|
Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va tahlil qilishningBog'liq metodichka6.2. Ona tili va adabiyoti darslarini kuzatish va tahlil qilishning
pedagogik
namunasi
1. Dars mavzusi va turi (dars turini to’g`ri tanlash); 2. Darsning maqsadi
(ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uning umumdars sistemasida tutgan o’rni);
3.
Darsning
jihozlanishi
(foydalaniladigan
darsliklar
,
o’quv-metodik
qo’llanmalar, gazeta, jurnallar, ko’rgazmali va texnik vositalar ); 4.
O’quvchilarni, sinf xonasini, o’quv jihozlarini darsga tayyorlash, sinfdagi tartib
intizom
; 5. Uy vazifasini tekshirish usullari (umumiy nazorat,tabaqalashtirilgan,
o’z-o’zini tekshirtirish, o’zaro tekshirtirish), o’tilganlarni o’quvchilarga eslatish;
6. O’qituvchining o’quvchilarga bergan og`zaki va yozma savollarining aniqligi,
tushunarliligi
, mazmundorligi. Savollarga to’liq javob olishga intilishi
(tirishqoqligi); 7. O’quvchilarning nutq madaniyati, og`zaki va yozma savollarga
aniq
, mazmunli, ijodiy yondashgan holda javob berishi; 8. O’quvchilar bilimini
odilona
baholashi, tanqidiy va rag`bat nuqtai nazaridan yondashuvi; 9. Reyting
baho
to’plashi, dars so’rashi, uy vazifasini so’rashda uddaburonligi; 10.
O’tilganlarni xulosalashi va uni yangi mavzu bilan bog`lashi; 11. Yangi mavzuni
o’rgatishning maqsad va vazifalarini aniqlashi; 12. Yangi mavzuni bayon qilish
chevarligi
, mohirligi, so’zga chechanligi, go’zal nutqi, asar ilmiy g`oyasining
yoritilishi
, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashi; 13. Yangi bilimning
respublika
va dunyo madaniyati, fan-texnikasi bilan aloqadorligini ta`minlashi;
14. Bilimni muammoli bayon qilishi, muammoli vaziyat yaratishi va ularni
o’quvchilar bilan birgalikda уechishi; 15. Darsda o’quvchilarning mustaqil,
og`zaki
, yozma, amaliy va ijodiy ishlarini tashkil qilishi; 16. O’quvchilarning
yangi
mavzuni o’zlashtirish darajasi; 17. O’quvchilarning darsda o’zlarini erkin
his
qilishlari, mustaqilligi, faolligi, tartibi; 18. O’qituvchining vaqtdan unumli
foydalanishi
; 19. Ko’rgazmali va texnik vositalardan o’rinli foydalanishi; 20.
O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabat odobi; 21. O’qituvchi foydalangan
metod
va usullarning maqsadga muvofiqligi; 22. Uy vazifasini berish me`yoriga
amal
qilishi; 23. Vazifa va topshiriqlarni bilimga mos holda berishi; 24.
O’qituvchining sinf jamoasi, va o’quvchilar bilan alohida ishlash layoqati; 25.
O’qituvchining darsni insoniylashtirish va demokratiyalashtirish layoqati; 26.
O’qituvchining darsni xulosalashi; 27. Dars reja-konspektining sifati; 28.
Darsning
umumiy bahosi, dars sifatini yangilash va samaradorligini oshirish
yuzasidan
maslahatlar.
|
| |