• Qalam, o’chirg’ich, lineyka, o’lchov tasma.
  • Kalka qog’oz, chizg’ich, o’chirg’ich, asos konstruktsiya.
  • I. Vitochkaga ishlov berish
  • Yubkani qurish uchun konstruktiv qo’shimchalar




    Download 0,98 Mb.
    bet3/3
    Sana14.12.2023
    Hajmi0,98 Mb.
    #118640
    1   2   3
    Bog'liq
    Qiz bolalar uchun “klinli” yubka chizmasini chizish
    Silikat, Ayovsiz sahro-WPS Office, 1366358 Оптические свойтва тверды, BAHODIROV JAVOHIR BAHROM O‘G‘LI QAYD VARAQA, Mirjalol word, 2 17 амалий машғулот Мавзуга оидл тақдимот тайёрлаш , 1 китоб Digital Control Systems Design, Identification and Implementation, kurs jumisi Jasuebek.Allashukirov, 13-tema.2-sem-23, Dasturlew Begin esaplari, Avtomatik boshqarish nazariyasi 1-qism, Umarov T Moliya Asoslari, 15-topshiriq, @C1WITHLEVEL UP cambridgeIELTSbooksIELTS Writing Task 2 l
    Yubkani qurish uchun konstruktiv qo’shimchalar
    2-jadval.

    Pbel = 0,5 - . . . 1,5 sm

    - bel aylanasiga

    Pbo’k = 1,0 . . . . 4,0 sm

    - bo’ksa, aylanasiga

    PD bel. = - 2,5 …. + 45,0

    - yubka uzunligiga



    YUBKA KONSTRUKSIYASI CHIZMASINING HISOBI (5-RASM)
    3-jadval

    Konstruktiv bo’lak belgisi

    Siljitish yo’nalishi

    Hisob formulasi va hisoblar

    Konstruktiv bo’lak qiymati, sm




    Vertikal bo’yicha pastga

    TB = 0,5 Dort.bel = 0,5 x 40,4

    20,2

    TN

    Vertikal bo’yicha pastga

    TN = Dbel.tizza + PDbel.tizza = 57,6+(-2,6) = 57,6 – 2,6

    55,0

    BB1

    Gorizontal bo’yicha o’ngga

    BB1 = Sbo’k + Pbo’k = 50,0+2,0

    52

    BB2

    Gorizontal bo’yicha o’ngga

    BB2 = 0,5 (Sbo’k +Pbo’k ) – 1,0 = 26 – 1,0

    25,0

    BB3

    Gorizontal bo’yicha o’ngga

    BB3= 0,4 BB2 = 0,4 x 25,0

    10,0

    B1B4

    Gorizontal bo’yicha chapga

    B1B4 = 0,4 B1 B2 = 0,4 x 27,0

    10,8

    T2T20

    Vertikali bo’yicha yuqoriga

    T2T20 = Dort.bel – Vbel.chiz = 103,9 – 103,0

    0,9

    V = (Sbo’k +Pbo’k) – (Sbel + Pbel) = 52,0-38,0

    14

    Ort vitochkaning kattaligi = 0,35 V




    Yon vitochka kattaligi = 0,15 V




    T30 T33

    Vertikal bo’yicha pastga

    Ort vitochka uzunligi = 16,0

    16,0

    T20 T23

    Vertikal bo’yicha pastga

    Yon vitochka uzunligi = 19,0

    19,0

    T40 T43

    Vertikal bo’yicha pastga

    Old vitochka uzunligi = 11,0

    11,0

    T30T31=T30T32

    Gorizontal bo’yicha o’ng va chapga

    T30T31 = T30T32 = 4,9 x 0,5 = 2,45

    2,45

    T20 T21 = T20 T22

    Og’ma chiziq bo’yicha o’ng va chapga

    T20 T21 = T20 T22 = 7 x 0,5

    3,5

    T40 T41 = T40 T42

    Og’ma chiziq bo’yicha o’ng va chapga

    T40 T41 = T40 T42 = 2,1 x 0,5



    1,05







    Yon vitochkalar tomonlari egri chiziq bilan chiziladi.






