• Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining predmeti
  • Agrobank’’ tizimi va uning rivojlanish tarixi
  • Agrobank’’ Agrobank faoliyati va uning funksiyalari.
  • Agrobank’’ tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili.
  • Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining obyekti




    Download 90,23 Kb.
    bet3/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi90,23 Kb.
    #234271
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    amaliyot hisoboti AB

    Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining obyekti: O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilishdan maqsad – banklarimiz faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalarida olib borish, banklarning kapitalini ko‘paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyati va uning buxgalteriya hisobini olib borishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, umuman banklar faoliyati orqali iqtisodiyotning samaradorligi va barqarorligiga erishishdan iboratdir.
    Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining predmeti: Mamlakatimiz bank tizimining a’zolari ya’ni tijorat banklari, ularning bo‘limlari, filiallarining ish faoliyati va buxgalteriya hisobini yuritish amaliyoti hamda hisobotlari va ularda amalga oshirilgan operatsiyalar hamda ularning natijalari hisoblanadi.

    ‘’Agrobank’’ tizimi va uning rivojlanish tarixi


    Agrobank ATB – aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, agrar sektorni moliyalashtirishga ixtisoslashgan davlat banki. Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2009-yil 30-aprelda berilgan 78-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning yirik banklaridan (5-oʻrinda) hisoblanadi.
    Bank Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 171 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari, 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Eng soʻnggi filiali 2022-yil fevral oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan Fresh filiali hisoblanadi.
    Bank 1988-yil 1-yanvarda OʻzSSR Davlat banki negizida SSSR Agroprombankining boʻlinmasi sifatida OʻzSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan. 1990-yil 18-iyuldagi SSSR Vazirlar Mahkamasining 703-sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqdi va mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi Oʻzbek aksionerlik tijorat bank „Uzagroprombank“ tashkil etildi. 1993-yilda Uzagroprombank Turkiyaning Ziraat Banki bilan hamkorlikda Oʻzbekiston-Turkiya bankini taʼsis etdi. 1994-yil Uzagroprombank ilk marta nominal qiymati 1000 soʻmlik boʻlgan 100 mln soʻmlik aksiyalarni chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-iyuldagi № 294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki „Uzagroprombank“ asosida yangi aksiyadorlik-tijorat „Paxta-bank“ tashkil etildi. 2001-yilda Paxta-bank birinchi plastik kartochkasini taqdim etdi. 2007-yil Fitch Ratings tomonidan Paxta-bankka mustaqil kredit reytingi berildi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi 1084-sonli qaroriga binoan OATB „Paxta-bank“ asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki „Agrobank“ tashkil etildi. 2021-yilda Agrobank rebrendingni amalga oshirdi va ekotizim qurishni boshladi. Tashkilotlarga aʼzoligi va xalqaro hamkorligi Paxta-bank 1997-yilda SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati aʼzoligiga qabul qilindi. 1998-yilda Osiyo-Tinch okeani qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA), 1999-yilda esa Qishloq xoʻjaligini kreditlash xalqaro konfederatsiyasining (KIKA) aʼzosi boʻldi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida APRAKA Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi]. Bank „VISA International“ xalqaro toʻlov tizimining prinsipal aʼzosi hisoblanadi va VISA kartalari emissiya qilish boʻyicha protsessing markaziga egalik qiladi. 2010-yilda Agrobank Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasi bilan $5 mln miqdorida kredit liniyasi ochish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi va loyihalarni moliyalashtirishni boshladi.
    Agrobank va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.
    Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV ( Germaniya), YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, XTTBning kredit yoʻnalishlarini jalb etgan.
    Agrobank aksiyalarining 98,54 foiz ulushi davlatga tegishli. Davlat muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 52,22 foiziga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 46,32 foiziga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi orqali egalik qiladi. Bankning qolgan 1,37 foiz aksiyalari 18 381 dona yuridik shaxsga, 0,09 foizi esa 73 324 nafar jismoniy shaxsga tegishli. Tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati boʻlgan „Agrobank“ ATB „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“gi qonunga binoan uch pogʻonali boshqaruv tizimi tomonidan boshqariladi. Boshqaruvning eng yuqori pogʻonasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hisoblanadi. Ushbu organ bankning umumiy strategiyasini tasdiqlaydi, bank Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylaydi va bank faoliyatiga doir masalalarda eng yuqori organ sifatida qaror qabul qiladi.
    Adliya vazirligining „Intellektual mulk markazi“ davlat muassasasi maʼlumotlariga koʻra, Agrobank 10 ta tovar belgisiga egalik qiladi. Bu belgilar orasida bankning shiori – Har kim oʻsishga qodir ikki tilda, Fermerlar maktabi loyihasi shiori – Imkoniyatlar zamini oʻzbek tilida berilgan. Roʻyxatdagi qolgan tovar belgilari bank ekotizimini tashkil qiluvchi loyihalar hisoblanadi.

