-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish




Download 45.6 Kb.
bet17/31
Sana28.02.2023
Hajmi45.6 Kb.
#43796
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
TA`LIM TO`G`RISIDAGI QONUN YANGI TAHRIRDA 2020.
gaz-bilan-ishlaydigan-avtomobillarning-ta-minlash-tizimi, innovation medic, Курс иши Абдураззоқов С , 7-8-9-10 amaliy mashg\'ulotlar, Kredit modul tizimiga ma\'lumotlar, 2-var, Raqamli texnologiylar va ularning rivojlanish tendensiyalari. Ra-kompy.info, Abdullayev Z pedagogik ish, tarmoq xavfsizligi 111, Mavzu Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechi, 6 Hududlar kesimida qishloq, ormon va baliqchilik xojaligi hajmi-Объем продукции (услуг) сельского, MM, Gidrometralogiya.pdf 9, t8csice3-pub-description
38-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida o‘qishga qabul qilish chog‘ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida imtiyozli kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.

Download 45.6 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Download 45.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish

Download 45.6 Kb.