    4-rasm. To’g’ri yubka bazis to’ri chizmasi.




    ANDOZALARNI QURISH
    Yubka andozalarini qurish uchun model konstruktsiyasi chizmasi (5-rasm), yubkani yig’ish chizmasi. (texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etiladigan materiallar xossalari haqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (bo’ksa, etak) bo’laklardagi montaj kertiklar o’rni aniq ko’rsatiladi. Montaj kertiklar yon choklarida (2 tadan) ort o’rta qirqimida (2 ta), bel vitochkalari o’rnida belgilanadi.
    Andazalar turlari, ularni ishlab chiqish uchun qo’yiladigan talablar T-24, T-33, T-38 modullarda keltirilgan.
    Yubka uchun asosiy (avra) va qotirma bo’laklar andozalari (7,8-rasm) ishlab chiqiladi. Andozalar spetsifikatsiyasi 4-jadvalda, tanda ipi yo’nalishi 5-jadvalda, chok haqi qiymatlari 6-jadvalda keltirilgan.
    Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi. Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.

    4-jadval


    To’g’ri yubka andozalarning spetsifikatsiyasi



    Bo’lak nomi

    Belgi manjeti

    Soni

    Gazlama turi

    Bichiqda

    Andozada

    Yubka old bo’lagi

    01

    1

    1

    Asosiy

    Yubka ort bo’rchagi

    02

    2

    1

    Asosiy

    Yubka belbog’i

    03

    2

    1

    Asosiy

    Belbog’ qotirmasi

    04

    1

    1

    Flizelin

    Shlitsa qotirmasi

    05

    1

    1

    Flizelin

    Ilgich













    5-jadval


    To’g’ri yubka andozalarida tanda ipi yo’nalishi



    Bo’lak nomi

    Bo’lak belgisi

    Tanda ipi (t.i.) yo’nalishi

    T.I. yo’nalishidan mumkin bo’lgan chetga og’ish, %.

    Old bo’lak

    01

    O’rta chiziqga parallel

    5,0

    Ort bo’lak

    02

    O’rta chiziqga parallel

    5,0

    Belbog’

    03

    Belbog’ uzunligi bo’ylab

    5

    6-jadval
    To’g’ri yubka andozalarida chok haqi qiymati



    Bo’lak nomi

    Qirqim nomi

    Chok haqi, sm.

    Old bo’lak

    Bel qirqim

    0,7-1,0

    Yon qirqim

    1,0-1,5

    Etak

    3,0-4,0

    Ort bo’lak

    Bel qirqim

    0,7-1,0

    Yon qirqim

    1,0-1,5

    Etak

    3,0-4,0

    O’rta qirqim

    1,0-1,5

    Belbog’

    Chetki qirqim

    0,7-1,0

    Yon

    0,7-1,0






    7-rasm. Yubka bo’laklarining andozalari



    Sbel x 2+Pbel+1=37 x 2 + 1 + 1 =76 sm.

    8-rasm. Belbog’ andozasi chizmasi.

    1-2 =Sbel x 2+Pbel+1=37 x 2 + 1 + 1 =76 sm.


    1 - 4 = 6 + 2 = 8 sm
    belbog’ning tayyor holdagi kengligi = 3 sm, 2 sm – chok haqi uchun
    TO’G’RI YUBKA BO’LAKLARINI BICHISH
    Gazlamaga andozalarni joylash va bichish shartlari T-22, T-32, T-38 modullarda batafsil keltirilgan.


    KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA AShYoLAR:

    • andoza chizish uchun maxsus qog’oz;

    • chizg’ich, qalam, o’chirg’ich, sm. lenta, qaychi;

    • bo’r;

    • qog’oz (kalka);

    • texnologik xarita;

    • suv purkagich;

    • dazmol;

    • me’yoriy hujjatlar.



