|
Ta’lim texnologiyasining (TT) tashkiliy elementlari. Ta’lim texnologiyasining maqsadini aniklash
|
bet | 1/2 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 82,5 Kb. | | #146323 |
Bog'liq MA\'RUZA TA\'LIM TEXNOLOGIYASINING TARKIBI
MA'RUZA TA'LIM TEXNOLOGIYASINING TARKIBI
Reja:
Ta’lim texnologiyasining (TT) tashkiliy elementlari.
Ta’lim texnologiyasining maqsadini aniklash.
Ta’lim texnologiyasining belgilari.
Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida qaralsa, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo`yicha tasavvur etish mumkin: Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari-taxsil beruvchi, taxsil oluvchi, maqsad, natija, axborotlar mazmuni, metodlar vositalar, usullar va o`qitishning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, tashxislash, axborotlar olish usul va vositalaridan iborat.
Pedagogik jarayon o`quv maqsadini qo`yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bulishi lozimki, u vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini kanday darajada amalga oshirilganligini aniklash, berilgan vaktda kuzlangan maqsadga erishishni ta’min-laydigan didaktik jarayonni kurish imkonini bersin.
Ta’lim texnologiyasining maqsadi o`rganilayotgan o`quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan xolda aniqlanadi, xamda ta’lim maqsadiga mansub buladi.
Axborot mazmuni, yangi o`quv materiali quydagilarda o`z aksini topadi: kurilayotgan fanni o`qitish, mazmunni uzida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o`quv qo`llanmalarining matni, axborot manbalari.
O`qitish metodlari, vositalari, usullari va tashkil etish shakllari, ya’ni taxsil oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg`un xolda tanlab olinadi va amaliyotga tadbiq etiladi. Shuningdek, bunga taxsil oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jixozlanishi, ijtimoiy muxit xam xisobga olinadi.
Nazorat qilish, tashxislash va axborot olish usullari va vositalari: qo`yilgan maqsad va o`quv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi.
Agar qo`yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon tugaydi. Bunda qo`yilgan maqsad bilan olingan natijaning to`liq mosligini ta’minlanshni ko`rsatib o`tish zarur, chunki ular predmetning ob’ektiv muxim qonunlaridan kelib chiqadi.
Lekin pedagogik faoliyat shaxsiy-sub’ektiv emotsional xarakteriga egadir. U pedagogning individual, ijodiy qobilyatiga, kasbiy-psixologik xususiyatlariga va taxsil oluvchilarning ko`plab idividual, aqliy va boshqa shaxsiy xususiyatlariga asoslanadi. Shuning uchun xam uning natijasi variativ xarakterga ega bulishi mumkin.
Shuni takidlash joizki, ko`rsatilgan pedagogik tuzilmaning biror elementi xam mavjud bo`lmasa, unda pedagogik jarayonning uzi kechmaydi yoki kuzlangan natijani tulik bera olmaydi. Xar kanday xolda xam bunday pedagogik jarayondan ijobiy natija olish tasodifiy xarakterga ega buladi.
Ta’lim texnologiyasi xaqida gap ketganda daxldor quydagi xodisalarni bir-biridan farklashga extiyoj tugiladi: ta’lim didaktik loyixalash (1), loyixani amalga oshirish (2) ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko`ra didaktik loyixasiga tuzatish, o`zgartirishlar kiritish (3), ta’limni takrorlash (4), yakuniy nazorat (5). Bu xodisalarni 1 va 2-si an’ananaviy ta’lim tajribasida xam uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’ananaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo`lishi doimo o`qituvchi xamda o`quvchining diqqat markazida turadi: o`qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib bolalarni o`zlari erishgan yutuqlaridan ogox qilib turadi; o`quvchilar esa o`z yutuq va kamchiliklarini anglab, birinchisini yana ko`paytirishga, ikkinchisini bartaraf etishga intiladi.
TA’LIM TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS BELGILARI.
1-chizma.
- ta’lim maqsadlarini anik belgilash (1)
- ta’limni qo`yilgan maqsadga yunaltirish (2)
-kafolatlangan natijaga, intilish (3)
Ta’lim - ta’lim natijasini shaxsiy kiymatini texnologiyasi oshirish (4)
- joriy natijalarni boxolash (5)
- ta’limning borishiga uzgartirishlar kiritish (6)
- ta’limga tuzatishlar kiritish (7)
- ta’limni takrorlash va nazorat qilish 8
- tuzatish va uzgartirish kiritilgan lim natijasini baxolash ( 9)
- etalon darajasida uzlashtirish va baxolash ( 10).
