|
International Journal of Education, Social Science & HumanitiesBog'liq Iriskulov Temur Xayrulla o’g’li (1)International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor
Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023|
331
Publishing centre of Finland
solinmagan bozorda sarmoyadorlar ishonchli ma'lumotga ega bo„lmaydilar, chunki
kompaniyalar ba‟zi ma'lumotlarni oshkor qilmaydi. Investorlar to„liq ma'lumotga
muhtoj, chunki noaniq va ishonchli bo„lmagan ma‟lumotlar asosida biznesni olib
borish va investitsiya kiritish xavfli hisoblanadi. Tartibga solish moliya bozorlarini
faoliyatini yaxshilash, ma‟lumotlar shaffofligini ta'minlash, investorlarni jalb qilish
imkonini beradi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda moliya bozorlarini tartibga
solishni xalqaro darajada o„rganish, mamlakatimizda moliya bozori faoliyatini
rivojlantirish mavzuning dolzarbligini ochib beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Moliya bozorlarini tartibga solish barcha mamlakatlar uchun dolzarblik kasb
etadi, chunki hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya bozorining katta
o„rni bor. Bugungi kunda bir qator xalqaro standartlashtirish organlari mavjud
bo„lib, ularning bir guruhi moliyaviy tartibga solishning quyidagi uchta asosiy
yo„nalishga bo„linadi:
>
Bank faoliyatini tartibga solishda Bank nazorati bo„yicha Bazel qo„mitasi;
>
Qimmatli qog„ozlar hamda derivativlarni tartibga solish bo„yicha
Qimmatli qog„ozlar bo„yicha komissiyalarning xalqaro tashkiloti (IOSCO);
>
Sug„urtani tartibga solish bo„yicha Sug„urta nazoratchilarining xalqaro
assotsiatsiyasi (IAIS) [9].
Ushbu xalqaro tashkilotlar moliya bozorlarini tartibga solishda xalqaro
darajadagi standartlarni joriy etish, banklar faoliyatini nazorat qilish, qimmatli
qog„ozlar va derivativlar bozorlarini tartibga solish, moliya bozorlari ishtirokchilari
faoliyatlarini yaxshilash va tartibga solish bilan shug„ullanmoqda.
Bundan tashqari, Amerika Qo„shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa 18
mamlakatdan tashkil topgan G-20 xalqaro moliyaviy inqirozdan keyin tartibga
soluvchi islohotlarni xalqaro darajada muvofiqlashtirishga rahbarlik qildi. Amaliy
kelishuvlarni tuzish va tartibga solish islohotlarini amalga oshirish uchun G-20
ushbu mamlakatlarning moliya vazirlari va moliyaviy tartibga soluvchi
tashkilotlari, 4ta rasmiy xalqaro moliyaviy institutlar va standartlashtirish bo„yicha
oltita xalqaro tashkilotdan (shu jumladan yuqorida sanab o„tilganlardan) iborat
bo„lgan Moliyaviy Barqarorlik Kengashini (FSB) tuzgan. Ushbu moliyaviy
institutlar birgalikda xalqaro darajada moliyaviy munosabatlarni standartlashtirish,
shuningdek, moliya bozorlarini tartibga solishni amalga oshiradi.
Moliyaviy mutaxassis J.Boyan moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishda
moliyaviy mutaxassislar qaysi xalqaro tartibga soluvchi tashkilotlarni e‟tirof etishi
bo„yicha so„rovnoma o„tkazdi (1-jadval). So„rovnoma asosida tuzilgan ro„yxat keng
qamrovli bo„lganligini ta‟kidlash joiz.
|
| |