• O‘q-yoysimon (universal) tishlar
  • T u shuntiri shxat I




    Download 2,07 Mb.
    bet11/17
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,07 Mb.
    #119454
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    O’qyoysimon panjali tish.

    Tuproq palaxsasini ag’darib yerga ishlov berish ko‘pincha salbiy oqibatlarga, ya’ni tuproqdagi uglerodning kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tuproqni ag’darmasdan yumshatib, tabiiy namlikni saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug’ni unib chiqishi uchun eng qulay sharoit yaratish kabi maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng foydalaniladi. Kultivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan va maxsus hamda chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Yerga yoppasiga ishlov beradigan turlari ishlov berilmagan joylarni qoldirmasdan tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Maxsus kultivatorlar bog’ va o‘rmonlarda daraxtlar oralig’iga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu guruhga chuqur yumshatkich-keskich kultivatorlari ham kiritiladi. Chopiq kultivatori sug’oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator oralig’idagi tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va o‘g’itlash uchun ishlatiladi. Kultivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik talablarga: tuproqning pastki, nam qatlamini yer yuzasiga chiqarmaslik; eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarni hosil qilmaslik; yumshatiladigan chuqurlik tayinlanganidan 1,0 sm dan ortiq farq qilmasligi va begona o‘tlarni 98 – 99 % yo‘qotilishiga rioya qilinadi. Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to‘rt turga bo‘linadi: yumshatuvchi tishlar, o‘toqlovchi yotiq tishlar, o‘qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar. Yumshatuvchi tishlar iskanasimon (96- d rasm), to‘ntarma (96- e rasm) va nayzasimon (96- f rasm) kabi turlarga bo‘linadi. Bunday tish sirtining yumshatish burchagi α o‘zgaruvchan qilinadi (balandligi ortsa,




