|
Oliy ta'limni raqamlashtirish-ustuvor vazifa
|
bet | 3/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 19,57 Kb. | | #246221 |
Bog'liq Ta\'lim tizimini raqamlashtirishOliy ta'limni raqamlashtirish-ustuvor vazifa
Raqamlashtirish ta’lim va boshqaruv uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish, o‘zaro hamkorlik va muloqot qilishni osonlashtirdi. Raqamlashtirishning afzalliklari samaradorlikni oshirish, talabalar faolligini oshirish, shaxsga qaratilgan ta’lim va yangi o‘qitish usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish universitetlarni, o‘quv dasturlarini, professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni va resurslarni boshqarishni osonlashtiradi.
Raqamlashtirishning asosiy afzalliklaridan biri bu talabalarning faolligini oshirish imkoniyatlaridir. Onlayn ta’lim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar kabi raqamli vositalardan foydalangan holda universitetlar o‘quvchilarni motivatsiya va yo‘lda ushlab turadigan interaktiv hamda qiziqarli ta’lim tajribalarini yaratishi mumkin. Shuningdek, raqamlashtirish universitetlarga o‘yin va virtual haqiqat kabi yangi o‘qitish usullaridan foydalanish imkonini beradi. Bu usullardan talabalarga murakkab tushunchalar va nazariyalarni tushunishni osonlashtiradigan interaktiv ta’lim tajribasini yaratish uchun foydalanish mumkin.
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish, ularda zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali ishga joylashish ko‘rsatkichlarini ko‘paytirish hamda turli vositalar orqali ma’lumotlarni yetkazish va tushuntirish usullarini qo‘llagan universitetlar nufuzi oshishi hamda ularda mazkur imkoniyatlar orqali qo‘shimcha foyda olishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi orqali boshqalarga nisabatan ustunlik shakllanadi.
Mazkur yo‘nalishda Toshkent davlat yuridik universitetida ham bir qator yutuqlarga erishilganlikni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, mamlakatimiz prezidentining 2020 yil 29 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanib, ular qatorida «Elektron universitet» (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’yektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish vazifasi ko‘rsatilgan. Shunga asosan, Toshkent davlat yuridik universitetida tizimli ishlar amalga oshirilib, bir qator elektron tizimlar ishlab chiqildi va joriy etildi. Jumladan, talabalar uchun har qanday masala yuzasidan elektron murojaat qilish imkoniyati yaratildi hamda yagona darcha tamoyili asosida faoliyat yurituvchi maxsus Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi joriy etildi, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy rahbarlarni tanlash elektron tizimi yaratildi, to‘lov-shartnomasini elektoron ravishda olish hamda to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni onlayn nazorat qilib borish mexanizmi ishga tushirildi.
O‘quv jarayoniga bog‘liq eng asosiy natija masofaviy ta’lim platformasi va elektron baholash tizimi joriy etildi. Universitet masofaviy ta’lim platformasi (http://distant.tsul.uz) dunyo bo‘yicha e’tirof etilgan “Moodle” (obektga yo‘naltirilgan dinamik ta’lim muhiti) tizimida bo‘lsa-da, ushbu tizim ancha takomillashtirildi. Jumladan, ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun videochat (Big Blue Button) va “Zoom” dasturiy vositasi, nazorat ishlarini topshirish hamda ularni antiplagiat tizimidan o‘tkazish mexanizmlari integratsiya qilindi, ta’lim platformasiga 21 mingdan ortiq elektron kontentlar (videoma’ruza, audio, elektron abaiyotlar, kazus materiallar) joylashtirildi.
Shuningdek, baholash jarayoni ham to‘liq shaffof bo‘lib, bunda nazorat ishlari elektron tizim orqali topshirilishi va baholanishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tizimda nazorat yozma ishlari talaba tomonidan elektron shaklda topshiriladi, ya’ni tizimga yuklanib undan so‘ng avtomatik ravishda shifrlanadi va tegishli kafedraga tekshirish uchun elektron shaklda jo‘natiladi. Kafedralarda mazkur ishlar professor-o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanib tizimning o‘zida tekshiriladi, baholanadi hamda qo‘yilgan baho yuzasidan sharh yoziladi, ya’ni nima sababdan shunday baholangani hamda talaba qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani ko‘rsatiladi. Tekshirilgan ishning bahosi va ishga yozilgan taqriz talabaning shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.
