|
Jihozlar soni va yuklanish koeffitsiyentini aniqlash
|
bet | 2/3 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 205,06 Kb. | | #153039 |
Bog'liq 7-mаvzu. Mexanika sexini rejalashtirishda hisoblarni bajarish. R-fayllar.orgJihozlar soni va yuklanish koeffitsiyentini aniqlash
Ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun kerak bo'ladigan dastgohlar turi va sonini aniqlash sexlarni hisoblashda asosiy ma- sala bo'lib, noto'g'ri tanlangan detal turi yoki soni yetishmasli- giga olib keladi. Agar dastgohlar soni ortiqcha bo'lsa, ulardan to'liq foydalanilmaydi, sotib olishga, o'rnatishga, ishga tu- shirishga ortiqcha mablag' sarflanadi. Agar dastgohlar soni kam tanlangan bo'lsa, u holda kunlik rejani bajarishning imkoni bo'lmaydi.
Sex uchun kerakli dastgohlar sonini quyidagi ikki xil usulda aniqlanadi:
Texnologik jarayon ma’lumotlari bo'yicha.
Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha.
Texnologik jarayon ma’lumotlari bo'yicha dastgohlar sonini aniqlash usulda texnologik jarayon bo'yicha ishlov berish kerak bo'lgan detallarning aniq nomentklaturasi texnologik jarayon ma’lumotlari va vaqt me’yorlari asosida olib boriladi. Bu usul seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sexlarini loyihalashda qo'llaniladi.
Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha dastgohlar sonini aniqlash usuli katta loyihalarni bajarishda, ya’ni ishlov beriladigan mahsulot nomenklaturasi aniq belgilanmaganda qo'llaniladi.
Yuqoridagi lkki usuldan birinchisi aniq hisoblanadi. Bunda yil davomida ishlab chiqarilishi zarur bo'lgan mahsulotga ishlov berish uchun kerak bo'lgan dastgohlar soni har bir jarayonni bajarish uchun zarui vaqt me’yori asosida hisoblanadi.
Seriyali ishlab chiqarish uchun dastgohlar sonini yillik ishlov beriladigan detallarning har bir dastgoh uchun ishlov berish vaqti bo'yicha aniqlanadi. Bunda dastgohlarning kerakli soni quyida- gicha aniqlanadi:
С = T , (6.3) Fd.k . m bu yerda, TiA detallarning yillik soniga ushbu dastgohda ishlov berishning umumiy vaqt me’yori, soat; bir smenali ish rejimida har bir dastgohning haqiqiy yillik ishlash vaqt fondi; m - sutka davomida dastgohning ishlash smenalari soni.
Seriyali ishlab chiqarish uchun (6.3) formuladagi me’yor- langan vaqt yig'indisi bitta detalga ushbu dastgohda ishlov berishning donabay-kalkulatsiyali vaqtining ushbu detallarning yillik soni ko'paytmasiga teng bo'ladi, ya’ni:
Tzk О tdJl . Л , [soatj (6.4) 60 bu yerda, tdk - dastgohda ushbu detalga ishlov berishdagi donabay- kalkulatsyali vaqt:D U ushbu dastgohda yil davomida ishlov beriladigan bir xil nomdagi detallar soni. (6.4) formulaga asosan dastgohlarning kerakli sonini aniqlash uchun dastgohlarning yillik haqiqiy ishlash vaqt fondini aniqlash kerak bo'ladi.
Har bir dastgohning yil davomida haqiqiy ishlash vaqt fondi dastgohning haqiqiy ish bilan band bo'lgan vaqtidir:
Fdxv = F к (6.5) bu yerda, Fdxv - dastgohning bir smenali ish rejimida yillik haqiqiy ishlash vaqt fondi, soat; F U bir smenali ish rejimidagi dastgohning nominal yillik ishlash vaqt fondi, soat; к U dastgohning ta’mirlanishida bo'lgan vaqtini hisobga ol- gan holda nominal ishlash vaqt fondidan foydalanish koeffitsiyenti.
Agar dastgoh bir nechta smenada yil davomida ishlasa, u holda m hisobga olinadi.
Dastgohning 1 smenadagi yillik nominal ishlash vaqt fondi:
((>.()) (t).‘l) loimulal.iidagi F- bif yildagi ish kunlari soni;N siiKMiadagi ish soatlari soni.