    • Chakana marketpleysi

    • „Leader Finance“ MChJ

      • „Smart Bank“ AJ

      • „Toshkent Index ETF“ AJ

    • „Leader Finance Capital“ MChJ

    • „Agro Finans Lizing“ AJ

      • „Fermer maktabi“ MChJ

      • „Agrolab OʻHQM“ MChJ

      • „Agro in vitro“ MChJ

      • „AGROInfoTech“ MChJ

      • Agrozamin – Oʻzimizniki

      • Agromarkaz

      • „Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti“ MChJ

      • „Suvchilar maktabi“ MChJ (Telegram kanali)

    Chakana marketpleysi 2020-yil noyabr oyida taqdim etilgan. Marketpleysdan veb-sayt, shuningdek, Android va iOS mobil ilovalari orqali foydalanish mumkin. Chakana mijozlariga skoring xizmati hamda 50 million soʻmgacha kredit taklif qiladi. Leader Finance brokerlik kompaniyasi boʻlib, u qimmatli qogʻozlar bozoridagi barcha xizmatlarni taqdim etadi[17]. „Leader Finance“ MChJ 1998-yilda tashkil etilgan. Ustav kapitali 100 milliard soʻm, yagona aksiyadori Agrobank. 2001-yildan beri kompaniya ishonchli boshqaruv, depozitariy xizmatlar, vositachilik va konsalting xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. 2022-yil may holatiga koʻra, 57 ta aksiya emitentlari va 100 mingdan ortiq aksiya egalariga xizmat koʻrsatmoqda. Investitsiya institutlari milliy uyushmasi aʼzosi. Uyushma tomonidan 2021-yilda Kapital bozori rivojiga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlangan. Smart Bank 2022-yil 24-dekabrda Markaziy bankdan 89-sonli bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini oldi. „Smart Bank“ AJning muassisi „Leader Finance“ MChJ hisoblanadi.
    „Toshkent Index ETF“ AJ birja investitsiya fondi hisoblanadi. 2021-yil sentyabr oyida oʻsha vaqtdagi Moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isakov Oʻzbekistonda birja investitsiya fondi tashkil etilishi toʻgʻrisida maʼlum qilgan edi. Sentyabr oyining oxirida Lider Finance Toshkent Index ETFning 43,5% aksiyalarini xarid qildi. 2022-yil may oyida fondning qolgan 56,5 aksiyalarini ham sotib oldi va yagona aksiyadoriga aylandi. Leader Finance Capital qimmatli qogʻozlar va tovarlarga shartnomalar boʻyicha brokerlik xizmati boʻlib, 2022-yil 21-dekabrda Agrobankning 100 foiz ulushi bilan tashkil qilingan. Ustav kapitali 500 milliard soʻm.
    Leader Finance Capital 2023-yil 7-iyulda Investitsiya institutlari milliy uyushmasi aʼzoligiga qabul qilidi. „Agro Finans Lizing“ aksiyadorlik jamiyati 2006-yil 22-fevralda „Paxta Lizing“ kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. 2019-yil 11-oktyabrda kompaniya aksiyadorlari umumiy yigʻilishida „Agro Finans Lizing“ AJ shaklida qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Agrobank ekotizimi tarkibidagi kompaniya lizing faoliyati bilan shugʻullanadi. Shu bilan birga ekotizimning bir qancha kompaniyalari taʼsischisi hisoblanadi.
    ‘’Agrobank’’ Agrobank faoliyati va uning funksiyalari.
    Agrobank – kredit tizimining bosh banki bo’lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
    Birinchi Agrobanklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo’lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. Yevropa mamlakatlarida Agrobanklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. AQShda Agrobank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi. Bank Pravleniyasining raisi bo’lib Agrobank Raisi hisoblanadi. Pravleniya a’zolari Agrobank raisi tavsiyasiga binoan Oliy Majlis kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Qonunning 5-moddasiga kura Agrobank o’z faoliyati natijalari bo’yicha Respublika Oliy Majlisiga bo’ysunadi.
    Oliy Majlis:
    - Respublika Prezidentining tavsiyasiga binoan Agrobank raisini tayinlaydi va vazifasidan bo’shatadi.
    - Yillik xisobat va auditor xulosasini ko’rib chiqadi.