O`quv materiallarining mazmunini urgatishda kuzda tutilgan maqsadi, o`qituvchi va o`quvchilar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va xisobga olish varakalari, berilgan uy ishlar mikdori, mavzulari bo`yicha utkaziladigan test savollari, reyting nazorat boskichlari, etalon darajasida uzlashtirish usuli oldindan belgilab kuyiladi. Bu ishlarning barchasini ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.
Ta’limning xarakatchan modelini ongda yara-tish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bulib, bu sanatni egallagan o`qituvchi ta’limning borishiga zudlik bilan uzgartirish, kushimcha tuzatishlar kirita oladi. (1), u ta’limni kurish, yana takroriy kurish, zarur bulsa yana bir bor kurishni osonlik bilan amalga oshiradi (2), o`quvchilarni xar bir mavzuni tulik uzlashtirishga yetaklaydi (3), ta’lim mazmunini etalon darajasida va etalon darajasidan past uzlashtirgan o`quvchilarni guruxlarga ajrata oladi (4), xar bir guruxga mos keladigan ish uslubini zudlik bilan tanlay oladi ( 5), o`quvchilarning kobiliyati, extiyoj va kizikishlariga mos keladigan vositalar tizimini, muammolarini ishlab chikadi (6), sust uzlashtiruvchi o`quvchilar bilan kushimcha mashgulot, kushimcha topshiriklarni bajarish uchun shart- sharoit tayyorlaydi (7).
“Pedagogik texnologiya” doirasida ta’limning tashkiliy-uslubiy jixatidan ilgari qo`yilgan ta’lim maqsadalariga turli uslubiy majmualar yordamida erishish mumkin. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor masala va nazorat sxemalarini kurishga karatilgan bulsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi. Ta'lim texnologiyasi – o’quv mashg’ulotlarida ko’rsatilgan barcha bilish jarayonlarini amalga oshirib, pirovard natijada barcha faoliyat turlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi. Bunday darslarda dars qismlarining ichki aloqasi: maqsad, mazmun va ish usuli bilan amalga oshiriladigan ta'lim, mumtoz tizimning bosqichlari saqlanib qoladi. Ya'ni, uy vazifalarini tekshirish, uning asosida yangi bilimlar, malaka va aqliy faoliyatning turlarini egallash bosqichlari, shuningdek mustahkamlash va mustaqil ishlash, darsni umumlashtirish va uy vazifasini tushuntirish singarilar yotadi.
Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari
- O'qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o'quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o'qitish samaradorligi, asosan, o'quvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, pedagogning unga bo'lgan mimosabatiga bog'liq bo'ladi. Bu yerda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo'naltirilgan.
- Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Y.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o'qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko'p tarqalgan o'qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan o'quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi:
Sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, yagona o'quv dasturlar va yagona mashg'ulotlar jadvali bilan shug'ullanadi;
Mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi;
O'quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi.
An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.
An'anaviy o'qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:
• ilmiylik;
• tabiatga monandlik (o'qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);
• uzviylik va tizimlilik;
• o'zlashtiruvchanlik (ma'lumdan noma'lumga, soddadan murakkabga);
• mustahkamlash (takrorlash, takrorlash ...)
• onglilik va faollik;
• nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi;
• yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.
An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlik__pedagogikasi, o'qitishning rushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish. An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs Mumtoz an'anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma'ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o'z ichiga oladi (didaxografiya).
Zamonaviy an'anaviy o'qitish esa, o'qitishning texnik vositalarini qo'llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo'ladi. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarda, o'quvcECshaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimining milliy modeliga alohida e'tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta'lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o'rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan, o'qitish shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko'ra rivojlanganroq bo'ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning. Boshlang‘ich ta’limning o‘quv-tarbiya jarayoni mazmunini oldindan anglagan holda, avvalo, psixologik-pedagogik asosga qurilgan ta’limning zamonaviy insoniy-axloqiy va tabiatan yaratilgan namunaviy texnologiyasi yaratildi. Boshlang‘ich ta’lim texnologiyasini tahlil qilish natijasida ushbu texnologiya asosida turgan quyidagi psixologik-pedagogik qoidalarni vujudga keltirish imkoni bo‘ldi:
1. Ta’lim jarayoni (o‘qitish va tarbiyalash) "bolani o‘qishga o‘rgatish" prinsipiga qurilishi kerak.
2. Ta’lim jarayonida (o‘qitish va tarbiyalash) har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari namoyon bo‘lib, va tabiiy erkin faol ishtirok etadiran bo‘lsin.