< ).'>) tormuladagi Fdxv qiymatlarini qo'yib, ushbu tuidaqi dastgohlarning zarur (hisobiy) sonini aniqlaymiz: bir lipdagi detallarga ishlov berish uchun: 7>д I, D
bu yerda, detallarning yillik soniga ushbu dastgohda ishlov
bonsh umumiy vaqt me’yori, soat; Fdxv- dastgohning bir smenali ish rejimida yillik haqiqiy ishlash vaqt fondi, soat; m-sutka davomida dastgohning ishlash smenalari soni; ^-dastgohda ushbu detalga ishlov berishdagi donabay- kalkulatsyali vaqt; D - ushbu dastgohda yil davomida ishlov beriladigan bir xil nomdagi detallar soni; F - bir smenali ish rejimidagi dastgohning nominal yillik ishlash vaqt fondi, soat; к - dastgohning ta’mirlanishida bo'lgan vaqtini hisobga olgan holda nominal ishlash vaqt fondidan foydalanish koeffit- sienti, turli tipdagi detallarga ishlov berishda esa quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
r< — _ Xlk D FdxK m 60 F m к < (6-11) bu yerda, T2t - detallarning yillik soniga ushbu dastgohda ishlov berish umumiy vaqt me’yori, soat; Fdxv- dastgohning bir smenali ish rejimida yillik haqiqiy ishlash vaqt fondi, soat; tk - dastgohda ushbu turli xildagi detallarga ishlov berish- dagi donabay-kalkulatsiyali vagt yig'indisi; D- ushbu dastgohda yil davomida ishlov beriladigan bir xil nomdagi detallar soni; F-bir smenali ish rejimidagi dastgohning nominal yillik ishlash vaqt fondi, soat; k- dastgohning ta’mirlanishida bo'lgan vaqtini hisobga olgan holda nominal ishlash vaqt fondidan foydalanish koeffitsiyenti; m- sutka davomida dastgohning ishlash smenalari soni. 41 soatli ish haftasi uchun yillik ishlash vaqt fondi yildagi kalendar kunlari (365) asosida undan bayram kunlarini (8 kun), xaftadagi 2 dam olish kunini ayirib, bayram oldi ish kuni 1 soatga qisqarganini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ikki smenali ish rejimida smena davomiyligi 8 soat, yildagi dam olish kunlari U 97, ish kuni 260 kundan iborat bo'ladi. Bunda ishchilarning yillik ish vaqti fondi - 2070 soat bo'ladi. Dastgohning 1 smenali ishlashida - 2070 soat, ikki smenada U 4140 soat, uch smenali ish rejimida - 6210 soat.
Dastgohning yuklanish koeffitsiyentini (1ju,) dastgohning qay darajada ish bilan bandligini ko'rsatadi:
Fjxh-m-Skah ;shu yerda, TSK- ushbu dastgohda detallarning bir yillik soniga ishlov berish uchun me’yorlangan vaqt yig'indisi; Fdxv- dastgohning yillik vaqt fondi, soatda; m - ish smenalari soni; Skab - qabul qilingan dastgohlar soni.
Agar (6.12) formulani (6.3) formulaga qo'ysak, u holda: С x b m'Skllb 'S k„h
formulani olamiz, ya’ni dastgohlarning yuklanish koeffitsiyenti ularning hisobiy soni bilan qabul qilingan sonlarining nisbatiga long bo'ladi. Asrny.ili ishlab Iluudan tashqan. 1>ак ha qabul (|ilm(j11 K| In i ia< 11: 4 Ll,l I s каЬ
bu yerda, LS-sex bo'yicha barcha turdagi hisobiy dastgohlar soni; ZSk„b-sex bo'yicha barcha turdagi qabul qilingan dastgohlar soni. Ommaviy oqim bo'yicha ishlab chiqarish sharoiti uchun dastgohlar soni quyidagicha aniqlanadi: bu yerda, tg - donabay vaqt, min.; t,ch - oqim liniyasidagi ishlab chiqarish takti, min. Ishlab chiqarish takti quyidagicha aniqlanadi: _
b&Fdxh m 'i.ch D . (6.16) yoki Fd.x.v qiymatini (6.5) asosida qabul qilib, (6.16) formulani quyidagi ko'rinishga keltiramiz: f — 60 Fd X b *i.ch D . (6.17)
Ishlab chiqarish takti qiymatini (6.15) formulaga go'yib, dastgohlarning oqim liniyasi uchun kerakli sonini quyidagicha aniqlaymiz:
l) tj> D ^ о ~ 60 Fd m ~ 60 F mk < (6.18)
Agar dastgoh soni kasrli ko’rinishda chiqsa, u holda o'sish tartibida butun songa yaxlitlaymiz va bu dastgohning qabul qilingan soni (Sqab) deyiladi.