Bundan tashqari unversitet elektron kutubxonasi ham tashkil etilib unda 10 mingdan ziyod manbalar joylashtirildi va mavjud adabiyotlarni to‘liq raqamlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Huquqshunoslar uchun mo‘ljallangan WestLaw, LexisNexis va JSTOR kabi xalqaro ma’lumotlar bazasiga ulanib, xalqaro manbalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Boshqaruv nuqtai nazaridan, raqamlashtirish universitetlarga o‘z resurslari va akademik dasturlarini boshqarishni osonlashtiradi. Masalan, raqamli vositalardan talabalarning o‘quv jarayonini boshqarish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar faoliyatini kuzatish va resurslarni samarali taqsimlash uchun foydalanish mumkin.
Shu o‘rinda, Toshkent davlat yuridik universitetidagi raqamlashtirish ishlari davom ettirilib, mustaqil universitet elektron boshqaruv tizimi (E-University), talabalarning avtomatik maxsus kameralar orqali davomat tizimi joriy etilishi ustida ish olib borilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda talabalar oldingilarga qaraganda nihoyatda farq qiladi. Endilikda ularning zamonaviy talablari va extiyojlari mavjud bo‘lib, zamonaviy oliy ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchilar ularga munosib bo‘lishlari lozim. Bugungi kunga kelib, zamonning asosiy talabiga ko‘ra ta’lim tashkilotlari, ayniqsa oliy ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini rivojlantirishda quyidagi kabi yangi texnologiyalarga tayanishi lozim: moslashuvchan o‘qitish, sun’iy intellekt, UX-dizayn, virtual yoki kibermakon, kengaytirilgan voqelik. Shu o‘rinda, oliy ta’lim tashkilotlari bosiqma-bosqich “Universitet 4.0”, ayrim hollarda “raqamli universitet” yoki “aqlli universitet” deya tavsiflanuvchi konsepsiyaga o‘tishi zarur.
Demak, zamonaviy raqamli universitet talabalarga va o‘qituvchilarga o‘qitish jarayonini va kommunikatsiyalarni tashkillashtirish, byurokratiyadan xoli avtomatlashtirilgan raqamli qayd va tahlil qilish, individual ta’lim trayektoriyalarini savodli tuzish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga yordam beradigan qulay imkoniyatlar va xizmatlar taqdim qilishi lozim.
Mohiyatan, zamonaviy universitetning barcha bog‘liq jarayonlari raqamli texnologiyalar asosida barpo qilinishi lozim. Bu abituriyentlar bilan ishlash, o‘quv jarayoni va ta’lim sifatining tahlilidan boshlab bitiruvchilarning ishga joylashishi monitoringi va ishda ko‘tarilish bilan tugaydigan katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarishga o‘tishni talab qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda tizimli va izchil ravishda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda, universitetlarimiz akademik va moliyaviy mustaqillikka erishdi, o‘zining maqsad va vazifalarini belgilab, zamon talablariga moslashish hamda bugungi kun va kelajak uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatiga egadir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning shu asnoda davom ettirilishi, ta’lim tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar ijrosi sifatli ta’minlanishi mamlakatimizda ta’limning yuqori cho‘qqilarga chiqishiga va eng asosiysi yoshlarimiz xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘la oladigan yuqori malakali kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. http://uza.uz/ru/politics/poslanie-prezidenta-respubliki-uzbekistan-shavkata-mirziyeev-25-01 -2020
2. Baxtiyorov I. O'. (2022). Mamlakatimiz rivojlanishida raqamli texnologiyalarni tutgan ahamiyati. Ta'lim fidoyilari, 21 (6), 119-126.
3. Пашкова А.Ф., Абдурасулова Н. А. (2022). Цифровизация образования: проблемы и перспективы. Вестник Мининского университета, 8-31, 75.
4. Умарова М. Х. (2020). К вопросу о цифровизации образования в Республике Узбекистан. Наука и образование сегодня, (12 (59)), 42-43.
5. Yuldoshev R.R. (2022). Digitalization of higher education: prospects and risks. Law and Practice, (1), 94-
|
| |