas, aksincha, bu hayotimizni tubdan o‘zgartirib yuborishi
mumkin bo‘lgan sifat jihatidan yangi qarashdir.
Shunday qilib, nima uchun muammoning bunday echimida to‘xtalganimiz haqida aniq tasavvur saqlanib qolmagan bo‘lsa ham,
ongimizga kirganlar haqiqatdan ham yig‘indi mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Biz faqat ma’lum daqiqada yoki vaqtning ma’lum oralig‘ida
nimalar haqida o‘ylaganimiz yoki boshimizdan kechirganlarimizni bilamiz. Muammo echimini ishlab chiqish jarayonining o‘zi esa bizlar
uchun anglanmagan bo‘lib qoldi. Kundalik hayotda shunga o‘xshash hodisalar ko‘p hollarda ichki sezgi tuyg‘usi, ya’ni, ong nazoratidan
tashqarida joylashgan darajada tahlil qilish usuli yordamida qaror qabul qilish deb ataladi.
Nima uchun shunga o‘xshash jarayonlarni ongdan tashqarida joylashtirish lozim? CHunki, ular ongli jarayonlardan o‘zlarining ikki
xususiyati bilan farq qiladi. Birinchidan, sub’ekt «ong usti» jarayoni olib kelishi mumkin bo‘lgan yakuniy natijani bilmaydi. Ongli
jarayonlar esa xarakat maqsadini, ya’ni, sub’ekt intilayotgan natijani aniq anglagan holda belgilab beradi. Ikkinchidan, «ong usti»
jarayonning yakun topish vaqti noma’lum; ko‘p hollarda u sub’ekt uchun kutilmagan holatda to‘satdan o‘z nihoyasiga etadi. Ongli
jarayonlar esa maqsadga yaqinlashish va unga erishilgan lahzani taxminiy baholash ustidan nazoratni belgilab beradi.
Ongli va ong usti jarayonlari bir-biri bilan muntazam ravishda aloqada bo‘ladi. Masalan, hammaga tanish bo‘lgan – sevgi tuyg‘usi. Bu
insonni sevishingizni bilasiz, lekin nima uchun uni sevasiz? Boshqa odamni emas, aynan shu odamni sevishga sizni nima undaydi?
Bundan tashqari sizning tanlovingiz tanishlaringiz ichida eng yaxshisi bo‘lmagan taqdirda. Buni faqat biz ong usti jarayonlari deb
nomlagan ma’lum mexanizlarning faoliyati bilan tushuntirish mumkin.
SHuning uchun ong usti jarayonlari insonlar hayotida juda muhim o‘rin tutadi. Bunday jarayonlarga to‘laligicha ijodiy tafakkur
jarayonlarini, og‘ir qayg‘u yoki yirik hayotiy voqealar kechinmalari, tuyg‘ular inqirozlari, shaxsiy inqirozlar va shunga o‘xshash
jarayonlarni kiritish mumkin.
Birinchilar qatorida ong usti jarayonlariga maxsus e’tibor qaratganlardan biri amerikalik ruhshunos U. Djems edi. U to‘plagan
ma’lumotlar «Diniy tajribaning xilma-xilligi» kitobida bayon etilgan. Bu mavzuga oid keyingi ilmiy ishlar sifatida Z. Freyd, E.
Lindemanning maqolalarini va F.E. Vasilyuk kitobini keltirish mumkin.
Kuzatiladigan jarayonlarni U.Djems ongsiz jarayonlar deb atagan edi. «Ong usti jarayonlari» atamasini YU.B. Gippenreyter o‘z
ishlarida keng qo‘llaydi. U jarayonlarning asosiy xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi: bu jarayonlar ong ustida sodir bo‘lishining ma’nosi
ularning mazmuni va vaqt o‘lchamlari ong joylashtirishi mumkin bo‘lgan hajmdan yirik bo‘lishidan iborat; ular o‘zlarining alohida
qismlari bilan ong orqali o‘tishida yaxlitligicha uning tashqarisida joylashadi.
Biz ko‘rib chiqayotgan jarayonlar va ong nisbatini chizma tarzida tasavvur qiladigan bo‘lsak (4.1 rasm), markazga ongni
joylashtirishimiz lozim, qolgan jarayonlar uning atrofidan o‘rin oladi. CHizmaning pastida ongli harakatlarning anglanmagan
mexanizmlari joylashadi (I). O‘z mohiyatiga ko‘ra ular ongli aktlarning texnikaviy ijrochilaridir. Ularning ko‘pchiligi ong vazifalarining 
anglanmaydigan darajalariga o‘tkazilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini ong darajasiga joylashtirish mumkin (II).
Inson uchun, balki, ular ongli qo‘zg‘atuvchilar kabi ahamiyatlidir, lekin ongli harakatlarning
anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari ulardan farqli ravishda ongdan siqib chiqarilgan, hissiyot bilan
faollashtirilgan va ongga alohida ramziy shaklda davriy holda o‘tib turadi.
«Ong usti» jarayonlari (III) haqli ravishda psixik jarayonlar nisbatlar ketma-ketligining
cho‘qqisini egallashi lozim. Ular davomli va shiddatli ong faoliyati shaklida rivojlantiriladi. Buning
natijasi bo‘lib ongga yangi ijodiy g‘oya, yangi munosabat yoki tuyg‘u ko‘rinishida qaytib keladigan
allaqanday yig‘indi oqibat hisoblanadi.
Biz to‘xtalishimiz lozim bo‘lgan yana bir muammo mavjud. Bu muammo anglanmagan psixik
jarayonlarni bilish tadbirlaridan iborat. Haqli ravishda anglanmagan jarayonlarni agar ular
anglanmaydigan bo‘lsa, qanday o‘rganish mumkin degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalambor, anglanmaydigan hodisalar ongimizda turli shakllar: idrok illyuziyalari, mayl
xatoliklari, freydning noyob hodisalari, ong usti jarayonlarining yig‘indi natijasida namoyon
bo‘lishini qayd etish lozim. Anglanmaydigan jarayonlar haqidagi ma’lumotlarga ko‘nikmalar
shakllanishining o‘sishini tahlil qilishda, shuningdek, tadqiqotchining turli fiziologik indikatorlardan
olgan axborotni o‘rganishda ega bo‘lish mumkin (A.R. Luriya).
Bundan kelib chiqadiki, anglanmagan jarayonlarni o‘rganishda biz xuddi o‘sha boshlang‘ich ma’lumotlar: ong, hulq-atvor faktlari va
fiziologik jarayonlarni qo‘llaymiz. Ular majmuasidan foydalanish ruhshunosga «ongsizlik» sohasiga tegishli bo‘lgan hodisalarni o‘rganish
imkonini beradi.
Shunday qilib, inson psixikasi juda murakkab bo‘lib, o‘zida faqatgina ongni emas, balki, sub’ekt tomonidan nazorat qilinmaydigan
jarayonlarni ham birlashtiradi. Ongsizlik sohasi murakkab va tartibli zinapoya tuzilishiga ega.

Download 230.16 Kb.
1   2   3   4




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering

Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish