|
Link To - suratga qo'yiladigan havola
Size
|
bet | 6/9 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #296 |
Link To - suratga qo'yiladigan havola
Size - joylanayotgan surat o'lchami
Agarda siz internet mavjud bo'lgan suratni yozuvga joylashtirmoqchi bo'lsangiz, "Insert form URL" bo'limiga o'ting va mavjud suratning URL havolasini kiritib, "Insert into to post" tugmasi orqali yozuvga joylashingiz mumkin.
Video joylashtirish
Sayt-satellit blogingizga Mover, MyTube, uTube va boshqa videohostinglarda mavjud bo'lgan videoroliklarni joylashingiz mumkin.
"uTube" videohostingdagi videoroliklarni blogga joylash
"MyTube" videohostingidagi videoroliklarni blogga joylash
Birinchi navbatda videorolik havolasidagi ID raqamni aniqlab olamiz. Misol uchun: http://mytube.uz/tracks/385308.htm. Bu yerda ID raqam 385308 bo'ladi. Xuddi shu raqamni paydo bo'lgan maydonga kiritish hamda o'zgartirishni saqlash lozim.
"Mover" videohostingidagi videoroliklarni blogga joylash
Misol uchun: http://mover.uz/watch/bwFaK5Rjwsa2632/. Bu yerda ID: bwFaK5Rjwsa2632 bo'ladi. Xuddi shu ID ni paydo bo'lgan maydonga kiritamiz va o'zgarishni saqlaymiz.Ma'lumot o'rnida, o'zgarishni saqlash "Update" yoki "Publish" tugmasi orqali amalga oshiriladi.
6. Anons va to'liq matn
Odatda blogda maqolalarning anonsi yoki boshlang'ich matni paydo bo'ladi. Agar "Continue reading →" (davomini o'qish) nomli havolaga o'tadigan bo'lsak, maqolaning to'liq ko'rinishi, fikr bildirish imkoniyati bilan birgalikda ochiladi. Kichik matnlarni to'liq anons ko'rinishida, davomisiz chop etish ham mumkin. Quyida qanday qilib maqolani anons ko'rinishiga keltirish ko'rsatilgan.Matnli (HTML) tahrirlovchiga o'tilgan holatda u yerda "more" tegi paydo bo'ladi.Endi ushbu anonsni blogda ko'rish uchun maqolani chop etamiz (Publish) yoki uni yangilaymiz (Update). Natijani esa quyida ko'rishingiz mumkin.
|
| |