    Qonunning 44-moddasiga binoan Agrobank quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    1. Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Agrobankning qadimgi va muhim funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko’ra muomilaga naqd pullarni chiqarish va undan olish faqat Agrobank tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi oshishini chegaralash va moliyaviy intizomni ta’minlash javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni naqd pullarni bankka o’z vaqtida qaytishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda muomilada naqd pul muomilasini chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan keng foydalanish va boshqa choralari ko’rilmoqda.
    2. Tijorat banklari kassa rezervlarini to’plash va saqlash. Qonunning 28-moddasida bu holat o’z aksini topgan bo’lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Agrobankda saqlanishi zarur bo’lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Minimal zahira jamg’arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga bog’liq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha. Jumladan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5%, AQSh da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O’zbekistonda 2005 yildan 15%. Agrobank bundan pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi.
    3. Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to’lov balansi defisitini qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
    Respublikamizda 2005 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi savdo ijobiy qoldig’i 1,317 mlrd. AQSH dollariga yetdi va oltin-valyuta zaxiralarimiz respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi.
    4. Tijorat banklarini kreditlash. Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi kredit operasiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2005 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 3876 mlrd. so’mni tashkil etdi, uning 81% i uzoq muddatli kreditni tashkil etadi.
    5. Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob operasiyalarini bajarish. Bu Agrobankda xukumat tashkilotlari va muassasalarining schetlarini yuritilishida, shu schyotlar orqali qimmatli qog’ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligasiyalarini sotib olish, chet el valyutasi bo’yicha va boshqa operasiyalarni amalga oshirilishi bilan bog’liq. Agrobank xukumatining fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47 modda), xukumatning moliya operasiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari yuzasidan maslaxatlar beradi.
    6. Xisob-kitob va almashuv operasiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40,43 moddalariga binoan Agrobank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika xududi va undan tashqarida valyuta operasiyalarini amalga oshiradi.
    7. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyasiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.
    Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul muomilasi kursatkichlarini o’zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o’sishi va pasayishiga moslab pul ta’minotini yo’lga kuyadi.
    Jumladan, Agrobankning pul-kredit siyosati 2006 yilga quyidagicha belgilangan:
    1. Iste’mol narxlar indeksining yillik darajasi 6,8% dan oshmasligi.
    2. YaIM ni real o’sishi 7,2%, uning deflyatori 12%ni tashkil etishi.
    3. Byudjet taqchilligi YaIMning 1,5% dan oshmasligi.
    4. Sof tashqi savdo aylanmasini ijobiy saldosi 1445 mln. AQSH dollari hajmida bo’lishi.
    5. Banklardagi aholi jamg’armalarining qoldig’i 449,5 mlrd.so’mga yetishi va boshqalar.
    8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari bag’ishlangan bo’lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni Agrobank bilan o’zaro munosabatlari aks etgan.
    Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

    1. Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma banklar, shu jumladan Agrobank ham qonun asosida faoliyat ko’rsatadi.

    2. Yuqori tashkilot nazorati, ya’ni Agrobank tomonidan.

    3. Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar.

    ‘’Agrobank’’ tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili.


