|
Surxondaryo viloyat Boysun tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 9- sinf rahbari xolmurodov Husenning
|
bet | 2/3 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 6,88 Mb. | | #154613 |
Bog'liq Yangi hayot uchun, Yangi O\'zbekiston uchun mustaqillik ishlanmaDarsning borishi:Tashkiliy qism
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
-1-sentyabr qanday kun? Bu kun haqida qanday ma’lumotga egasiz?
- «Mustaqillik» so’zining ma’nosi nima?
-Mustaqillikka qachon erishdik?
Bu kunni hozir qanday nishonlaymiz?
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” deganda nimani tushunasiz ?
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorda keltirilishicha, aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalq oʻz vatani, taqdiri va kelajagiga oʻzi egalik qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Dunyo xaritasida Oʻzbekiston Respublikasi – yangi suveren va mustaqil davlat paydo boʻlgan.
Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida:
• Oʻzbekiston davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi;
• “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.
Bayramga tayyorgarlik ko‘rish uchun “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan dastur tasdiqlandi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Bu haqda 28-iyul kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.
Quyidagi tadbirlarni o‘tkazish belgilandi:
Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar;
“Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari;
Ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar;
Milliy kino kunlari;
Gastronomik festivallar;
Sayillar, madaniyat va sport tadbirlari.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazish maqsadida ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli sportchilardan iborat targ‘ibot guruhlari tashkil etiladi.
Shuningdek, bayram dasturlarini tayyorlashga ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etiladi.
Quyidagilarga moddiy va ma’naviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari o‘tkaziladi:
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylar;
Mehnat faxriylari;
Nuroniy otaxon va onaxonlar.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda e’tibor va ko‘makka muhtoj insonlar.
Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysi ishlab chiqiladi.
O‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar:
“Ona diyor ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz”
Mamlakat istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari tanlovining yakuniy bosqichi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mustaqillikning 31-yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shior ostida o‘tkazilgan.
O’zbekiston mustaqilligining qo’lga kiritilishi tasodifiy hodisa bo’lmay, buning ildizi uzoq o’tmishga borib taqaladi.
Milliy g’oyaning asosi bo’lmish - mustaqillik, ozodlik va taraqqiyot uchun kurash qadim davrdayoq shakllanib, vaqt o’tishi bilan ildiz otib boravergan. Bosqinchilar milliy g’oyaning beqiyos kuch qudratini anglab uni qo’porib tashlash uchun ayovsiz kurashib kelgan. Lekin milliy g’oya o’zbek xalqining ongi va qalbiga shu darajada chuqur singib ketgan. Daxshatli kuch uni yo’qota olmadi. Aksincha bu g’oya vaqti kelib, xalq qalbidan otilib chiqib, 1991-yil 31-avgustida O’zbekiston Mustaqil va ozod yurtga aylandi.
Har bir guruhga matnlar tarqatiladi. Guruhda o’qib chiqilgandan so’ng, boshqa guruh matnlari bir – biri bilan almashtiriladi, shu tariqa guruhlar orasida o’rganiladi. O’qituvchi bilan muhokama qilinadi.
|
| |