|
Tadqiqot instituti
|
bet | 4/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 496,03 Kb. | | #251150 |
Bog'liq YoSHuLLiiiMaydalash, aralashtirish. Dori tayyorlash uchun mo'Ijallangan kukunlarni maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezroq va to'laroq so'rilishi bo'lsa, ikkinchisi maydalangan kukunlar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingrediyentiarning ayrim zarrachalari ajralib ko'rinmaydi. Dori modda zarrachalari maydalanishi natijasida bir zarracha, alohida zarrachaning sathi kamaysa ham, umum zarrachalar sathini ifodalovchi umumiy sath (umumsath) bir necha bor oshadi. Umumsath ko'rsatkichining oshishi jadvalda yaqqol ko'rinib turibdi.
Umum sath oshishi bilan dori moddaning tana bilan tutashgan sathi ham ortadi. Natijada eriydigan moddalarning erishi tezlashadi, tanaga so'rilishi kuchayadi. Qattiq moddalarga mexanik ta'sir ko'rsatish har xii bo'lishi mumkin. Ularni parchalash, maydalash, ezish, yorish, sindirish, kesish, arralash, urish yoki shu usullaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Yorishda - jismning bosim ko'p ta'sir qilinganjoyi yoriladi.Hosil bo'lgan zarrachalar bir-biriga o'xshash bo'lsa ham shakli, kattaligi jihatdan bir-biriga yaqin bo'ladi. Sindirishda - egiltiruvchi kuchlar ostida jism parchalanadi. Parchalanishdan hosil bo'lgan zarrachalar kattaligi va shakli jihatidan turlicha bo'ladi. Kesish va arralashda - jismlarni belgilangan kattalikda va shaklda maydalash mumkin. Yanchishda - jism siqiluvchi, cho'zuvchi, kesuvchi, ezuvchi kuchlar ta'sirida maydalanadi. Bunda mayda kukunga o'xshash mahsulot hosil bo'ladi. Urilganda - mo'ljalga olib urilganda yorilgandagi kuch ta'siri qaytarilib jism yorilishi mumkin, umuman urilishda ezish ta'sir kuchi bilan maydalanadi. Dori moddalari fizik jihatdan maydalangan, qattiqlik jihatdan o'rta qattiqlikdagi qovushqoq jismlar bo'lganligi sababli (xoh kristall, xoh amorf modda bo'lsin) ularni maydalashda yanchish va ezish usulidagi kuchlar ta'siridan foydalaniladi. Ezish va ishqalash modda zarrachalarini maydalash bilan birga ularni o'zaro yaxshi aralashishini ham ta'minlaydi. Bu esa murakkab kukunlarni tayyorlashda ayniqsa ko'l keladi. Hozirgi kunda elaki dorilar tayyorlashda ularni maydalash va aralashtirish uchun dorixonalarda qadimdan ma'Ium bo'lgan hovonchadan (mortaria) foydalaniladi (4-rasm). Bizni elaki dori texnologiyasini o'rganish bo'yicha qilingan ishlarimiz asosida olgan natijalar shuni ko'rsatadiki, ularning maydalik darajasi, maydalash usullari, aralashtirish usuli uning sifatiga biosamaradorligiga ta'sir etuvchi omil hisoblanadi. Shu sababdan bu texnologik jarayon va maydalik darajasini ham tarkibi turiga qarab me'yorlashtirish kerak. Ularning maydaligi 0,1-0,3 mm oralig'ida bo'lishi mumkin. Dorixatlarda ko'p ishlatiladigan elaki dorilarni murakkab tarkiblaridan dorixonada yarim fabrikatlar tayyorlab qo'yish mumkin. Bunda elaki dorilar tarkibi o'rganilib uning ko'p uchraydigan ma'Ium bir qismi yarim fabrikat holida tayyorlansa bo'ladi. Elaki dorilar tarkibini draje holida ham tayyorlash mumkinligi G. S. Yusupova tomonidan ko'rsatiIgan. Hovonchalar har xii o'lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, jerdan yasaladi. Kundalik amaliyotda eng ko'p ishlatiladigani chinni hovonchadir. Chinni hovonchalar 7 xiI hajmda chiqariladi. Chinni hovonchalar yuza tomonidan silliq, ichi esa govak va notekis bo'ladi. PESTIK -PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yetarli darajadagi jism bo'Isa, mo'rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xomashyo hisoblanadi. Hovonchada modda dasta va qo'l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va yelka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shilliq pardalarga ta'sir ko'rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo'qolishini kamaytirsa, ikkinchidao ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi. Elaki dorilarni ko'p miqdorda tayyorlaganda, ya'ni dorixonada oldindan tayyorlanib qo'yiladigan dorixona tayyorlanmalari texnologiyasida mexanik hovonchalar ishlatiladi (6-rasm). Bunday hovonchalarning dastasi mexanik aylantirgich - «qo'lga ulangan bo'lib, asosan katta o'lchamdagi hovonchalarga (diametri 300 - 400 mm) mo'ljallangan. Hovoncha o'rnida ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo'lib, ulardan biri M. X. Islamgulov apparatidir (7-rasm). Maydalangan kukunni yana apparat qopqog'iga to'kib (ag'darib), ichidagi kukun qopqoqqa o'tkaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi. dozalashga mo'ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap yelkasida esa toshlarga mo'ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo'ljallangan mikrovint (7) yelka o'rtasidajoylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) mahkamlangan bo'lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to'kishni ta'minlaydigan mexanizm joylangan. Yorug'lik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o'ng yelkasiga bayroqcha (11) o'rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o'matilgan bo'lib, u richagga qo'yilgan yuk ta'sirida palla tubini kukun to'iguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta'minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) yelka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo'ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo'igan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og'irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2- shnek o'matiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4 - shnek o'rnatiladi. Dozatorning o'rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo'ladi.
|
| |