    Bugungi kunda ATB ‘’Agrobank’’ turli operatsiyalarni amalga oshirishda yetakchi o’rinlarda turadi. Xususan, ATB ‘’Agrobank’’ keng kredit operatsiyalari ko’lamli amalga oshiriladi ATB ‘’Agrobank’’ korporativ mijozlarni milliy va xorijiy valyutada kreditlash bo`yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etadi. Kreditlash xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi. ATB ‘’Agrobank’’ turli xil muklchilik shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi. Kreditni taqdim etishning asosiy mezoni, kredit oluvchining kreditni to`lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi hisoblanadi. Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, alohida o`ziga xos yondashuv qo`llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal shaklini tanlash uchun konsultasiya yordami ko`rsatiladi.
    Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
    - barqaror moliyaviy holat;
    - kredit oluvchining to`lash qobiliyati;
    - hisob raqamlariga barqaror kirimlar;
    - muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish;
    - xo`jalik faoliyatining tajribasi.
    ATB ‘’Agrobank’’ mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:
    - qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga);
    - uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo`lgan muddatga). Ajratilgan kreditlar garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi:
    - ko`chmas mulk garovi;
    - bank kafilliklari, kafolatlari;
    - sug'urta polisi;
    - asbob-uskuna, transport vositalar garovi;
    Kerakli hujjatlar:
    - kredit arizasi;
    - biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul oqimlarini ko'rsatgan holda);
    - oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl);
    - debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl);
    - moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl)
    - ta'sis hujjatlari;
    - kredit ta'minotiga oid hujjat.
    Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari;
    Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i. Keyingi bosqichda garov hisobga olinadi:
    Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari
    Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
    Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
    Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
    Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
    Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi:
    Dt- 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari
    Kt- 10301(O'zRMBdagi vakillik hisobvarag’idan olinishi lozim bo'lgan mablag’lar Nostro)-16103 (Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag’lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to'lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag’i,/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari
    Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyat balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi:
    Dt- 91901/91905- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari;
    Kt- 96345/96349- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontr hisobvaraqlari.
    Banklar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi:
    Dt- qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i
    Kt- 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
    Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish graffigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi.Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
    Dt- 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag’i, Bank plastik kartochkasi (BPK) hisobvarag’i;
    Kt-11901-13301/14301-15501- tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag’i Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi:
    Dt- Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag’i
    Kt- 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro» (agar mablag’ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan hizmat ko'rsatilsa)
    Kt- Ssuda hisobvarag’i
    Kredit va hisoblangan foiz to’liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi yuqoridagi provodkalarga teskari provodka beriladi:
    Dt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulaklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
    Kt- 94501, 94502, 94503 - garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar/ garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar/ garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar.
    Dt-96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
    Kt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
    Kreditlar bo’yicha foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo’yicha tan olinadi, ya’ni:
    Dt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar
    Kt- 41400-44700- uzoq muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar
    Hisoblangan foizlar kelib tushganda, quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
    Dt-10101, 10111, Bankning vakillik hisobvarag’i, mijozning tegishli talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’i;
    Kt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar
    Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:
    • mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
    • mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
    • joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
    • mijoz kapitali;
    • kreditning ta’minlanganligi;
    • kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
    • qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
    Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
    • qoplash koeffitsienti;
    likvidlilik koeffitsienti;
    • mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi.
    Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi. Tajribali kredit inspektori ahamiyat beradigan omillardan yana biri mijozning bir joyda uzoq va doimiy faoliyat ko‘rsatishi, yashashi hamda mashg‘ul bo‘lishidir. Ko‘pgina banklar odatda ko‘rsatilgan joyda bir necha oygina ishlayotgan shaxslar va yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan firmalarga rad javobini beradilar.
    Kredit inspektorlari “qarzlar piramidasi” deb ataluvchi holatning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Piramida” holati bu qarzdor 1 ta bank yoki firmadan olgan qarzini to‘lash uchun boshqa kreditordan qarz olishi tushuniladi. Mijozning kredit kartochkalari bo‘yicha qarzining kattaligi, ko‘pligi o‘zining hisobidan yozib berilgan cheklarning tez tez qaytib kelishiga inspektorlar katta e’tibor beradi. Bunday dalillar asosida mijozning haqikiy moliyaviy ahvoli va uning pul mablag‘larini boshqarish qobiliyati haqida xulosa qilinadi. Agar mijoz bilan ishlarni davom ettirish hal qilinsa, unda inspektor kredit dosesini yig‘adi va uni kredit bo‘limiga yuboradi. Bu bo‘limda mijozning kreditga layoqatliligi chuqur o‘rganiladi va kredit riskiga baho beriladi.

    Download 90,23 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 90,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining obyekti

    Download 90,23 Kb.