5 – мавзу Деворбоп материаллар ишлаб чиқаришдаги инновацион технологиялар




Download 3.75 Mb.
bet1/4
Sana04.04.2024
Hajmi3.75 Mb.
#187189
  1   2   3   4
Bog'liq
7 – маъруза Uch qatlamli to‘siq konstruksiyalar1

Mavzu: Uch qatlamli to‘siq konstruksiyalar.Uch qatlamli devorbop temirbeton panellar.


Qurilish ashyolarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va mineral resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasida atrof muhitning ifloslanishini oldini oladi, zararli chiqindilar kamayadi va ulardan samarali qurilish ashyolari olish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari xozirgi davrda xo‘jalik hayotining muhim vazifalaridan biri yoqilg‘i energiyasi resurslari sarfini tejamkorlik bilan olib borishdir, chunki, Respublikamiz yoqilg‘i energetik resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish ancha past.
Kammunal xo‘jalikda energiya bilan ta‘minlash orqada, hamma energiya resurlarining 20 % gacha talab qilinadi va Yevropa mamlakatlariga nisbatan bir turar joyga 2 – 3 marta energiya sarfi sarflanadi. Ko‘p qavatli turar joylarda issiqlik yo‘qolish: devorlar orqali – 36 %, eshik va deraza romlar – 24 %, 1 qavat poli – 1 % ga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun turar joy binalarida issiqlik yo‘qotishga qarshi quriladigan birinchi darajali chora devorlarni sovuq o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplashdir. Shunday zamonaviy teplotexnik va iqtisodiy talablarga javob beradigan yuqori samarali konstruksiyalardan biri, sendvich qurilish panellardir.
Sendvich panel (ingliz tilidan sandwich ko‘p qatlamli buterbrod) – qattiq materialli ikki list va o‘rtasida issiqlikni saqlovchi qatlamdan iborat uchqatlamli strukturaga ega qurilish materiali. Sendvich panellardan birinchi marta 1930 – yilda amerikalik injener Frank Lloyd Rayt ―Unsonian‖ loyihasini amalga oshirishda foydalangan.Materialning bir qator kamchiliklari bo‘lgan, lekin birinchi navbatda kashfiyotning vazifasi panellar birikmasini eksplutatsiya qilingandagi qulayligi va yengilligi edi.
1950 yillarda ―Dow Chemical‖ kompaniyasi direktorining ukasi Olden B.Dou uchqatlamli panellarni takomillashtiradi.Olingan qurilish materiali noyob sifati bilan ajralib turadi, shuning uchun qurilish olamida tez ommalashdi. 1959 yilda ―Koppers‖ kompanyasi o‘zining avtomobil ishlab chiqarish sexini qayta ixtisoslashtirib, birinchi bo‘lib yangi qurilish materiali bo‘lgan sendvich panellarini ishlab chiqarishni joriy qildi. Bu bilan amerikalik muhandislar to‘xtab qolmadi.1960 yilda ―Alside kompanyasi muhandislari ishlab chiqarish muddatini qisqartirib,tayyorlanish tezligini oshirib, bu turdagi panellar ishlab chiqarishni jarayonini yangi darajaga olib chiqishdi.
Bu vaqtda kelib sendvich panellar butun jahonga ma‘lum bo‘lib ulgurgan edi.MDH davlatlari ichida bu turdagi qurilish materiali ishlab chiqarilishi ilk marotaba 1974 yilda Rossiyadagi ―Самарский ЭлектроShит zavodida yo‘lga qo‘yilgan. Kamaz hamda Atommash zavodlari shu materialdan foydlanib qurilgan. Bu turdagi qurilish materiallarining ishlab chiqarish texnologiyasi Rossiyada 1974 yilda payda bo‘lgan bo‘lsada 90-yillardan keyin keng tarqalgan.

Download 3.75 Mb.
  1   2   3   4




Download 3.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5 – мавзу Деворбоп материаллар ишлаб чиқаришдаги инновацион технологиялар

Download 3.75 Mb.