    d — o‘qyoysimon (universal) tish


    O‘q-yoysimon (universal) tishlar (96- b rasm) begona o‘tlarning ildizlarini kesib yo‘qotish va tuproqni yetarli darajada yumshatish uchun ishlatiladi. Shu sababli, γ = 28 – 30° bo‘lib , b = 220 – 385 mm, ishlov berish chuqurligi a = 12 sm gacha yetadi.
    Chuqur yumshatuvchi tish (96- g rasm) tuproqni 30 – 40 sm chuqurlikkacha yumshatadi. Bunday tish shaklan o‘q-yoysimon bo‘lib, boshmoq va unga o‘rnatilgan iskanasimon tumshuq, va ikkita lemexlardan tashkil topgan bo‘ladi. Qamrov kengligi 80 sm va undan ko‘p bo‘lishini ta’minlash uchun γ = 38 – 60° qabul qilinadi. Iskana α = 17 – 25°, lemex esa α = 25° burchak ostida gorizontal yo‘nalishga engashgan bo‘ladi. Tuproq palaxsasi lemex ta’sirida 10 sm gacha ko‘tarilib, oldingi joyiga tushiriladi, natijada, tuproq ag’darilmasdan birmuncha yumshatilib, begona o‘t ildizlari kesiladi. Kultivator tishi ta’sirida tuproq deformatsiyalanishining shakli, tirma tishi ta’sirida tuproqning yumshatilishiga o‘xshaydi (97- rasm). Tuproqqa botirilgan tish ilgarilanma harakatlantirilsa, tuproqning deformatsiyalanishi pastdan yuqoriga θ = 20 – 25° burchak ostida tarqaladi. Shu sababli, bitta tish ta’sirida yumshatilgan tuproqning shakli trapetsiyaga o‘xshash bo‘lib, uning pastki asosi tishning konstruktiv qamrov kengligi bk ga teng bo‘ladi (97- a rasm). Agar tuproqda yonma-yon iz qoldiradigan tishlar (masalan, yumshatuvchi tishlar) oralig’i S, bk dan kattaroq o‘rnatilsa, dala yuzasi yoppasiga yumshatilgan (hatto fde maydoniga ikki marta ishlov beriladi) bo‘lsa ham uning tubida yumshatilmagan kdm do‘ngchasi qoladi, u yerdagi begona o‘t to‘liq yo‘qotilmagan bo‘ladi.
    Begona o‘t ildizlarini to‘liq kesib yo‘qotish uchun universal (o‘q-yoysimon) tishlar kultivator ramasida S < bk , ya’ni, qo‘shni tishlar qamrov kengliklari qoplanishi S ni ta’minlashni hisobga olgan holda joylashtiriladi (97–b rasm). Natijada, begona o‘t ildizlari to‘liq kesiladi, ammo femk maydoniga ikki marta ishlov beriladi. Demak, bajariladigan ish turiga qarab, kultivator tishlarini yuqoridagi holatni e’tiborga olgan holda ramaga joylashtirish lozim. Kultivator tishlarini ramaga osish radial va parallelogrammsimon usullar yordamida bajariladi. Radial osish usulida (98- a rasm) ishchi qism 3, ustuni 2, gryadil 8, kultivator ramasiga sharnir 1 orqali ulanadi. Kultivatorning ishchi qismlari ramaga shu usulda ulansa, qo‘shni gryadillarga o‘rnatilgan tishlar birbirlariga nisbatan ko‘tarilib-tushib, mikrorelefga moslanib yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tishni belgilangan chuqurlikka botirish uchun jilov 7 ga kiydirilgan prujina 6 yordamida kerakli miqdordagi Fp kuchi hosil qilinadi. Cheklovchi mix - cho‘p d ni jilov bo‘ylab surib, prujinaning siqilish kuchi Fp o‘zgartiriladi. Gryadillarni ko‘tarib-tushirish AB ikki yelkali richag yordamida bajariladi. Shtanganing yo‘naltirgich 10 dan chiqib turgan ΔS qismi, tish 3 ni ishlov berish chuqurligi o‘zgarishini cheklaydi.
    Biron jismni kesganda, pichoqning tig’i uni ezib, tolalarini uzib, bo‘laklaydi va bir-biridan ajratadi. Pichoqning ad va be yonlari esa bu bo‘laklarni yon tomonga surib oralarini kengaytiradi. Bu jarayonda bo‘laklar pichoq yonlari bo‘ylab sirpanib, siljish sodir bo‘ladi. Demak, jismning kesilib ajratilgan bo‘laklari sirpanib, siljiydigan ad va be tomonlari pichoqning yonlari, jism sirpanmasdan eziladigan de joyi pichoqning tigi deyiladi. Jism bo‘laklari sirpanib siljishi uchun pichoqning harakat yo‘nalishi (V tezligining yo‘nalishi) bilan yonlarga tushirilgan N normal (perpendikulyar) orasidagi burchak β (99-b rasm) ishqalanish burchagi φ dan katta ( β > φ) bo‘lishi kerak. Tig’ning f nuqtasiga tushirilgan normal N va pichoq tezligi V ning yo‘nalishlari bir tomonga qaratilgan, bu yerda β = 0 bo‘ladi. f nuqtasidan o‘ng va chap tomonlarda joylashgan nuqtalar uchun β burchagi o‘sib boradi. d va e nuqtalarida β = φ ga etadi. d va e nuqtalaridan yuqoriroq joylarda β > φ bo‘ladi. Demak, pichoqning dfe qismi tig’ bo‘lgani uchun kesilayotgan jism sirpanib siljimaydi. Tig’ning chegarasi dfe yoyning markaziy 2 φ burchagi bilan aniqlanadi. Tig’ning qalinligi:
      2rsin
    bu yerda, r — tig’ning egrilik radiusi, mm. Pichoq tezligi V ning yo‘nalishi bilan uning tig’iga o‘tkazilgan normal N orasidagi β burchagining miqdoriga qarab, kesish jarayoni quyidagi rejimda bajarilishi mumkin:


    Download 2,07 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 2,07 Mb.