Tadqiqot natijalari va muhokamasi




Download 2,8 Mb.
bet3/4
Sana05.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#130419
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola 2

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Ta'limning innovatsion texnalogiyalari asosida muqobil energiya manbalari mutaxassislarini tayyorlashda o'qitishda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yo’nalishida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish (bino va inshootlarni qurishdan tashqari) va seminarlar o’tkazish.
Bugungi kunda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlariga, muqobil energiya manbalari mutaxasislarini tayyorlashda balki madaniy, ijtimoiy-gumanitar bilimlar, shu jumladan, ta’lim sohasiga ham innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da“ o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” bir necha bor ta’kidlanib, uzluksiz ta’lim sifatini oshirish va takomillashtirishning bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi.
Demak Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim texnologiyalariga ko’ra pedagog-o’qituvchi kompetensiyasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

  • o’qituvchi ta’lim berish, tarbiyalay olish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qila olish va xolisona baholay olish mahoratiga ega bo’lishi kerak;

  • o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilishi kerak. Pedagog-o’qituvchi o’z oldiga qo’yilgan mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarishi,ta’lim-tarbiya jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi uchun quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:

  • zamonaviy ilmiy, madaniy va innovatsion texnologik taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi;

  • dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazardan anglashi;

  • kompyuterli ta’lim va o’qitishning boshqa texnik vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishi;

  • internet tarmog’I to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi va undagi axborotli texnologiya mazmunini teran tahlil qila bilishi shart va lozim.

So’nggi vaqtlarda ko’plab mamlakatlar shamol energiyasi qurilmalarini barpo etishni afzal ko’ryapti.Ularning aksariyati G’arbiy Yevropa ( Daniya, GFR, Buyuk Britaniya, Gollandiya ) da, AQSH, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Daniya energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish doirasida asrlar mobaynida to’plangan bilimlar va o’z an'anaviy tajribasi bilan butun dunyoga mashhur.Bu mamlakatda energiyaning 25 foizi shamoldan olinadi,barcha chiqindilarning 90 foizi qayta ishlatiladi yoki energiyaga aylantiriladi. Bu esa ta'limning innovasion texnalogiyalari asosida muqobil energiya manbalari (quyosh va shamol energetikasi) mutaxassislarini tayyorlashda o'qitishda energiya samaradorligini oshirishda bir qancha ishlar qilinayotganidan darak bo’ladi.
Xo’sh, bugun energiya manbalariga talab kuchayotgan bir paytda bizning mamlakatimizda mazkur tizimni rivojlantirishning istiqbollari qanday? Mutaxassislar tomonidan yurtimizda shamol energiyasining yalpi potentsiali 2,2 million tonna neft ekvivalentiga teng deb baholangan.
Shuningdek, 2013 yilda “Navoiy” EIIZda quvvati 50 MVt bo’lgan fotoelektr quyosh panellari ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxonaning 1-bosqichi tashkil etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha oshiriladi.
Shu munosabat bilan “O’zbekenergo” AJda yoqilg’i-energetika balansiga qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqiyosida foydalanish respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste’molini kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi, energiya resursi jihatidan qondirarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi.
Markazlashtirishdan asoslangan texnik-iqtisodiy chegaralarda chiqarilgan energiya ta’minotiga o’tish yo’li bilan turli qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan keng miqiyosda foydalanishga o’tish qishloq joylarida, ayniqsa, borish qiyin bo’lgan olis joylardagi ob’ektlarning energiya ta’minotini yahshilash borasidagi bir qancha muammolarni hal etilishiga olib keladi.

Download 2,8 Mb.
1   2   3   4




Download 2,8 Mb.