1.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni
Ma'lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi ѐki sotuvchilar tomonidan ma'lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
2-Jadval
1 kg un narxi (so‘m)
|
1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg)
|
1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn)
|
350
300
250
200
150
|
60
50
30
20
10
|
6,0
5,0
3,0
2,0
1,0
|
Iste'molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma'lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (3-chizma)
P, so’m 350 S
300
250
200
150 S
100
50 0 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q,tonna
3-chizma. Taklif egri chizig’i.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta'sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslarning narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlarning narxi;
5) narx o‘zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir ѐki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta'sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, ѐmg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologic usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish ѐki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi.
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
6. Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta'sir ko‘rsatadi. Masalan,uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jaraѐnining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish ѐki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2013 yilda oldingi yilga nisbatan 1,2 barobar o‘sgan bo‘lsa, so‘nggi 3yilda qariyb ikki barobar oshdi. Natijada 2013 yilda 1282 yangi ish o‘rinlari yaratilib, import o‘rnini bosish samaradorligi 5,3 mlrd. doll.ni tashkil etdi.
Biz yuqorida turli omillar ta'sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma'lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba'zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba'zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta'sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 2013 yil Ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so‘m Eksport hajmi, mln. doll. Import o‘rnini bosish samarasi, mln. doll.**15 Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori. [ 23, 24] Grafikda ye nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. Ya'ni, narx 250 so‘m bo‘lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayѐr bo‘ladi. 200 so‘mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayѐr bo‘ladi va hokazo.
Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas ѐki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. Iste'molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Talab hajmiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
Q
ЭT= ,
P
Bu yerda:
Q-talab miqdorining foizli o’zgarishi;
P-narxlarning foizli o’zgarishi.
Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste'molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste'molchi daromadidagi salmog‘i. Iste'molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar ѐki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil ѐki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 ѐki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste'mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, haѐtiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste'mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non ѐki elektr energiyasini iste'mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste'moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste'molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar
ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Iste'molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula ѐrdamida aniqlanadi:
Taklif hajmiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.
Taklif egiluvchanligiga ta'sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o‘zgarishiga ta'sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta'sir taklifning egiluvchanligida ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. O‘tgan 2013 yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim choralar va tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiѐtimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur'atlar bilan rivojlandi.
Rasmdan ko’rinadiki, mamlakatimizda YaIMning o‘sish sur'atlari barqaror tarzda bormoqda. Agar o‘rtacha o‘sish sur'atlari 2000-2003 yillarda 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7,3 foizdan, 2007-2008 yillarda esa 9,2 foizdan yuqori darajada kuzatilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich keyingi besh yil davomida 8,2 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Albatta, bu o‘rinda dunѐdagi murakkab vaziyat – jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ro‘y berishi, uning jahondagi barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiѐtiga ham salbiy ta'sirini e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Chunki, mamlakatimizda chuqur o‘ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilaѐtgan samarali iqtisodiy siѐsat global inqirozning iqtisodiѐtimizga salbiy ta'sirini ahamiyatli darajada “yumshatib”, shunday murakkab sharoitda ham YaIMning yuqori va barqaror o‘sish sur'atlarini saqlanib qolishini ta'minladi. Shunga ko‘ra, agar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro‘y bermaganida O‘zbekistondagi o‘sish sur'atlari yanada yuksakroq bo‘lardi, deyishga yetarli asos bor. Demak, yuqoridagi holatlar O‘zbekistonda talab va taklif mutanosibligi negizida yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. 2023 yil yakuni bo‘yicha iste'mol baholari indeksi asosida hisoblanadigan inflyasiya darajasi 2012 yilga nisbatan 0,2 foiz bandga pasayib, 6,8 foizni tashkil etdi. Bunda iste'mol baholari indeksining o‘sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi. Jumladan, o‘tgan yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 3,9 foizga o‘sib, uning inflyasiyaga ta'siri 2,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,4 foizga o‘sib, inflyasiya darajasiga ta'siri 2,1 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 13,8 foizga o‘sib, iste'mol baholari indeksiga ta'siri 2,6 foizni tashkil qildi (3-rasm)
|