Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti




Download 2,8 Mb.
bet2/4
Sana05.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#130419
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola 2

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. O’zbekiston Respublikasi Prezidenning “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 01.03.2013yil PQ-4512-sonli farmoni va“Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to’g’risida”gi 01.03.2013yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida“Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi institute tashkil qilindi. “O’zbekenergo” DAK ushbu institutning ta'sischilaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Farmondan ko’zda tutilgan maqsad to’plangan tajribani e’tiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada o’tkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olib, yurtimiz sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qo’llash, shuningdek, mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar,mutaxsislarning o’qitish samarodorligini oshirish shuyerda ishlab chiqarishni tashkil qilish choralarini ko’rishga qaratilgan. Eng muhimi, unda soha qonunchiligini takomillashtirib, “Muqobil energiya manbalari to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish lozimligi belgilangan.
Bundan tashqari, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbai yo’nalishida milliy reja, maxsus dastur ishlab chiqish, mazkur soha uchun oily va o’rta-maxsus o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash bo’yicha tizim yaratish kabilar
dolzarb vazifalarning amaliyoti muhim ahamiyatga ega. Chunki uglevodorod xomashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida qaralmoqda.

Download 2,8 Mb.
1   2   3   4




Download 2,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti

Download 2,8 Mb.