• 2.1 Og’ir tuproqli yerlarga ishlov berish texnologiyasi.
  • T u shuntiri shxat I




    Download 2,07 Mb.
    bet5/17
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,07 Mb.
    #119454
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    2. Adabiyotlar sharxi
    Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Qishloq xo’jaligi ekinlarni yetishtirishda qishloq xo’jaligi texnologiylari uzoq yillar davomida tuproqqa ishlov berish mashinalari takomillashtirildi. Tuproq frezasini ishlov berishni takomillashtirish, mavjud konstruksiyalarni tahlil qilish, ishlov beruvchi ishchi organlari va yuritmasi takomillashtirib kelinmoqda. O’zaro munosabatdan tuproq frezasi yuritmasi va ishlov berish ishchi organlarining pozitsiyasi va dizayni mashinalar yerga ishlov berish sifatining oshishi va kamayishi energiya sarfi va mashinalarning nazariy va eksperimental tadqiqotlar turi xil izlanishlar qilingan.
    Freza mashinalari tuproqni ekish yoki ekish uchun tayyorlashda, frezalash orqali asosiy va qo'shimcha ishlov berish uchun mo'ljallangan.


    2.1 Og’ir tuproqli yerlarga ishlov berish texnologiyasi.
    Tuproqqa ishlov berishning asosiy maqsadiga texnologik operatsiyalarni bajarish yo’li bilan erishiladi. Texnologik jarayon odatda, tuproqqa ishlov berish qurolining ishchi organi yagona texnologik jarayonni tashkil qiladigan bir nechta texnalogik operatsiylarni bir vaqtda bajaradi masalan, shudgorlash texnologik jarayoni palaxsani egat tubi va devoridan kesib ajratish, ag’darish yumshatish va aralashtirish operatsiyalaridan iborat Bir nechta texnologik jarayonlar majmuasi tuproqqa ishlov berish tizimi deyiladi. Masalan, tuproqqa ishlov berishning asosiy (chuqur) va qo’shimcha (sayoz) tizimlari mavjuddir. Asosiy ishlov berish ikki ko’rinishda — tuproq palaxsasini ag’darib hamda ag’darmasdan shudgorlab bajariladi. Qo’shimcha ishlov berish esa ekishdan oldingi va ekishdan keyingi turlarga bo’linadi.
    Har qanday qishloq xo‘jaligi mashinasi muayyan mahsulotga ishlov beradi. Mashinadan to’g’ri foydalanish uchun ushbu mahsulotlarning fizik-texnologik xususiyatlarini o’rganish talab qilinadi, chunki mahsulot xususiyatlarini bilmasdan turib mashinani to’g’ri sozlab bo’lmaydi. Tabiyki, tuproqqa ishlov beradigan mashinalarni o’rganishdan oldin tuproqning fizik va texnologik xususiyatlarini o’rganish lozim. Ekin ekiladigan tuproq oddiy soz tuproqdan tarkibidagi chirindilar miqdori, ya’ni unumdorligi bilan farq qiladi. Qishloq xo’jaligi mashinalari faqat unumdor tuproqqa ishlov beradi. Unumdor tuproqqa ishlov berish usulini tanlash uchun uning texnologik xossalarini bilish lozim. Bu xossalarning asosiylari quyidagilardan iborat: tuproqning qattiqligi, strukturasi, jilvirlash xususiyati, yopishiqoqligi, namligi, ishlov berishga solishtirma qarshiligi, ishqalanish xususiyatlari va boshqalar. Har qanday ekinning hosildorligini oshirish maqsadida uni ekishdan oldin tuproqqa ishlov berib, uni qulay holatga keltirish zarur. Yerga ishlov berishda asosiy e’tiborni tuproqni himoyalab, uning unumdorligini tiklashga qaratish kerak. Shu maqsadda, tuproqqa ishlov berishning an’anaviy va resurs tejamkor usullaridan foydalaniladi. Maxalliy sharoitga moslab qanday usuldan foydalanish tanlanadi. An’anaviy usulda plug bilan yerni chuqur haydab, asosiy ishlov beriladi. Keyinchalik esa turli tirma, kultivator, freza kabi mashinalar bilan yerga sayoz ishlov beriladi. Plug bilan shudgorlangan yerlarda yirik kesaklar orasida, g’ovaklar paydo bo’lib, dala yuzasi yetarli darajada notekis bo’ladi. Bunday yerlarga urug’ni sifatli ekish qiyin. Shu sababli, shudgorlangan yerdagi tuproqni ag’darmasdan qo’shimcha sayoz ishlov berib, kesaklarni maydalash, yumshatish, tekislash lozim. Kuzda shudgorlangan yerlarda bahorgi ekish mavsumigacha ayrim begona o’t nihollari o’sib chiqqan bo’lsa, ularni yoppasiga yo’qotish, ildizi bilan sug’urib dala chetiga chiqarib tashlash kerak. Erta bahorda esa tuproq tabiiy namlikni saqlab, ekilgan urug’ni bexato undirib olish uchun yumshatiladi. Shunday qilib, plug bilan shudgorlangan yerni ekin ekishga tayyorlashda yuqoridagi ishlarni bajarish uchun disksimon va tishli tirmalar, yoppasiga ishlov beradigan kultivatorlar, tuproq frezasi, mola, g‘ildiraksimon g’altaklar, ya’ni tuproqqa sayoz (16 sm chuqurlikkacha) ishlov beradigan mashinalar ishlatiladi.[ 4 ]
    Har qanday agregat ishchi qismining tuproqqa ishlov berishdagi yakuniy ta’sirini texnologik jarayon, uning tarkibiy qismlarini esa texnologik operatsiya deyiladi. Masalan, yerni plug bilan shudgorlashda tuproq palaxsasini ag’darish, yumshatish, aralashtirish kabi operatsiyalar bajariladi. Boshqa qurollar ta’sirida esa zichlash, tekislash, begona o’tlarni kesish, pushta yasash, jo’yak olish kabi jarayonlar bajariladi. Ag’darish - tuproq palaxsasining pastki va ustki qatlamlarini bir-biriga nisbatan o’zgartirishdir. Botqoqlik va chim bosgan yerlarda palaxsani gorizontal o‘q atrofida 180° ga burib, to’liq to’ntariladi. Har yili shudgorlanadigan, ya’ni madaniylashtirilgan yerlarda esa palaxsani 130°- 140° gacha burib ag’dariladi. Ayrim vaziyatlarda, begona o‘tlarni chuqur ko’mib yo’qotishda palaxsadagi tarkibi turli xil bo’lgan qatlamlarning joyini o’zaro almashtirib, tuproqning unumdorligini oshirishda yoki ko’p resurli shudgorlashdan foydalaniladi. Bu usulda palaxsani yaxlit ko’rinishda emas, balki bir nechta qatlamlarga bo’lish, agronom tayinlagan tartibda ularning joylarini almashtirib shudgorlash ishlari bajariladi. Yumshatish - yaxlit qatlamni kesakchalarga maydalab, tuproqning g’ovaklarini ko’paytirishdir. Bunda tuproqning dastlabki hajmi ko’payib, havo va suvning harakatlanishi yaxshilanadi. Zichlash - yumshatishga teskari jarayon bo’lib, uning natijasida tuproqdagi g’ovaklar kamayib, kapillyar kanallari tiklanadi va suvning bug’lanishi kuchayadi. Tekislash - dala yuzasidagi notekisliklarni yo’qotib, urug’ni sifatli ekish, keyinchalik esa bir tekis sug’orish uchun sharoit yaratishdir. [ 5 ]



    Download 2,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2,07 Mb.