Sustainability of education socio-economic science theory




Download 495.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.11.2023
Hajmi495.55 Kb.
#96534
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7.OVOZ BILAN BOG`LIQ MASHQLAR
8-m. Dif.integ.masofa docx, Dilbar(5), 1.1, SENSOR TARMOQ, 1212, Logotip dizayn, Yoqut tilining leksik xususiyatlari, Ibroximova Surayyoxon, o-zbek-tilida-biriktiruv-va-ayiruv-munosabatini-ifodalovchi-bog-langan-qo-shma-gaplar-tahlili, Shaharni qo’lda tasvirlash, 7130 15.------------, presuppozitsiya pragma, Erkin Vohidov Abdulla Oripov Rauf Parfi, 5.TO`G`RI NAFAS OLISH


Finland, Helsinki international scientific online conference
"SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY

75 
IFODALI O`QISHDA NAFAS, OVOZ VA TALAFFUZNING O`RNI 
 
Qobilova Madina Sobir qizi 
Termiz davlat pedagogika institute Boshlang`ich ta‟lim fakulteti 
Boshlang`ich ta‟lim yo`nalishi 21-04-guruh talabasi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ifadali o`qishda nafas, ovoz va talaffuzning o`rni, ahamiyati 
haqida ma‟lumot kiritilgan. 
Kalit so`zlar: Nafas, ovoz, talaffuz, ifodali o`qish, pauza, nutq, kontrol mashq, qaytarg`ichlar, qorin 
tortish mashqi, tembr, modulyatsiya. 
Nafas 
 
Nutq jarayonida so„zlar orasidagi nafas rostlashlar havoning yangi zahirasini olish va 
kuchsizlanib borayotgan nafasni tiklash zarurat bilan paydo bo„ladi. Nafas ifodali 
o„qishning muhim vositalaridan biri bo„lib, u ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazishda 
asosiy o„rin tutadi. To„g„ri nafas olish inson hayoti uchun ham, ifodali o„qish uchun
ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq jarayonida nafas olish me‟yori buzilib, o„rinsiz 
pauzalar qilinsa, o„qilayotgan matn mazmuni mantiqan o„zgarib, muallif maqsadi 
tinglovchiga tushunarsiz bo„lib qoladi. 
Bu haqda prof. N.Mahmudov 
 
shunday yozadi: “O‟quvchi nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri
fonatsiya jarayonida, ya‟ni nutq hosil bo„lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar 
bilan bog‟liq. Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo„lga 
qo„yilishi kerakki, nafas olish zo„riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir
me‟yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun
bo„lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida
hosil bo‟ladi”. Nutq so„zlash jarayoni, xususan, ifodali o„qish san‟ati nafas negizi bilan
chambarchas bog„liqdir. Ijrochi - o„quvchining nafas olishi qanchalik to„g„ri bo„lsa, ovozi va 
nutqi shu qadar jarangdor va kuchli bo‟ladi. 
Tibbiyotga doir adabiyotlarda nafas olishning quyidagi turlari alohida ajratib 
ko„rsatilgan bo„lib, ular bir-biridan farq qiladi. 
 
1. Kiftdan nafas olish. Nafas ko„krakning yuqori qismida olinib, kiftlar
ko„tariladi. 
 
Bunday nafas olish zararli. U kishini tez charchatadi. Me‟yorda so„zlashga imkon 
bermaydi. 
 
2. Ko„krak-qorin orqali nafas olish. Bunday nafas olganda o„rta qovurg„alar,
biqin harakatga keladi, ya‟ni ular kengayadi. 
 
3. Aralash nafas olish, ya‟ni pastki qovurg„alar, diafiragma ishtirokida nafas
olish. Bunda ko„krak qafasi va kiftlar ko„tarilmaydi. So„zlaganda ravon, hovliqmasdan tabiiy 
nafas olish, uni kerakli ohang talabiga ko„ra sarflash zarur. 



Download 495.55 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 495.55 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sustainability of education socio-economic science theory

Download 495.55 Kb.
Pdf ko'rish