TALABALAR FAOLIYATINI BAHOLASHDA ASSESMENT TEXNIKASIDAN FOYDALANISH
USE OF ASSESSMENT TECHNIQUES IN EVALUATION OF STUDENT ACTIVITIES
Meliboyeva Gulchehra Salavatovna
Qo`qon davlat pedagogika instituti o`qituvchisi
903014627 jamshid@2008227@gmail.com
Sarimsoqova Muattar Ma`rufovna Qo`qon shahar
31-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi
916870785
Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va xolisona baholash dolzarb muammolardan biridir. Baholash-ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida, o`quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qo`yilgan mezonlar asosida belgilash, o`lchash, tahlil qilish jarayonidir.[1] Talabalar bilimini baholashda og`zaki so`rov, yozma ish, test sinovi kabi baholash turlari bilan birga turli innovatsion ta`lim metodlardan foydalanish ham yaxshi samara bermoqda. Bunday metodlar dars jarayonida amalga oshirilishi va talabalar o`zlarini-o`zlari baholash imkoniyatiga ega bo`lishlari bilan ham ahamiyatlidir. Kimyoni o`qitish jarayonida talabalar faoliyatini nazorat qilish va baholashda ham Assesment texnikasidan unumli foydalanib kelinmoqda.
Assesment texnikasi (ingl. essesment baho, baholash) talabalarning bilim, konikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini taminlovchi topshiriqlar toplamidir.
Assesment texnikasini o`qitish jarayoniga tatbiq etish muayyan texnologiyaga asoslanadi. Oqituvchi tomonidan talabalarga jadval korinishdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajarishlarini topshiriq sifatida beriladi. Topshiriq bajarilganidan song, javoblar oqituvchi tomonidan elon qilinadi, talabalar esa aynan javobga kora oz-ozini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan elon qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini qay darajada ozlashtirganligi boyicha oz-ozini tekshirish va baholash orqali xulosa chiqaradi. [1]
Assesment texnologiyasi orqali talabalarning bilim, konikma va malakalari kamida tortta topshiriq boyicha baholanadi. Masalan, (5 balli baho misolida):
Test.
Kimyo fani boyicha otilgan mavzu (bolim, kurs) yuzasidan 1- 2 ta test beriladi.
(1ball)
|
Izohli lugat (simptom).
Mavzu boyicha ilmiy-nazariy fikrlar, goyalar, tariflar tugallanmagan fikr korinishida beriladi, masalan:
..tarif bering, ilmiy asoslang
., yoriting va b. (1ball)
|
Muammoli vaziyat.
Otilgan mavzu asosida aniq hayotiy vaziyat, hodisaga asoslangan muammo beriladi.
(1ball)
|
Ijodiy ish (Amaliy ko`nikma).
Otilgan mavzu mazmunini hayotda ish foaliyatida qollashdagi konikmalarga tegishli topishiriq beriladi, masalan:
..chizing, hisoblang, toldiring, toping, solishtiring va b. (2 ball)
|
Misol uchun anorganik kimyo kursida Tuzlar mavzusi bo`yicha talabalar bilimini baholashda qo`llanilishi:
Test.
Rux xlorid tuzini olish uchun rux metaliga quyidagilardan qaysilarining eritmasini tasir ettirish kerak?
1. HCl. 2. CuCl2. 3. HgCl2. 4. NaCl.
A.1. B. 2, 3. C. 2, 3, 4. D. 1, 2, 3.
(1ball)
|
Izohli lugat (simptom).
Tuzlar deb ....... aytiladi.
Nordon tuzlar ....
Asosli tuzlar ....
Ta`rifni davom ettiring.
(1ball)
|
Muammoli vaziyat.
0,9% li osh tuzining eritmasi fiziologik eritma deyiladi. Bu eritma tibbiyotda qanday maqsadlarda ishlatiladi. 1 litr fiziologik eritma tayyorlash uchun qancha tuz va suv kerak boladi? (1ball)
|
Ijodiy ish (Amaliy ko`nikma).
Tuzlarning olinish usullariga oid reaksiya tenglamalarini yozing.
(2 ball)
|
Ushbu metoddan ma`ruza, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarining kirish, asosiy yoki yakuniy qismida yani, mustahkamlash yoki uyga vazifa berish jarayonida qollash mumkin. Darsning kirish qismida talabalarning uy vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, konikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin. [2]
Darslarda bunday metodlardan o`rinli foydalanish, talabalarning mustaqil fikrlash doirasini kengaytiradi, nutqini o`stiriradi, olgan bilimlarini mustahkamlash, o`z fikrlarini ifoda eta olish qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarini nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
Adabiyotlar ro`yxati.
Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Ta`limda innovasion texnologiyalar. . «Toshkent» 2008 yil.
Meliboyeva G.S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar “Farg`ona” nashriyoti. 2020.
|