Oqimli liniya uchun dastgohlarning umumiy soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
I Skab= X So . (6 19) i bu yerdafS„ - oqim bo'yicha liniyada bitta operatsiyani bajarish uchun qabul qilingan dastgohlar soni; /-jarayonlar soni. Oqim bo'yicha liniya uchun dastgohning yuklanish koeffitsi- yenti quyidagicha aniqlanadi:
. Ca rjoyu-^~, (6.20) yoki (6.15) ga asosan U holda o'rtacha yuklanish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: £ С о С каЬ ui.yu~ X Sn S lu,h ' (6.22) bu yerda, Skab - liniyadagi barcha jarayonlarni bajarish uchun kerakli dastgohlar (hisobiy) soni; Skab- liniyadagi ushbu jarayonlarni bajarish uchun qabul qilingan dastgohlar soni. Uzluksiz ishlovchi liniyadagi dastgohlar sonini aniqlash Ishlab chiqarishning oqim bo'yicha usuli, asosan, ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlar uchun o'ziga xosdir. Ishlov berish uchun jiho/.lai yoki уiy‘ish uchun ish joylari texnologik j.iidyon ketmd-ketliui bo'yicha joyldshliriladi. Operatsiyalar vaqti dctdlni ishldb chiqaiish taktiga moslashtiriladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda bir predmetli to'xtovsiz ishlovchi oqim bo'yicha liniya xaiakterlidir. Seriyali ishlab chiqarishda o'zgaruvchan-oqimh yoki ko'p predmetli guruhli oqimli liniyalar qo'llaniladi. O'zgaruvchan-oqimli va ko'p predmetli guruhli oqimli liniyalarning farqi, ularning birinchisi boshqa detalni tayyorlashga o'tganda, qayta sozlanadi va ishlab chiqarish takti har xil detal uchun har xil bo'ladi, ikkinchisi esa liniyada bir vaqtni o'zida yoki ketma - ket har xil detallar tayyorlanadi yoki yig'iladi va qayta sozlanmaydi, ya'ni ishlab chiqarish takti bir xil qoladi yoki o'zgaradi.
Oqim bo'yicha liniya mexanizatsiyalashgan yoki avtomat- lashgan bo'lishi mumkin.
Avtomatlashgan liniyada avtomatik jihozlarda ishlov berish yoki yig'ish mexanizatsiyalashgan bo'ladi, ya’ni uning tarkibiga avtomatlashgan pozitsiya va ishchi o'rni kiradi.
Uzluksiz - oqim bo'yicha liniyadagi dastgohlar soni har bir operatsiya uchun aniqlanadi (avtomatlashgan liniyada har bir o'rin uchun). Bunda dastgohlaming hisobiy soni quyidagicha aniqlanadi: bu yerda, td - donabay vaqt (dastgoh hajmi) min, u quyidagilarn- ing yig'indisidaniborat bo'ladi: ^ii Г| ^ ^ wrd ^mch ^ ^mash ^ man ' bu yerda, ta -asosiy vaqt;
t operatsiyani bajarishdagi yordamchi vaqt (o'rnatish, mahkamlash, keskichni yaqinlashtirish, uzoqlashtirish, detalni yechish uchun sarflangan vaqt); tmeh - ish joyiga texnik xizmat qilish vaqti (bitta detal uchun) (keskichni aylantirish, sozlash, moslash va boshqalar); ^таФ — 'sh joyiga tashkiliy xizmat qilish vaqti (dastgohning ishga tayyorlash, tozalash, moylash, kesuvchi asbobni olish va boshqa); tman~ belgilangan reglament bo'yicha dam olish vaqti; tlch- liniyadagi detal yoki buyumni ishlab chiqarish takti, min.
