Tuproq frezasining tasnifi




Download 2,07 Mb.
bet6/17
Sana15.12.2023
Hajmi2,07 Mb.
#119454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2.2 Tuproq frezasining tasnifi
Ishchi qismi majburan aylantiriladigan qishloq xo’jaligi mashinalariga rotatsion plug, tuproq frezasi, yaganalagich kabilar faol ishchi qismli kabi mashinalar kiradi. O’zbekiston tuproq sharoitida tuproq frezasi juda keng ishlatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tuproq frezasi tuproqni intensiv maydalab aralashtirish, begona o’tlarni yo’qotish maqsadida ishlatiladi. Undan og’ir tuproqli yerni ekin ekishga tayyorlashda, ayniqsa, plyonka ostiga chigit ekishda tuproqni o’ta mayin holatga keltirish uchun foydalanish maqsadga muvofiq. Yerga ishlov berish uchun freza oldinga sudratilib, barabani majburan aylantiriladi. Natijada, uning pichoqlari katta tezlikda tuproq qatlamini yupqa qirindi ko’rinishida qirqib maydalaydi va aralashtiradi, lekin ko’p quvvat sarflanadi. Agar freza oldiga tuproqni 10–18 sm chuqurlikda yumshatadigan tishlar qo‘yilsa quvvat sarfi birmuncha kamayadi. [ 6 ]

Tuproq frezasi:
a – freza barabani; b – texnologik ish jarayoni; 1–val; 2–pichoqlar; 3, 4–disklar; 5–osish ustuni; 6,7–reduktorlar; 8–g‘ilof; 9–xaskash; 10–chuqurlikni sozlagich; 11–tayanch g‘ildiragi.
Freza barabani gorizontal yoki vertikal joylashgan o’q atrofida aylanadi. U traktorning quvvat olish vali (QOV) dan aylanma harakatga keltiriladi.
Aylanish tezligini keraklicha o’zgartirib, tuproqning sifatli maydalanishiga erishiladi. Ishchi qismi uchi bukilgan pichoq 2, disk 3, barabandan iborat. Disklar 3 barabanni aylantiradigan valga 1 erkin kiydirilgan, ularni bir-biridan ajratib turadigan friksion disklar esa, mazkur valga shponka yordamida mahkamlangan. 3,4, disklarning bir-biriga siqilib turish darajasini maxsus prujina yordamida o’zgartirish mumkin. Demak, harakat val 1 dan pichoqli disk 3 ga friksion disk 4 ning ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Agar biron diskdagi pichoq to‘siqqa uchrasa, diskining toyishi hisobiga vaqtincha aylanmay qoladi va pichoq sinishining oldi olinadi. Pichoq to‘siqdan o‘tgandan so‘ng, disk yana aylanib ketadi.
Freza pichog’ining tezligi katta bo’lganligi sababli, u tuproq qirindisini yuqori tezlikda uzoqqa irg’itadi. Irg’itilgan tuproqni kerakli joyga yotqizish maqsadida freza barabani maxsus g’ilof 8 bilan yopilgan. G’ilofning pastki cheti xaskash 9 bilan tugagan bo’lib, pichoqlar irg’itayotgan tuproq xaskash 8 ga urilib, qo‘shimcha maydalanadi. Traktor OQV idan barabanga harakat 6, 7 reduktorlar orqali uzatiladi.
Tuproq frezasi reduktori konussimon tishli uzatma tarkibiga kiruvchi reduktor bo'lib agregatning ramasiga bikr o'rnatiladi, orqa quvvat olish validan harakat olib, uzatishlar nisbatini malum miqdorda kamaytirib harakatni zanjirli uzatmaga uzatadi.
Faol ishchi qismlarni majburan aylantirish uchun, quvvat traktorning motoridan olinishi sababli, ularni serquvvat traktor bilan agregatlash maqsadga muvofiqdir. Sirkon faol tirmasi keng tarqalmoqda. Uning tishlari majburan aylantiriladigan diskka bikr о‘rnatilgan. Bir agregatda bir nechta disk qо‘yilgan bо‘ladi. Disklar traktorning QOV idan harakat oladi. Ishlash jarayonida 8 sm tuproqqa botirilgan sirkon tishlari ilgarilanma hamda aylanma harakatlarda ishtirok etib, tuproqni о‘ta sifatli yumshatadi.
Freza mashinalari tuproqni ekish yoki ekish uchun tayyorlashda, ko'chatlarni parvarish qilishda va hokazolarda frezalash orqali asosiy va qo'shimcha ishlov berish uchun mo'ljallangan. Ular boshqa ishlov berish mashinalariga qaraganda tuproqni organik va mineral o‘g‘itlar bilan yaxshi aralashtiradilar.
Frezalarning ajdodi juda keng bo'lib uning asosiy vazifasi - tuproqni yumshatish bilan bog'liq. Agregat dastlab qator oraliqlarini qayta ishlashni osonlashtiradigan mexanizm sifatida qaralib freza oraliq deb ataldgan. Keskichlar tuproqni 120 dan 200 mm gacha chuqurlikda bo'shatadi.
Freza ishlash printsipining o'xshashligiga qaramasdan, bir qator parametrlarda farq qilishi mumkin. Pichoqlar soni va ularning shakli sezilarli darajada farq qiladi. Pichoqlar hatto toshloq joylarda ham oson ishlaydi. Bu pichoqlar, o'z navbatida, shakli va shunga mos ravishda qo'llanilishiga qarab uch guruhga bo'linadi.
Oddiy pichoqlar - begona o'tlar bilan qoplangan engil tuproqli yerlarga ishov berishda qo’llaniladi.
Yarim oy pichoqlar - zichroq tuproqli yerlarga ishov berishda qo’llaniladi.
Chisel pichoqlar - katta massaga ega va og'ir yoki toshloq tuproqli yerlarga ishov berishda qo’llaniladi.
Aylanadigan ishlov berish mashinasining ishlashi uning pichoqlarida juda ko'p kuch sarflaydi. Pichoqlarining ish yuzasi tuproqning qarshiligini boshdan kechirib, tezda o'tmas bo'lib qolishi yoki katta kesak va toshlarga urilib sinishi ham mumkin.
Tuproqqa ishlov berish uchun frezalash mashinasi bir necha turdagi bo'lishi mumkin: dala, botqoq, o'stiriladigan va bog'larga ishov berishi, begona o'tlarni olib tashlash va yumshatishda keng tarqalgan.


Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2,07 Mb.