-bob. QISHLOQ X O ‘JALIGI KORXONALARIDA




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

14-bob. QISHLOQ X O ‘JALIGI KORXONALARIDA 
YORDAMCHI VAUMUMISHLAB CHIQARISH 
XARAJATLARI HISOBI
14.1. 
Qishloq xo‘jaIigi korxonalarida yordamchi ishlab chiqarish 
xarajatlari hisobiva ularningtaqsimlanishi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini yordamclii ishlab chiqarish xo‘jaliklarisiz 
tasawur etib boimaydi. Yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaliklari deganda 
qishloq xo‘jaligi korxonasining asosiy faoliyat turlarigaxizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklartushuniladi. Ulamingasosiylarigaquyidagilarkiradi: 
*mashina-traktor parki (MTP);
*ta‘mirlash ustaxonalari;
*avtotransport xo‘jaligi;
*elektr, gaz va suv ta’minoti xo‘jaligi;
*ishchi hayvonlami saqlash xo‘jaligi va boshqalar.
Ushbuvaboshqa turdagi yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaliklari qishloq 
xo‘jaligi korxonalarining barcha tarmoq va sohalariga xizmat ko'rsatadi. 
Bu xo‘jaliklaming xarajatlari qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan 
yyetishtirilgan u yoki bu turdagi mahsulotlami yetishtirishga bevosita 
taalluqli boimaganligi uchun ularni dastlab alohida schotlarda yig‘ish, 
so‘ngra esa hisobot davri oxirida biror mezonga asosan taqsimlash zarurati 
tug‘iladi. Bunday xarajatlar hisobi dastlab maxsus 2310 «Yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlari» schotida olib boriladi. Ushbu schotning debetida 
yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaliklariga haqiqatda sarflangan xarajatlar 
to‘planadi, uning kreditida esa yordamchi ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlaming qishloq xo‘jaligi korxonasining tarmoq va sohalari bo‘yicha 
asosiy ishlab chiqarish hamda sotish va boshqarish xarajatlari schotlari 
o‘rtasida taqsimlanishi (hisobdanchiqarilishi) aks ettiriladi. Xarajatlar 
hisobini hisobot davrlari (oy, chorak, yil) mobaynida reja tannarxda 
yurituvchi korxonalarda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» 
schotining kreditida xarajatlar taqsimoti reja tannarxida hisobdan chiqarib 
boriladi vayilning oxirida haqiqiy xarajatlar aniq boigach, kalkulyatsiya 
farqi «qizil yozuv» yoki «qo‘shimchayozuv» usullarigamuvoflq ushbu 
schotning kreditida aks ettiriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarining hisob siyosatiga ko‘ra ishchi 
schotlar rejasida 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» schoti


tizimida har bir yordamchi ishlab chiqarish bo'linmasi xarajatlari hisobi 
uchun alohida schotlami ham ochishlari mumkin, masalan:
2311 «MTP xarajatlari»;
2312 «Ta‘mirlar ustaxonasi xarajatlari»;
2313 «Avtotransport xo‘jaligi xarajatlari»;
2314 «Suv xo‘jaligi xarajatlari»;
2315 «Elektr ta’minoti xo‘jaligi xarajatlari»;
2316 «Ishchi hayvonlami saqlash xarajatlari»;
2317 «Boshqa yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaliklari xarajatlari».
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» schotlar tizimida ochilgan
barcha schotlami yuritishgaturli boshlang‘ich hujjatlar, oraliq vayig‘ma 
hisob registrlari ma’lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi. Ulaming asosiylariga 
quyidagilar kiradi:
1. «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha hisobot» (18b- shakl);
2. «Ta’mirlash ustaxonasi xarajatlari hisobi jumali»;
3. «Nuqsonlar va ularni bartaraf etishga ketgan sarf-xarajatlar 
qaydnomasi»;
4. Yo‘l varaqalari, TTN, nakladnoylar;
5. «Transport xarajatlari yig‘ma qaydnomasi»;
6. «MTPdan foydalamsh xarajatlarining yig‘ma qaydnomasi»;
7. Schot fakturalar;
8. Naryadlar va boshqalar;
«Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi 
hamdamoliyaviy natijalami shakllantirish taribi tug‘risidanizom»ga ko‘ra 
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi uchun moijallangan schotlarda 
xarajatlar ulaming quyidagi moddalari bo‘yicha aks ettirilishi lozim: 
*material xarajatlari;
*asosiy va qo‘shimcha ish haqlari;
*ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
*amortizatsiya xarajatlari;
*boshqa ishlab chiqarish xarajatlari.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi uchun moMjallangan 
schotlaming har birining (2311,2312,2313,2314 va boshqalar) debetida 
yuqorida keltirilgan xarajat moddalariga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida 
quyidagi yozuvlar qilinadi:

Download 15,8 Mb.
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. QISHLOQ X O ‘JALIGI KORXONALARIDA

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish