9
xarakteristikalari va ish holatlariga nisbatan ma’lum
cheklovlarni
vujudga keltiradi.
Energetika sistemasini boshqarish faqat uning biosferaga ta’sirini
emas, balki yoqilg‘i bilan ta’minlash sistemasining sotsial funksiyalari,
sanoat, transport va boshqa faktorlarning ham ta’sirini e’tiborga olib
amalga oshiriladi.
Energetika atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi
manbalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, uning ta’sirini kamaytirish
texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bugungi kunda ushbu soha
olim va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.
1.2. Energiya resurslaridan foydalanish
Energiya
–
tabiat hodisalari, madaniyat va insoniyat hayotining
umumiy asosidir. Shu bilan bir qatorda energiya materiya harakati turli
ko‘rinishlarining miqdoriy ko‘rsatkichidir. Turi bo‘yicha energiya
kimyoviy, mexanik, elektrik, yadro va h.k. larga bo‘linadi. Inson
tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan energiya
energiya resurslari
deb ataluvchi moddiy obyektlarda mavjuddir.
Barcha
turdagi
energiya resurslaridan amaliy ehtiyojlarda juda
ko‘p miqdorda foydalanuvchilari
asosiy energiya resurslari
deb
yuritiladi. Ularga ko‘mir, neft, gaz kabi organik yoqilg‘ilar, shuningdek,
daryolar, dengizlar va okeanlar, quyosh, shamol, yer tubining issiqlik
(geotermal) energiyalari kiradi.
Energiya
resurslari
qayta tiklanuvchi
va
qayta tiklanmaydigan
turlarga bo‘linadi. Yangilanuvchi energiya resurslariga uzluksiz ravishda
tabiat tomonidan tiklanib turuvchi energiya resurslari (suv, shamol va
h.k.) kiradi. Yangilanmas energiya resurslariga oldindan tabiatda
jamlangan, ammo hozirgi geologik sharoitlarda paydo bo‘lmaydigan
energiya resurslari (masalan, ko‘mir) kiradi.
Tabiatda bevosita olinuvchi energiya (yoqilg‘i, suv, shamol, yerning
issiqlik energiyasi, yadro energiyasi va h.k.)
birlamchi energiya
, uni
inson tomonidan maxsus qurilmalarda o‘zgartirish natijasida paydo
bo‘lgan energiya
ikkilamchi energiya
deyiladi.
O‘z nomlanishida elektr stansiyalari foydalanuvchi birlamchi
energiya turini ifodalaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyasi (IES)
issiqlik energiyasi (birlamchi energiya)ni elektr energiyasi (ikkilamchi
energiya)ga aylantiradi, shuningdek, gidroelektr stansiyasi (GES) suv
10
energiyasini
elektr energiyasiga, atom elektr stansiyasi (AES) atom
energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi.
Lozim bo‘lgan turdagi energiyani olish va u bilan iste’molchilarni
ta’minlash
energetik ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshiriladi. Bu
jarayonni besh bosqichga ajratish mumkin.
1. Energiya resurslarini olish va konsentratsiyalash: yoqilg‘ini
qazib olish va tayyorlash, gidrotexnik inshootlar yordamida naporni
vujudga keltirish va h.k.
2.
Energiya
resurslarini
o‘zgartiruvchi qurilmalarga uzatish: bu
quruqlikda va suvda tashish orqali yoki suv, gaz va h.k.larni trubalarda
haydash orqali amalga oshiriladi.
3.
Birlamchi energiyani ikkilamchi mavjud sharoitlarda
taqsimlash va iste’mol qilish uchun qulay bo‘lgan energiya turiga
(odatda elektr va issiqlik energiyalariga) o‘zgartirish.
4.
O‘zgartirilgan
energiyani uzatish va taqsimlash.
5.
Energiyani uzatilgan va o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda iste’mol
qilish.
Agar qo‘llaniluvchi birlamchi energiya resurslari
energiyasini
100% deb qabul qilsak, unda foydali ish bajaruvchi energiya faqat 35-
40% ni tashkil etadi, qolgan qismi isrof bo‘ladi. Isrofning asosiy qismi
issiqlik energiyasiga to‘g‘ri keladi.
Energiya isrofi hozirgi davrda mavjud bo‘lgan energetik
mashinalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Turli energiya resurslari Yer sharining mintaqalari va davlatlarida
nojinsli joylashgan. Ularning ko‘p mavjud bo‘lgan joylari ko‘p iste’mol
qilish joylari bilan mos kelmaydi. Jahonda mavjud neft zaxiralarining
yarmidan ko‘pi Yaqin va O‘rta Sharq mintaqalarida joylashgan bo‘lib, u
yerdagi iste’mol jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 4-5
baravar
pastdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududining 60% qismi neft va gaz
zaxiralari va ulardan foydalanish bo‘yicha istiqbolli hisoblanadi. Uzoq
yillardan buyon olib borilgan qidiruvlar hamda geologiya-geofizika
izlanishlari asosida Respublika hududi beshta neft-gazlilik mintaqalarga
(Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo va
Farg‘ona) bo‘lingan bo‘lib, ularda neft va kondensatning umumiy
resursi 5780 mln. tonnani tashkil etadi.
O‘zbekiston
Mustaqil
Davlatlar
Hamdo‘stligi orasida uglevo-
dorodli yoqilg‘i mahsulotlarini qazib olish
suratini pasaytirmagan, balki