Ta’lim to‘g‘risida




Download 11,07 Kb.
Sana30.11.2023
Hajmi11,07 Kb.
#108758
Bog'liq
Filologik ta\'li-WPS Office


Filologik ta'limda malaka talablari
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.Vazir A. TOShKULOV
Mazkur davlat standarti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek YUNESKO (UNESCO) tomonidan joriy qilingan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) va “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari”ga (TXSK-S 2013) muvofiq ishlab chiqilgan.
1. Umumiy qoidalar
1. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi):kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’limning mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;o‘quv yuklamasining hajmini;ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda mexanizmini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartlari o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
3. Davlat ta’lim standartlari oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunuv va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiydir.Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
malaka talablari — oliy ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar;
o‘qitishning me’yoriy muddati — ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat;
o‘quv fanlari bloki — o‘quv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida “majburiy fanlar” bloki va “tanlov fanlari” blokiga ajratiladi;
o‘quv reja — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat;
o‘quv yuklama — o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan akademik soatlar hajmi;
o‘quv fani — ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi;
o‘quv yili — oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2021/2022 o‘quv yili;
o‘quv semestri — oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. Ayrim hollarda o‘quv semestri o‘quv yilining uchdan bir qismini tashkil etishi mumkin;
o‘quv dasturi — ta’lim mazmunini belgilovchi o‘quv fanining asosiy mavzulari, mazmuni, o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;
malaka amaliyoti — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma hosil qilish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni;
Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim bilan uzviylik va uzluksizligi ta’minlangan holda, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki va tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki kiradi.Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi.Oliy ta’lim magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan holda oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki, tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat bloki kiradi.Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan tugallanadi.
Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalari
5.1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablarida bayon etiladi.“Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida bakalavriat 6-malaka darajasiga, magistratura 7-malaka darajasiga mansubdir.
Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari mutaxassislik bo‘yicha magistr akademik darajali shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati bilan samarali shug‘ullanishini ta’minlashi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi) tahsil olish imkonini berishi lozim.

5.2. Bakalavr va magistrlarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida kunduzgi, kechki (smenali), sirtqi (maxsus sirtqi) va zarur hollarda masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Ayrim (zarur) hollarda ta’lim jarayoni reyting (baholash) tizimi asosida amalga oshirilishi mumkin.


8.1. Malaka talablarining asosiy maqsadi va vazifasi milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining bilim, uquv, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarni belgilash hisoblanadi.
8.2. Malaka talablari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha mazkur davlat standarti, “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi korxona,tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Malaka talablari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:zarvaraqda (titul varag‘i) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining nomi, o‘rta qismida ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik nomi ko‘rsatiladi;zarvaraq sirtida malaka talablari kim tomonidan ishlab chiqilgani va kiritilganligi, tasdiqlangani va joriy etilgani hamda hujjat maqomi ko‘rsatiladi.Mundarijada malaka talablarining asosiy boblari ko‘rsatiladi.Ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligining umumiy tavsifi bobida malaka talabining qo‘llanish sohasi, asosiy foydalanuvchilari, kasbiy faoliyatlarining tavsifi, bakalavr yoki magistr kasbiy faoliyatining sohalari, obyektlari, turlari hamda kasbiy vazifalari keltiriladi;Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrning yoki mutaxassisligi bo‘yicha magistrning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar bobida bakalavriat yoki magistratura bitiruvchisi ega bo‘lishi zarur bo‘lgan umumiy kompetensiyalar hamda kasbiy kompetensiyalar aniq ko‘rsatiladi.Bibliografik ma’lumotlar belgilangan tartibda keltiriladi.
Kelishuv varag‘ida malaka talabini ishlab chiqqan tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori imzosi hamda uni kelishuv jarayonidan o‘tkazgan oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar rahbarlarining imzolari qo‘yiladi.
Malaka talablari:
A-4 formatli standart varaqlarining “kitob ko‘rinishida ikki tarafiga “Times New Roman” shriftining maqbul o‘lchamida bostirib chiqariladi;malaka talablari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda tayyorlanadi hamda Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan o‘tkaziladi, shuningdek ushbu kengash ijobiy xulosasi olingach O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
tasdiqlangan malaka talablari belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ularning birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida etalon sifatida, ikkinchi nusxasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasida saqlanadi hamda undan nusxalar ko‘chirilib talabnomalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga tarqatiladi.
Download 11,07 Kb.




Download 11,07 Kb.