• ANJUMAN QUYIDAGI SHO‘BALAR BO‘YICHA FAOLIYAT YURITADI
  • ANJUMAN MA’RUZA MATNLARINI RASMIYLASHTIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR
  • «TA’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari»




    Download 403,88 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.05.2024
    Hajmi403,88 Kb.
    #238388
    Bog'liq
    09 Axborot Xati Orginal-Республика-20 май



    «TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY 
    INTELLEKTNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI»
    mavzusida resublika ilmiy-amaliy konferensiya
    2024 yil 7-iyun kuni Termiz davlat universitetida “Termiz davlat
    universitetining 70 yilligi” munosabati bilan “Ta’lim jarayoniga raqamli
    texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari” mavzusida respublika
    ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
    ishida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, respublika oliy ta’lim hamda
    ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy
    xodim va izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari qatnashishlari mumkin.
    ANJUMAN QUYIDAGI SHO‘BALAR BO‘YICHA FAOLIYAT YURITADI:

    1. Ta’limda o’qitish sifatini oshirishda sun’iy intellektning roli va istiqbollari.

    2. Amaliy masalalarni matematik modellashtirish, axborot tizimlarini
    modellashtirish.

    3. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini matematik modellashtirish, unda
    axborot texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanish.

    4. Axborot xavfsizligi va sun’iy intellekt bo‘yicha istiqbolli tadqiqotlar. 

    5. Teskari va nokorrekt masalalar.
    ANJUMAN MA’RUZA MATNLARINI RASMIYLASHTIRISHGA 
    QO’YILADIGAN TALABLAR

    Anjumanning ishchi tillari: o'zbek, rus va ingliz.

    Tezislar Microsoft Word matn muharririda А4 formatda tayyorlanadi. Har bir
    tezis 3 betdan oshmasligi lozim, hamda Times New Roman shriftida tayyorlanib
    14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 interval, sahifalar yuqori va astdan - 2 sm, o‘ngdan 1,5 
    va chadan - 3,0 sm qoldirib rasmilashtiriladi.

    Sarlahvadan keyin 1 interval tashlab muallif (lar) ning ismi, sharifi va
    familiyasi, ish joyi va elektron pochtasi ko‘rsatiladi, so‘ng 1 interval tashlab
    asosiy matn, xulosa, tavsiyalar hamda maqola oxirida 1 interval tashlab
    adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

    Tezis mazmuni anjuman mavzusi va yo‘nalishlariga mos bo‘lib, dolzarblikka
    asoslanishi, tahlil, amaliy tavsiyalar berilishi zarur.

    Agar matnda jadvallar va rasmlar mavjud bo‘lsa, ular raqamlangan bo‘lishi
    kerak. («1-jadval» – qalin harflar bilan yozilgan). Formulalarning nomerlanishi, 
    formulalar, teoremalar, lemmalar, natijalarga hamda adabiyotlarga havolalar
    qo‘lda yozilishi kerak, ya’ni avtomatik qo‘yilmasligi kerak.

    Yuborilayotgan fayllarning nomlari lotin harflarida birinchi muallif familiyasi
    ismi bilan va tegishli sho‘ba nomeri yozilishi kerak (masalan, 
    1_Normurodov_CH.B.doc).

    Matnda keltirilgan fikrlar, statistik ma’lumotlar aks etgan g‘oyalar, shuningdek
    matn orfografiyasi uchun ma’suliyat muallif zimmasida qoladi. Tashkiliy qo‘mita
    muddatidan keyin yuborilgan yoki namunada keltirilgan tayyorlash tartibi
    buzilgan tezislarni qabul qilmaslik huquqiga ega.

    Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to‘plamning nashr harajatlari har
    bir tezisga 50 000 so‘m deb belgilangan (xorijiy mualliflardan badal
    undirilmaydi).
    Maqolalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2024 yil 20 may. Anjumanda
    ishtirok etish uchun tezislarni tashkiliy qo‘mitaga quyidagi elektron pochta orqali
    yuborish kerak: e-mail: 
    kommiljon@mail.ru
    2024 yil 7-iyun kuni Termiz davlat
    universitetida "Termiz davlat
    universitetining 70 yilligi" munosabati
    bilan "Ta'lim jarayoniga raqamli
    texnologiyalar va sun'iy intellektni joriy
    etish istiqbollari" ilmiy-amaliy
    konferensiyasi o'tkaziladi.
    Tashkiliy qo'mita manzili:
    Surxandaryo viloyati Termiz shahar, 
    Barkamol avlod ko'chasi, 43 uy.
    Termiz davlat universiteti
    Ma'lumot uchun koordinator
    dotsent Yuldashev Shamsiddin
    Mamarajabovichga
    (tel. +99897 483 00 87)
    murojaat qiling.
    To'lov 9860 0101 2647 8378 karta
    raqamiga amalga oshiriladi.

    Download 403,88 Kb.




    Download 403,88 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «TA’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari»

    Download 403,88 Kb.
    Pdf ko'rish