3. Ta’lim jarayoni shunday quriladiki, bu o‘qitishdan va boshqa faoliyatlardan anglashilgan maqsad bolalarning tabiiy va o‘sib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan muhim va ularga tushunarli bo‘lishini ta’minlashdir. Shu bilan birga ta’lim jarayoni o‘quvchilar faoliyatining ichki imkoniyatlari ustivorligiga quriladi. Bahodan esa qulayliklarning tashqi sabablaridan yordamchi vosita sifatida foydalaniladi, xolos.
4. Bolalar tomonidan o‘rganilayotgan fanning asosiy bilim-malakalarni egallash ular uchun qiziqarli va tushunarli jarayonda amalga oshiriladi. Zero, bu malakani egallash, asosan tasavvur orqali amalga oshib, ular bir bolada kuchli xotirlash paydo qiladi. Bolaning asosiy o‘quv malakasini tez va soz egallashi uning umumiy psixologik va aqliy rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, sust tayyorlangan va yetarli rivojlanmagan bolalarda nuqsonlarning bartaraf bo‘lishiga olib keladi, tabiatan qobiliyatli bo‘lgan bolalarni esa rivojlantirib, yanada yuqori qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi.
5. Malaka va ko‘nikmalarni egallash, ularni takomillashtirish bolalar ijodiyoti jarayonida badiiy o‘qish, xalq iqtisodiyotini, badiiy mehnatni o‘rganish orqali amalga oshadi.
6. Boshqa ta’lim tizimlariga qaraganda mutlaqo o‘zgacha ta’lim psixo-fiziologik modeli ishlatiladi. Bu analitik-sintetik jarayonlarni avtomatlashtirish emas, albatta.
7. O‘quv sinflari turli xillik prinsipi: bolalarning maktab ta’limiga oldindan tayyorgarligi darajasi bo‘yicha hamda umumiy psixik va aqliy taraqqiyoti bo‘yicha jalb qilinadi.
8. Bola materialni faqatgina eshitish yoki his qilish a’zolari orqali o‘zlashtirmaydi, balki o‘zida bilishga nisbatan paydo bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun o‘zlashtiradi.
9. Ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lish sharti: o‘quv materialini muammolashtirish (bilim-bolalar, hayratlanish va qiziquvchanlik); bolaning faolligi (bilimlar qiziqish bilan o‘zlashtirilishi lozim); ta’limning bola hayoti bilan, o‘yin, mehnat bilan aloqasi.
10. Muammoli vaziyat paydo bo‘lganda o‘qituvchidan o‘quv materialini muammolashtirishni, differensial va individual yondashishni talab etiladi.
Dars jarayonida didaktik, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va bolani rivojlantirish.
1. Butun dars davomida har bir o‘quvchiniig ongli aqliy faoliyatiga erishish: bu – o‘quvchilar butun mashg‘ulot davomida ishlaydi deganidir. O‘quvchi uy vazifasini tekshirishga kirishadi, yangi materiallarning bayonini tinglaydi, ularni mustahkamlashda faol qatnashadi, mustaqil ishlarni bajaradi. Bunda o‘quvchilarni bilish faoliyatiga mexanik tarzda kiritiladi deb o‘ylash noto‘g‘ri. Bu yerda gap tabiiy mexanizmlarning o‘quvchini faol bo‘lishga go‘yo majbur qilayotganday ta’sir etishi haqida ketyapti. Zero, o‘quv mashg‘ulotida o‘sha mezonni amalga oshirish uchun rivojlanib boruvchi usulni qo‘llash zarur va bunda har bir o‘quvchi faoliyatini darsning barcha bosqichida rejali nazorat qilish lozim bo‘ladi.
2. O‘quvchining o‘z faoliyatiga va o‘zgalar faoliyatiga hissiy aloqadorligini ta’minlash. Bunda biz aqliy jarayonning rivojlanishi kechinmalarsiz (his qilish) amalga oshmasligidan kelib chiqamiz. Ayni kechinmalar o‘zgarishlarni va intellektdan keyingi rivojlantirishni kuchaytiradi. Amalda bolalarning hissiyotlari ularning ishlarini harakatlantiruvchi kuchga ega bo‘lishi ma’lum. Agar darsda o‘quvchi o‘z muvaffaqiyati yoki omadsizligi haqida tashvishlansa, bu holat motivlashtirish va fe'l-atvorlarini boshqarish markazini qo‘zg‘atishga yordam beradi (L.S.Vigotskiy). Agarda o‘qituvchi o‘quvchining o‘z faoliyatiga hissiy aloqadorligini ta’minlasa, shart-sharoit yaratsa, unda hissiy aloqadorlik bola intellektual rivojlanishining ichki harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib qoladi.
