IV . Ijtimoiy sohaga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar:
uy-joy va kommunal xizmati idoralari, mehnat birjasi va
agentliklari.
V.
Axborot xizmati idoralari:
auditorlik firmalari, huquqiy
maslahatxonalar, axborot agentliklari.
Tovar birjasi
- namuna yoki andozalar asosida ommaviy tovarlarning
muntazam savdo-sotiq ishlarini o'tkazuvchi tijorat muassasasi.
Universal birjalar
- har xil tovarlar bilan savdo-sotiq qiladi.
Ixtisoslashgan birjalarda
- ayrim turdagi yoki bir
guruhga kiruvchi tovarlar sotiladi.
Broker (m akler)lar
- bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi
bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmalar.
Auksionlar
- alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarni sotish
uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kirn oshdi savdo
muassasasi.
Savdo firmalari
- tijorat ishini yurituvchi ulgurji va chakana savdo
korxonalaridir. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o'z mulkiga sotib olib,
keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo korxonalari mustaqil
do'konlar, maxsus savdo shaxobchalari va supermarketlardan iborat
bo'ladi.
Download