    «AYOLLAR YUBKASINI MODELLASH, ANDOZA TAYYORLASH, GAZLAMAGA ANDOZANI JOYLASHTIRISH, BICHISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA

    Texnologiya asosida faoliyat turlari

    Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

    Chizma

    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    1. Yubka asos konstruktsiyasi chizmasini chizish.

    Qalam, o’chirg’ich, lineyka, o’lchov tasma.






    Yubka chizmasi nazariy fanlar davomida chiziladi. Yubka chizmasini chizish tartibi 3-jadvalda va 4,5,6-rasmlarda keltirilgan.


    1. Yubka shlitsasini chizish.

    Qalam, o’chirg’ich, lineyka, o’lchov tasma.




    Yubka chizmasida ort bo’lakda etakdan 25-30 sm qo’yiladi va shlitsa o’rni belgilanadi. Shlitsa kengligi 5 sm bo’ladi.
    Shlitsa kengligi bilan shlitsa konturi nuqtalar bo’yicha tutashtiriladi.



    1. Yubka bo’laklarini konstruktsiya chizmasidan ko’chirish.

    Kalka qog’oz, chizg’ich, o’chirg’ich, asos konstruktsiya.









    Yubka konstruktsiyasi chizmasidan old, ort bo’laklari kalka qog’oz vositasida alohida qilib ko’chiriladi. Bunda har bir bo’lakka tegishli kertik, vitochka va ichki chiziqlar ham ko’chiriladi.

    1. Ort bo’lak andozasini chizish.










    Chok haqi qiymatlari andoza ko’chirilgan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yib chiqiladi: Etakda 3-4 sm, bel qirqimida – 1 sm, yon qirqimda – 1,0 – 1,5 sm.
    Andoza konturlari chiziladi. Tanda ipi yo’nalishi, kertiklar o’rni belgilanadi.

    1. Old bo’lak andozasini chizish.










    Chok haqi qiymatlari andoza ko’chirilgan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yib chiqiladi: Etakda 3-4 sm, bel qirqimida – 1 sm, yon qirqimda – 1,0 – 1,5 sm.
    Andoza konturlari chiziladi. Tanda ipi yo’nalishi belgilanadi. Kertiklar o’rni belgilanadi.

    1. Yubka belbog’ini qurish.











    Belbog’ni qurish uchun hisoblar 8-rasmga tegishli hisoblardan olinadi.



    Avval avra gazlamadan bichilgan bo’laklar, qotirmalardan bichilgan bo’laklar soni va ularning modelga mosligi tekshiriladi.
    Bo’laklardagi vitochka, kertimlar, shlitsa, taqilma chiziqlarni o’ng bo’lakdan chap bo’lakka ko’chirish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin: salqi (nusxalama) qaviq bilan, trafaret usulida, to’g’nog’ichlar, bo’r yordamida 2222 sinf mashinasida ko’chiriladi. Bo’laklarning biriktirib tikiladigan qirqimlari maxsus mashinasida yo’rmalanadi.
    Vitochkalarni tikish uchun asosiy bo’lak belgi bo’ylab o’ngini ichkariga, qaratib bukiladi va bel qirqimidan boshlab tikiladi. Tikilayotgan chok pastga tomon asta-sekin yo’q qilib yuboriladi. Vitochkalar yorib dazmollanadi yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Vitochka uchlaridagi salqi kirishtirib dazmollanadi. Ip gazlamadan tikilgan yubka vitochkasi bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
    Yurish paytida erkin harakat qilishni va kiyimni formasini yaxshi saqlashini ta’minlash uchun yubkani ortqi bo’lagining o’rta chokida, yon choklarida yoki old bo’lagining o’rta choklarida shlitsalar tikiladi. Yubka ort bo’lagining o’rta chokida joylashgan shlitsaga qotirma qo’yib ishlov beriladi. Uni ketma-ket bajarish texnologiyasini biz quyida ko’rsatib o’rtamiz. (VIII-bo’limga qaranD)




    1-rasm. Klassik yubkaning umumiy ko’rinishi.
    1-vitochkalarga ishlov berish; 2-ort bo’lagining o’rta chokida joylashgan shlitsaga ishlov berish; 3-yon qirqimigi ishlov berish; 4-molniya taqilmaga ishlov berish.

