D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.10.2023
Hajmi230.16 Kb.
#87066
1   2   3   4
Bog'liq
ong va ongsizliki
KT AL3, HISOBOT amaliyot, 24.05.2023 yildagi Urgut tumanidagi 61-maktab ota-onlar yig\'ilish bayannomasi, 6-
Anglanmagan avtomatizmlar deb, odatda, ongsiz ravishda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan harakatlar yoki aktlarga aytiladi.
Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiradigan jarayonlar ikkilangan tabiatga ega. Ba’zi jarayonlar hech qachon anglanmagan bo‘lib,
boshqalari esa avval anglangan, so‘ngra esa ongda yozilib qolmaydigan holatga o‘tgan. Birlamchi jarayonlar birlamchi avtomatizmlar
guruhini tashkil etadi yoki ba’zida ular avtomatik harakatlar deb ataladi. Ushbu guruhga tug‘ma yoki bola hayotining dastlabki yilida
shakllangan harakatlar kiradi. Ularga: so‘rish harakatlari, ko‘zlar pirpirashi va konvergensiyasi, jismlarni ushlab olish, qadam tashlash va
boshqalar kiradi.
Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiruvchi hodisalarning ikkinchi guruhi avtomatlashtirilgan harakatlar yoki ko‘nikmalar deb
ataladi. Harakatlarning bu guruhiga avvaldan anglangan holatda bo‘lib, keyinchalik esa behisob takrorlashlar va ular bajarilishining
takomillashishi natijasida ong ishtirokini talab etmay qo‘ygan, avtomatik ravishda bajariladigan harakatlar kiradi. Ko‘nikmalarning
shakllanish jarayoni bizning barcha malaka, bilim va qobiliyatlarimizning rivojlanishi asosida yotganligidan har bir individ uchun muhim
ahamiyatga ega. Masalan, fortepianoda chalishni o‘rganish. Barchasi oddiy harakatlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi. Avvalo to‘g‘ri
o‘tirishni, musiqa asbobida qo‘llar, barmoqlarning to‘g‘ri holatini saqlashni o‘rganish zarur. So‘ngra har bir barmoq zarbasi, qo‘llarning
harakatlari ishlab chiqiladi, sayqallanadi. Xuddi mana shu oddiy asosda fortepianoda kuy chalish texnikasi elementlari yaratiladi: yosh
pianinochi kuy «olib borishni», akkordlar, stakkato va legato chalishni o‘rganishi zarur… SHunday qilib, oddiy harakatlardan
murakkablariga tomon siljish yo‘li bilan harakatlarning anglanmagan darajalaridan o‘zlashtirilgan darajalariga o‘tkazish hisobiga inson
cholg‘uchilik mahoratini egallaydi.
Harakatlarni ongli nazoratdan ozod qilish haqida gapirilganda umumiy holatdagi ozodlik haqida o‘ylash kerak emas, ya’ni, odam
nima qilayotganini anglaydi, faoliyat ustidan nazorat saqlanib qoladi. Gap shundaki, ong maydoni (maydon – bu vaqtning ma’lum
lahzasida anglanadigan ma’lumotlar sohasi) bir jinsli emas. Ong fokusi, ong osti, shuningdek, ortidan ongsizlik sohasi boshlanadigan
chegarasini ham ajratish mumkin. Biror faoliyatni bajarishda uning eng murakkab bo‘lgan va doimiy nazoratni talab etuvchi harakatlari
ongimiz diqqat markazida bo‘ladi. Ishlab chiqilgan yoki oddiy harakatlar ongimizning chetki sohalariga surib chiqariladi, o‘zlashtirilgan
yoki egallangan harakatlar esa ongimiz chegarasidan ongsizlik sohasiga o‘tib ketadi. SHunday qilib, inson faoliyatining ong tomonidan
nazorat qilinishi butunlay saqlanib qoladi.
Ong va faoliyatning ayrim tashkil etuvchilarining nisbati barqaror bo‘lmaganligi sababli muntazam emas. Bu holat ongimizning
diqqat markazida joylashgan harakatlar muntazam ravishda o‘zgarib turgani uchun sodir bo‘ladi. Inson tomonidan bajariladigan ba’zi
harakatlar ko‘nikmalar darajasiga ko‘tarilganida ongning chetki, so‘ngra esa ongsizlik sohalarigacha surib chiqariladi, lekin inson ko‘plab
xatoliklar sodir eta boshlasa, masalan, inson o‘zini horg‘in va behol his etganida, qaytadan o‘zining oddiy harakatlarini nazorat qila
boshlaydi. SHu kabi hodisani biror faoliyatni bajarishda uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng kuzatish mumkin.
Avtomatizmlar muammosini ko‘rib chiqishda quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin: tana harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan inson
faoliyati va psixik hayotning boshqa sohalarida ham avtomatizmlar mavjudmi? Ha, mavjud, va ularning ko‘pchiligi bilan siz yaxshi
tanishsiz. Masalan, istalgan matn ustidan ko‘z yugirtirgan holda ayrim harflarning ma’nosini anglamasakda, matn mazmunini darhol idrok
etamiz. Bu idrok avtomatizmlari. Avtomatik jarayonlar zehn sohasida ham mavjud, masalan, algebra, matematikaga doir misol va
