Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
19-to’plam 1-qism iyun 2023
102
MILLIY IQTISODIYOTDA INTEGRATSIYANI O’ZIGA XOS AHAMIYATI
Sodikov Zokir Rustamovich,
i.f.n., O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti.
Annotatsiya:
bu maqolada milliy iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash va uni
mustahkamlash jarayonida iqtisodiy integratsiyaning ta’sirlari tahlil qilingan. Shu bois
uning o’ziga xos jihatlari ko’rsatilib, xulosalar qilingan.
Tayanch iboralar:
makroiqtisodiy
mutanosiblik,
barqarorlik, tarkibiy,
institutsional, yalpi ichki mahsulot, yuqori o‘sish sur’atlari, moliyaviy, monetar siyosat,
valyuta, bozor mexanizmi, milliy valyuta, bank tizimi, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy
investitsiya, kredit, jahon bozori, integratsiya, milliy iqtisodiyot.
Makroiqtisodiy mutanosiblik va barqarorlikni ta’minlash, tarkibiy va institutsional
o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlariga
erishish, ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan moliyaviy instrumentlardan foydalangan
holda monetar siyosatni muntazam
takomillashtirib borish, valyuta munosabatlarini
tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish, milliy valyuta qadri
barqarorligini mustahkamlash, bank tizimi islohotlarini chuqurlashtirish va barqarorligini
oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni izchil rivojlantirish, xalqaro
va xorijiy moliyaviy
muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, o’zlashtirilayotgan xorijiy investitsiya va
kreditlardan
samarali foydalanish, jahon bozoriga chuqur integratsiyalashuvni
rivojlantirish milliy iqtisodiyot uchun doimo ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu bois milliy
iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlashda sanoat, xizmat ko‘rsatish
sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ulushini oshirish, mahalliy ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, ishlab
chiqarish va boshqa infratuzilma loyihalarini faol amalga oshirishga qaratilgan
investitsiya siyosatini rag’batlantirish, yuqori texnologiyaga
asoslangan qayta ishlash