    Yubka yon qirqimlarini o’ngi tomonidan maxsus mashinada yo’rmalanadi. Yubka yon qirqimlari biriktirib tikiladi va yorib dazmollanadi. (VIII-bo’limga qaranD).


    Yubkaning «molniya» tasmasini biriktirma chok bilan tikishda, yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollangandan keyin, tasma bo’lak teskarisidan chok haqi tagiga qo’yiladi va tasma chetidan 4-7 sm. masofada bahyaqator yuritiladi. «Molniya» tasmasining yuqori qirqimlari yubka yuqori chetidan 0,5 sm. pastda tikiladi. Taqilma oxirida «molniya» oxirgi tishlaridan 5 mm masofa kesimga perpendikulyar qilib, bahyaqator yurgiziladi.


    I. Vitochkaga ishlov berish


      1. Vitochka o’rnini belgilash.

    Bo’r, qalam, lineyka.


    Vitochka o’rni bo’lakni teskari tomonidan uchta chiziq bilan belgilanadi.
    1-o’rta chiziq.
    2-yon chiziq.
    3-vitochka o’rnini belgilaydigan chiziq.

      1. Vitochkani biriktirib ko’klash.

    Igna, ip.







    Asosiy bo’lakni 1-chiziq bo’ylab bukib, 2-chiziqdan 3-chiziqqacha biriktirib ko’klanadi.

      1. Vitochkani biriktirib tikish.

    Universal mashina.



    Bo’lak yuqori qirqimidan boshlanadigan vitochkalarni yuqoridan boshlab, chegaralaydigan chiziqqacha biriktirib tikiladi, vitochka uchlarida bahyaqatorni asta-sekin toraytirib, yo’q qilib yuboriladi. Bahyaqator uchlari puxtalanadi yoki ip uchlari tugib qo’yiladi. Bahyaqatorlar soni 10 mm da 4-5 ga teng.

      1. Vitochkani biriktirib, ko’klangan qaviq iplarini so’kib tashlash.

    Qaychi.

    Ko’klangan qaviq iplari qirqiladi, so’ng tozalanadi.

      1. Vitochkani bir tomonga yotqizib dazmollash.

    Dazmol.







    Vitochkalar bo’lak o’rtasi tomon yotqizib dazmollanadi. Vitochka uchlaridagi salqi kirishtirib dazmollanadi.





    II-Shlitsaga ishlov berish

      1. Shlitsa uzunligini belgilash va belgini ikkinchi tomonga o’tkazish.

    Ip, igna, chizg’ich, qalam, bo’r.







    1-o’rta chiziq.
    2-etak bukish chizig’i.
    3-shlitsa uzunligini chegaralovchi chiziq.
    Belgi chiziq bo’ylab to’g’ri va sirma qaviq tushiriladi. Qaviq yirikligi 10-15 mm.
    Ort bo’lak qismlarini birlashtiruvchi yubka chokini kengligini – 15 mm shlitsa, ishlov haqi- 50 – 70 mm, lekin ustki bo’lakning ishlov haqqi past bo’lagiga nisbatan 7-10 mm ga tarroq bo’ladi. Shlitsa chiziqlari va belgilovchi chiziqlari ikkala tomonda bir xil bo’lishi uchun salqi qaviq bilan tikib olinadi va qirqiladi.

      1. Shlitsa ishlov haqqiga qotirma qo’yish.

    Dazmol.







    Yelimli qotirmani shlitsa ishlov haqqini teskarisiga qo’yiladi.
    Qotirma qirqimlari o’rta chiziqqa va etakni bukish haqi chizig’iga 1 mm yetkazmay qo’yiladi. Qotirma namlanadi va dazmolda yopishtiriladi.

    Download 0,98 Mb.
    1   2   3




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yubkani qurish uchun konstruktiv qo’shimchalar

    Download 0,98 Mb.