|
Ba'zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y berishi mumkin
|
bet | 6/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 97,77 Kb. | | #245829 |
Bog'liq маъруза 12Ba'zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y berishi mumkin. - Ba'zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y berishi mumkin.
- Endi qizdirish jarayoni bo'lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma'lum miqdorda qizdirish manbasi bo'lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo'lgan issiqlik yonishning davom etishini ta'minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona aiangalanish manbasi va yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta bolsa, yonish shuncha tez bo'ladi.
- Yonish jarayoni asosan ikki xil bo'lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo'ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida sodir bo'ladi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo'naladi va o'z o'rniga havo bilan kislorodning kirishiga sababchi bo'ladi va bu holat yonuvchi modda tamom bo'lguncha davom etishi mumkin. Bu yonishni havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta'minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonishni yog'och, ko'mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin.
Yonish turlari. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo'lish mumkin: - Yonish turlari. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
- 1) Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o'chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining imkoniyati yo'q.
- 2) Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.
- 3) Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi.
- 4) O'z-o'zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda ro'y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o'z-o'zidan yonib ketishi.
- 5) O'z-o'zidan alangalanish o'z-o'zidan yonishning alanga bilan davom etishi.
- 6) Portlash-o'ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o'tishi.
|
| |