masalalarni echish.
Endi esa ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlarining ikkinchi sinfini – anglanmaydigan mayl hodisalarini ko‘rib chiqamiz.
«Mayl» tushunchasi psixologiyada juda muhim o‘rinni egallaydi, chunki uning ortida turgan hodisalar inson psixologik hayotining deyarli
barcha sohalarini qamrab oladi. Umumjahon psixologiyasida mayl muammosi juda keng jabhalarda ishlab chiqilgan yaxlit bir yo‘nalish
mavjud edi. Ushbu yo‘nalish ko‘p yillar mobaynida o‘quvchilari bilan tadqiqotlar olib borgan gruzin ruhshunoslar maktabining asoschisi
D.N. Uznadze (1886-1950) tomonidan yaratilgan edi.
D.N. Uznadze fikricha, mayl – bu organizm yoki sub’ektning ma’lum harakatni bajarishga yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga
tayyorlik holati. Ushbu ta’rifda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatga tayyorlik holatiga alohida urg‘u beriladi. Odamning biror
seskantiruvchiga javoban harakat tezligi va aniqligi ma’lum harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmasiga bog‘liq, deb taxmin qilish mumkin,
shuning uchun ko‘nikma va mayl bir xil ma’noni anglatadi. Lekin «ko‘nikma» va «mayl» tushunchalari umuman bir-biriga o‘xshash
emasligini ta’kidlab o‘tish zarur. Agar ko‘nikma harakatni amalga oshirish davriga tegishli bo‘lsa, mayl bungacha bo‘lgan davrga
tegishlidir.
Maylning bir necha turlari mavjud: yugurishga tayyor turgan sportchining holati – bu motorli mayl. Agar siz qorong‘i xonada 
qo‘rquv bilan biror tahdid bo‘lishini kutib o‘tirsangiz, ba’zi holatlarda haqiqatdan ham qadam tovushlarini yoki shubhali shovqinlarni
eshita boshlaysiz. Bu perseptiv mayl.
Sizga trigonometrik ramzlar bilan ifodalangan misol berilganida garchi ba’zan misolni oddiy usul bilan echish mumkin bo‘lsada,
sizda uni trigonometrik ifodalar bilan echish mayli paydo bo‘ladi. Bu aqliy maylga misol bo‘la oladi.
Mayl bajariladigan vazifasiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum harakatni bajarishga tayyorlangan sub’ekt uni tez va aniq,
ya’ni, yanada samaraliroq bajarish imkoniyatini beradi.
Lekin ba’zida mayl mexanizmlari insonni yanglishtirishi mumkin. Bunga qadimgi xitoy adabiyotidan misol keltirish mumkin: «Bir
odamning boltasi yo‘qoldi. U qo‘shnining o‘g‘lidan gumonsirab, uni kuzata boshladi: qarashlari ham, gap-so‘zlari ham bolta o‘g‘risiga
o‘xshaydi. Qisqasi, har bir harakati o‘g‘riligiga ishorat edi.
Lekin ko‘p o‘tmay o‘sha odam vodiyda er haydab, o‘zining boltasini topib oladi. Ertasiga qo‘shnining o‘g‘liga razm solsaki: na imo
ishorasi va na harakati bilan o‘g‘riga o‘xshamas ekan».
Aynan yanglish harakatlar, idrok qilish yoki baholashlarda o‘z ifodasini topgan «mayl xatoliklari» hammadan avvalroq
ruhshunoslarning diqqatini o‘ziga qaratdi.
Mayllarning barchasi ham anglanmasligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ongli ravishda dahshatli voqea sodir bo‘lishini kutib – haqiqatdan
ham uni ko‘rish mumkin, ongli ravishda odamni bolta o‘g‘rilashda gumonsirab – haqiqatda ham uni «bolta o‘g‘risi sifatida» ko‘rish
mumkin.
Lekin aynan anglanmagan maylning ifodalanishi katta qiziqish uyg‘otadi. D.N. Uznadze maktabidagi amaliy va nazariy tadqiqotlar
aynan shundan boshlangan. D.N. Uznadze konsepsiyasining asosiy nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan tajribalar quyidagi tarzda o‘tkazilgan edi.
Sinaluvchi qo‘liga berilgan turli hajmdagi ikkita pufakdan qaysi biri kattaroq ekanligini baholab berishi so‘raladi. Kattarog‘i chap qo‘lga,
kichikrog‘i – o‘ng qo‘lga beriladi deb faraz qilamiz. Sinaluvchi pufaklar hajmini to‘g‘ri aniqlab bergach, tajriba yana takrorlanadi: chap
qo‘lga katta pufak, o‘ngiga – kichik pufak beriladi, va sinaluvchi hajmlarni yana to‘g‘ri baholaydi. Sinov shu tariqa o‘n besh marta
takrorlanadi. Nihoyat, navbatdagi, o‘n oltinchi sinovda sinaluvchi uchun kutilmagan holatda bir xil pufaklar berilib, hajmlarini taqqoslash
so‘raladi. Mana shu oxirgi, nazorat sinovida sinaluvchi pufaklarni baholashda xatolikka yo‘l qo‘yishi ma’lum bo‘ladi: u pufaklarni yana
avvalgidek hajm bo‘yicha turlicha idrok qiladi. CHap qo‘lga kattaroq pufak berilishining saqlanib qolgan mayli perseptiv jarayonni

Download 230.16 Kb.
1   2   3   4




Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari haqida gapirib bering

Download 230.16 Kb.
Pdf ko'rish