International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor
Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023|
330
Publishing centre of Finland
MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7922439
Iriskulov Temur Xayrulla o’g’li
Toshkent Moiya Instituti
Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi
Maqolamizda moliya bozorini tartibga solishning ahamiyati, uning iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi o‘rni va moliya bozorini tartibga solish bo‘yicha jahon tajribasi tahlil
qilingan. Shuningdek, moliya bozorida axborot ochiqligi va ma’lumotlar shaffofligini
ta’minlash, firibgarliklaming oldini olish, investitsion jozibadorlikni oshirish orqali xalqaro
talablarga mos keladigan milliy moliya bozorimizni yaratish uchun xulosa va takliflar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar.
moliya bozori, moliya bozorini tartibga solish, moliyaviy regulyatorlar, xalqaro moliya
bozorini tartibga soluvchi institutlar, qimmatli qog‘ozlar bozori.
KIRISH
Mamlakatimizda
moliya
bozorini
rivojlantirish
bugungi
kunda
iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni
rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion
jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida
ham ushbu masalaga alohida to„xtalib o„tilgan bo„lib, unda kapitalni jalb qilish
hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag„larini
joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga
qaratilgan O„zbekiston Respublikasi moliya bozorini o„rta muddatli va uzoq
muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo‟yilgan
[1]. Moliya bozorlarini tartibga solish axborot assimetriyasining oldini oladi, moliya
bozorlaridagi firibgarliklarni kamaytiradi, boshqaruvning buzilishidan himoya
qiladi hamda moliya bozorlarida investorlarga ishonch bilan ishlashga imkon
beradi. Ishtirokchilar har doim ham ushbu muammolarni mustaqil ravishda
harakat qilish orqali hal qila olmaydilar, aksincha, hukumat moliya bozorlarining
xavfsizligini ta'minlashi va ularning ishlashini tartibga solib turishi kerak.
Moliya bozorlarini tartibga soluvchi tashkilotlarning ishtirokchilarga tegishli
barcha ma'lumotlarni to„liq ochishini ta'minlash oshkoralikka olib keladi. Tartibga
|