Amalda texnik me’yorlash quyidagi formula bilan ham aniqlanadi:
+ (6.24) bu yerda, Ot U operativ vaqtga nisbatan yo'qotilgan vaqt foizi; t
a - donabay vaqtnmg qolgan tashkil etuvchi vaqtlarni fo- izlarda ifodalaydi.
a kattaligi dastgohlarni sozlash murakkabhgiga qarab
opemtiv vaq tiling 6-10 % atrofida, avtomatlashgan liniyalar uchun 18 % gacha bo'ladi.
Cx ni olingan giymati eng yagin katta songacha yaxlitla- nadi, ya’ni, bunda berilgan operatsiya uchun hisobiy dastgohlar soni Sx aniqlanadi.
Dastgohlardan foydalanishda yuklanish koeffitsiyentining ruxsat etilgan qiymatlari
Dastgohlar guruhi
|
Dastgohning yuklanish koeffitsiyenti,
|
Dastgohdan foydalanish koeffitsiyenti, K,
|
Maksimal
|
Guruh bo'yicha o'rtacha
|
Universal dastgoh
|
0,95-1,0
|
0,8
|
0,9
|
Bir shpindelli yarim avtomat va avtomatlar
|
0,95-1,0
|
0,85
|
0,83
|
Ko'p shpindelli
|
0,90
|
0,90
|
0,8
|
Miixsus va agroyat dastgohlar
|
0,90
|
0,9
|
0,8
|
Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi
|
0,95-1,0
|
0,9
|
0,75
|
SDB dastgohlar
|
0,95
|
0,9
|
0,89
|
Shundan keyin berilgan operatsiya uchun dastgohlaming yuklanish koeffitsiyenti aniqlanadi, u dastgohning haqiqiy ishlash vaqtini samarali ishlash vaqt fondiga nisbati bilan aniqlanadi:
= h /(/,<* Cx) yoki Km = C\!CX , (6.25) >bu yerda, tti- donabay vaqt (dastgoh hajmi) min., t, ch - ishlab chiqarish takti; Cx - dastgohlaming yaxlitlangan hisobiy soni; CY - dastgohlaming hisobiy soni.
Oqim bo'yicha liniyalarni ishlatish shuni ko'rsatmoqdaki, liniya unumdorligiga zagotovkani turli sabablarga ko'ra o'z vaqtida yetib kelmasligidan yondosh dastgohlarning to'xtab qol- ishi sabab boiar ekan. Ushbu yo'qotishlar yuklanish koeffitsi- yenti katta bo'lgan operatsiyalar uchun sezilarli bo'ladi, chunki dastgohlar sonini aniqlashning keltirilgan usuli bunday yo'qo- tishlarni hisobga olmaydi.
Dastgohdan foydalanish koeffitsiyenti К, ni qo'llab yo'qo- tilgan vaqtni hisobga olishimiz mumkin, ushbu koeffitsiyent mahsulotni ishlab chiqarish dasturini ta’minlash uchun zarur bo'lgan dastgohlarning hisobiy birlik giymatini dastgohlarni qabul qilingan qiymatiga nisbatini o'zida namoyon qiladi.
Shuning uchun ushbu operatsiya uchun qabul qilingan dastgohlar soni quyidagi formula orqali aniqlanadi: с -£l kab jj. . bu yerda,Sx- dastgohlarning yaxlitlangan hisobiy soni;
Kf-dastgohdan foydalanish koeffitsiyenti. dastgohdan foydalanish koeffitsiyenti K, ning qiymatlari keltirilgan. Bunda shu narsaga e’tibor berish kerakki, tavsiya etilgan qiymatdan hisobiy yuklanish koeffitsiyenti kichik bo'lsa, hisobiy dastgohlar soni olinadi va dastgohdan foydalanish koeffitsiyenti bir deb qabul qilinadi. Dastgohning yuklanish koeffitsiyenti Kyu birdan katta bo'lmaydi. Agar dastgohlar soni butun sondan 0,05-0,1 ortiq bo'lsa, ko'rsatilgan operatsiyadagi kesish rejimini, operatsiyaning strukturasini, ishlatilayotgan asbobsozlik materialini va moslamalarni o'zgartirib, ishlov berish unum- doriligini oshirish kerak bo'ladi.
misol. Oqim bo'yicha liniyada tishli g ildirakka ishlov berishda tokarlik ishlov berish va tish frezalash operatsiyalari uchun dastgohlar soni aniqlansin. Liniya takti tich = 2 min; tdonlok
1,75 min; tdon ,, = 9,8 min. Ishlov berish bir shpindelli yarim avtomatlarda amalga oshiriladi.
