• UZBEKISTAN | www.caajsr.uz TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI
  • Kalit so’zlar
  • Volume ǀ issue ǀ




    Download 462,27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana20.12.2023
    Hajmi462,27 Kb.
    #125177
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ta-limda-zamonaviy-texnologiyalaridan-foydalanish-usullari



    CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
    OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    ISSN: 2181-2489 
    VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2022
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
    Passport: 
    http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
      
     
    436 
    UZBEKISTAN |
    www.caajsr.uz
     
     
    TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
    USULLARI 
     
    Zaxro Rasulovna Melibayeva 
    Qo’qon shahar 31-umumiy o’rta ta'lim maktabi musiqa fani o’qituvchisi 
    ANNOTATSIYA  
    Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarining darslarida zamonaviy axborot 
    texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Zamonaviy 
    ta’limni olib borishda axborot texnologiyalarining o’rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
    Kalit so’zlar: Ta’lim, axborot texnologiyalari, kompyuter, dars, tarbiya. 
    Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda 
    shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda 
    o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga 
    yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish 
    qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli 
    ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, 
    qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim 
    jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning 
    mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
    Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, 
    ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning 
    maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini 
    hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni 
    oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy 
    boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil 
    fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish 
    orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa 
    ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning 
    madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
    Ulug’ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga 
    yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga 
    oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga 
    erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan 
    o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak 
    avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, 


    CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
    OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    ISSN: 2181-2489 
    VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2022
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
    Passport: 
    http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
      

    Download 462,27 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 462,27 Kb.
    Pdf ko'rish