|
Mexanika sexini rejalashtirishda hisoblarni bajarish
|
bet | 1/3 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 205,06 Kb. | | #153039 |
Bog'liq 7-mаvzu. Mexanika sexini rejalashtirishda hisoblarni bajarish. R-fayllar.org
MEXANIKA SEXINI REJALASHTIRISHDA HISOBLARNI BAJARISH.
Reja :
.Kirish
1. Ishlab chiqarish taktini aniqlash.
Asosiy qism
2. Jihozlar soni va yuklanish koeffitsiyentini aniqlash.
3. Uzluksiz ishlaydigan liniyadagi dastgohlar soni.
4. Oqim bo'yicha yig'ish liniyasida ish o'rinlarini hisoblash.
5. An’anaviy ishlab chiqarishda asosiy texnologik jihozlar va ish o'rinlari hisobi. Ishchilar tarkibi va sonini aniqlash.
Xulosa.
6..Foydalanilgan adabiyotlar.
Ishlab chiqarish taktini aniqlash
Detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyi- halashda (oqimli, oqim bo'yicha-ommaviy, oqim bo'yicha-seriyali ishlab chiqarish uchun) oqim liniyasi uchun detallarni tayyorlash takti, ya’ni liniyada detallarni tayyorlash vaqti aniqlanishi kerak.
Oqimli-ommaviy ishlab chiqarishda detallarni ishlab chiqarish takti tich ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
60- F,, ■ m ^ ■ tminl (6-1) bu yerda, Fdhl - bir dastgohning 1 smenada yil davomida ish- lashinmg haqiqiy vaqt fondi, soatda (kelgusida to'liq ko'rib chiqiladi);
m - ish smenalari soni; D - ushbu liniyada yil davomida ishlov beriladigan bir xil turdagi detallar soni.
Oqim bo'yicha - seriyali ishlab chiqarishda dastgohlarning yetarli yuklanishini ta’minlash maqsadida bir necha xil o'lchamli va shakli turli xil bo'lgan detallarga ishlov beriladi. Bunda dastgohning bir xil turdagi detalga ishlov beiishdan boshqasiga qayta sozlash uncha murakkab emas yoki umuman talab etilmaydi. Bu holda bunday detallar guruhiga almashuvchi partiya bilan ishlov beriladi. Ishni bunday tamoyil bo'yicha tashkil qilish uchun quy- idagilarni bajarish kerak:
Konstruktiv va texnologik belgilari bo'yicha va detallarni guruhlarga ajratish.
Bir turdagi detallar guruhi uchun o'ziga xos texnologik jarayon ishlab chiqish.
Alohida jarayon uchun o'ziga xos texnologik moslama ishlab chiqish, u holda bunday liniya uchun ishlab chiqarish takti quyidagicha aniqlanadi:
t,ch = ——_ ,)hv——K- fminl' (6-2) bu yerda, D,/D2/ . . ./Dp - ushbu liniyada yil davomida ishlov beriladigan turli detallar soni; ks U liniyani bir turdagi detalga ishlov berilganidan so‘ng ik- kinchi turdagi detalga ishlov berish uchun qayta sozlashga sar- flangan vaqtni hisobga oluvchi koeffitsiyent (taxminan ks =0,95).
|
| |