3. Darsda o‘quvchi bilish faoliyatini motivlashtirish. Rivojlanayotgan usul tuzilishiga "o‘zaro ijtimoiy ta’sir" degan tarkibiy qism kiradi. Ya’ni, har bir o‘quvchiga o‘z bilimini namoyish qilish, amaliy faoliyatga qodir bo‘lish va buning uchun bilim olish imkoniyatini berishdir. Boshqalar bilan o‘zaro ijtimoiy ta’sirni amalga oshirish darsda juft va guruh bo‘lib ishlashdir, eng murakkabi – o‘qituvchi hikoyasidir. Yangi materialni tushuntirayotgan o‘qituvchining nutqi fikrni jamlashni, diqqat qilishni talab etadi, negaki darsda faol aqliy jarayonlar ichki tuyg‘u orqali o‘tishi lozim. O‘quvchi uchun bu ancha qiyin masala. Shuning uchun darsda o‘qituvchi turlicha o‘zaro ta’sir shakllarini o‘quvchilar bilan yoki o‘qituvchilar bir-biri bilan munosabatlarini uyg‘unlashtirishi zarur.
4. Butun dars davomida o‘quvchilarning refleksiya va o‘z-o‘zini nazorat qilishini ta’miilash. Darsning har bir bosqichida o‘quvchi o‘z faoliyati natijalarini jamlab, baholaydi. Masalan, yangi materialni o‘rganishda har bir o‘quvchi o‘z diqqatini, xotirlab qolishini, xotirlashning mukammalligini, tushunishini o‘zicha baholaydi; darsni mustahkamlash va mustaqil ishlash paytida o‘quvchilar o‘zlarini o‘qituvchi qo‘ygan mezonlar bo‘yicha baholaydilar. Agar o‘quvchi bilimi talab darajasidan past bo‘lsa, dars davomida unga boshqa bolalarning yordami yoki uning o‘zi mustaqil ishlagan holda natijalarni yaxshilash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarning faoliyati jarayonida refleksiya va o‘z-o‘zini nazoratni ta’minlash ulardagi yomon bahodan qo‘rqish hissini pasaytiradi. Boshlang‘ich sinflarda, ayniqsa, 1-2-sinflarda "ikki", "uch" baholar qo‘yilmaydi.
5. Darsda mustaqil ish yoki ijodiy topshiriqning bo‘lishi. Vaziyatlarning o‘zgarishida ijodiy topshiriqlar berish metodini qo‘llash talab qilinadi. Mustaqil ish hap qanday dars turining majburiy elementi hisoblanadi. Zero, bizning "o‘zaro ta’sirning ijtimoiy texnologiyasi", "dars mobaynidagi faoliyat jarayonida o‘quvchilarning refleksiyasi va o‘z-o‘zini nazorat", "darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini motivlashtirish" tavsiyalarimiz ish natijalarini baholash uchun muhimdir. O‘quvchilar ishni bajarib, tabiiy holda darhol uning natijalarini muhokama qilishda qanday xatolar qilgani va ularning sababi haqida o‘ylaydilar. Shuningdek, natijalarga hissiy munosabat hech kimni loqayd qoldirmaydi. Kechiktirilgan umidlar natijalarning ta’sir darajasini pasaytiradi, ya’ni o‘quvchilarning bilim yoki o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun hissiy sohada o‘zaro ta’sir shunchalar kuchsiz bo‘lib, aqliy jarayonga o‘qituvchi istagandek qilmay qo‘yadi.
6. Dars maqsadiga erishish. Tajribadan ma’lumki, rivojlanayotgan usul asosiga qurilgan darslar bolaning ijobiy fe'l-atvorini qapop toptiradi, insoniy munosabatlar madaniyatini shakllantiradi.
Darsning asosiy maqsadi – bola intellektini, tafakkurini teranlashtirish rivojlanib boruvchi usul yordamida amalga oshiriladi.
Didaktik maqsad – bu darsda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va malakali ta’sir usullarini shakllantirishdir.
gi bilimlar, malaka va aqliy faoliyatning turlarini egallash bosqichlari, shuningdek mustahkamlash va mustaqil ishlash, darsni umumlashtirish va uy vazifasini tushuntirish singarilar yotadi.
|
| |