• Tayanch iboralar
  • QALQOVICHLI SATH OLCHAGICHLAR
  • Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash Rеjа




    Download 76.17 Kb.
    bet1/4
    Sana16.05.2023
    Hajmi76.17 Kb.
    #60401
      1   2   3   4
    Bog'liq
    19-mavzu.Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа
    Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar


    Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash


    Rеjа:
    1. Sаth hаqidа tushunchа.
    2. Sаth o’lchаgichlаrning klаssifikаtsiyasi.
    3. Qаlqоvichli sаth o’lchаgichlаr.
    4. Gidrоstаtik sаth o’lchаgichlаr.
    5. Sоchiluvchаn mоddаlаr sаth o’lchаgichlаri.
    Tayanch iboralar: Sath, signalizator, gidrostatik sath o`lchagich, siqimli sath o`lchagich

    Sanoatning barcha tarmoqlarida texnologik jarayonlarning borishida moddaning sathini bir xilda saqlash asosiy o'rin tutadi. Asosan omborxonalarda keladigan xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlarni saqlashda ularning sathini doimiy saqlab yoki tekshirib turish talab etiladi.


    Ishlash usuliga ko'ra sath o'lchagichlar quyidagilarga bo'linadi: Ko'rsatish oynasi, qalqovichli, gidrostatik, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va vaznli sath o'lchagichlar.
    Suyuqlikning sathini o'lchashda asosan ko'rsatish oynasi, qalqovi­chli hamda gidrostatik sath o'lchagichlar qo'llaniladi.
    Sathni o'lchashda qo'llaniladigan tuzilishi jihatidan eng sodda asbob ko'rsatish oynasi hisoblanib, bug' qozonlarida hamda turli xil sig'imlarda tozalangan suyuqliklar sathini o'lchashda ishlatiladi. U sathi o'lchanayotgan suyuqlik solingan idish bilan birlashtirilib, trubka sath o'lchov birligida darajalangan shkalaga ega.


    QALQOVICHLI SATH O'LCHAGICHLAR
    Qalqovichli sath o'lchagichlar turli xil suyuqliklar sathini o'lchashda keng qo'llaniladi. Qalqovichli sath o'lchagichlar o'z navbatida ikki turga bo'linadi:
    - qalqovichi doimiy qalqib turuvchi sath o'lchagich;
    - qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagich.
    Birinchi turdagi sath o'lchagichlarda (22- rasm) yumshoq trosning bir tomoniga qalqovich 1, ikkinchi tomoniga esa uni tortib turish uchun yuk osilgan. Yukning yon tomoniga ko'rsatgich 4 o'rnatilgan bo'lib, sathning o'zgarishiga qarab reykali shkala bo'ylab harakatlanadi. Trosning harakati esa 3 roliklar yordamida boshqariladi.



    1-rasm. Qalqovichli sath o'lchagich.

    Ikkinchi turdagi sath o'lchagichning sxemasi 23- rasmda keltirilgan bo'lib, u sath o'zgarishini masofaga uzatishi bilan oldingilaridan farq qiladi. Qalqovich vazifasini esa silindr shaklidagi metall trubka bajaradi. Qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagichning ishlashi metall trubkaning suyuqlikka cho'kish chuqurligiga qarab uning og'irligining o'zgarishiga asoslangan.


    Sathi o'lchanayotgan suyuqlik solingan idish 1 ga richag mexanizmi 4 orqali o'tgan yumshoq tros 3 ga metall trubka 2 osilgan. Idishda suyuqlikning sathi o'zgarsa, metall trubkaning trosga beradigan og'irlik kuchi o'zgarib, richag mexanizmi yordamida sterjenli torsion trubka 5 ni burilishga olib keladi. Torsion trubkaning burilish burchagi suyuqlik sathining o'zgarishiga proporsionaldir. Sterjen uchiga o'rnatilgan to'siq asbob ishlashi uchun beriladigan siqilgan havo yo'lini berkitadi (suyuqlik sathi ko'paygan holatda). Pnevmatik qurilma 7 dan beriladigan siqilgan havo bir paytning o'zida shkalasi о'lchov birliklarida darajalangan o'lchov asbobi 8 ga uzatiladi.



    2- rasm. Qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagich.



    Download 76.17 Kb.
      1   2   3   4




    Download 76.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash Rеjа

    Download 76.17 Kb.