Yechimi: Tokarlik opertsiya uchun dastgohlar soni:
STX ,ok= 1,75/2 = 0,85, o'z navbatida, dastgohlarning hisobiy soni Sx = 1, dastgohning yuklanish koeffitsiyenti Kyu tok = 0,85, ya'ni 6.2-jadvaldagi mak- simal ruxsat etilgan qiymatdan katta emas. Shuning uchun s = 1
*- kab. tok J ■
Tish frezalash uchun dastgohlar soni:
S’x ,r = 9,8/2 = 4,9, o'z navbatida, tish frezalash dastgohlari soni ST t, = 5, dastgohlarning yuklanish koeffitsiyenti Kyu = 0,98, ya’ni maksimal yuklanish koeffitsiyentidan katta. Bunday holatda qabul qilingan dastgohlar soni:
Sk„b ir = f, /Kf = 5/0,85 = 6 ta dastgoh.
Uzlukli va guruhli oqim bo'yicha liniyalar uchun dastgohlar soni har bir operatsiya uchun donabay-kalkulatsiya vaqt va har bir liniyaga biriktirilgan detaining ishlab chiqarish dasturi bo'yicha aniqlanadi:
-ЛГ,
с; = , (6.26) Ф0 • 60
bu yerda,tdk , va N, - mos ravishda dastgohda i chi detalni tayyorlash uchun operatsiyaning donabay-kalkulatsyali vaqti va ishlab chiqarish dasturi;
Fa - dastgohning yillik samarali ishlash vaqt fondi;
n - davriy ishlovchi oqim bo'yicha liniya uchun detallar tur- lari soni.
Agar tayyorlash - tugatish vaqti noma’lum bo'lsa, dastgohlar soni donabay vaqt td orqali topiladi:
n
t*. - N, С ’ = - (6-27) Ф о 60 • e
bu yerda,Kk%- qayta sozlash koeffitsiyenti, odatda, Kks= 0,95; guruhli oqim bo'yicha liniya uchun Kks= 1.
Oqim bo'yicha ishlov berishni loyihalashning sifati ma’lum bir miqdorda oqim bo'yicha liniyadagi dastgohlarning yuklanish va ulardan foydalanish koeffitsiyentlarining o'rtacha qiymatlari orqali belgilanadi, uning qiymatlari 0,75 dan kichik bo'lishi kerak.
Oqim bo'yicha yig'ish liniyasida ish o'rnilarini hisoblash
Oqim bo'yicha yig'ish liniyasida ish o'rnilarini har bir yig'ish operatsiyasi uchun uning mazmuni, donabay vaqt td va ishlab chiqarish taktiga t,ch asosan quyidagi formula yordamida hisob- lanadi:
K* =,Jh' *'И' <6'28>bu yerda, M . -yig'ish joyidagi ishchilarning hisobiy soni;
/- ushbu ish o'rnidagi ishchilar soni. Yig'ishdagi ish joylari M .-kasrli son bo'lsa, u A/iM,.-eng
yaqin katta butun songa yaxlitlanadi. Bitta ish o'rnida yig'uvchilar soni ko'paysa ish o'rinlari soni va oqim bo'yicha liniya uzunligi kamayadi. Konveyerda yig'ishni bajarish uchun konveyerning tezligini va turini aniglash kerak. Konveyerning hisobiy tezligi quyidagicha aniglanadi:
J9X = i I tlch , (6.29) bu yerda,ia konveyer qadami, u ikkita yig'ilayotgan mah- sulotlarningo'qlari orasidagi masofaga teng, mm: bu yerda, ^,a yig'ilayotgan mashsulotning siljish yo’nalishi bo'yicha gabarit uzunligi, mm; 2 a yig'ilayotgan mahsulotlar orasidagi masofa, mm. Bu masofa yig'ishni qulayligini ta’minlashi kerak.
To'xtovsiz harakatlanuvchi konveyerlarda tezlik katta gaba- ritli buyumlar uchun (avtomobil, traktor) 0,5-5,5 m/min va o'rtacha o'lchamli qismlar, apparatlar, priborlar uchun 0,3-1,5 m/min bo'ladi.
Agar hisobiy tezlik ko'rsatilgan tezliklardan katta bo'lsa, ishni ikki yoki undan ortiq parallel konveyerlarda yig'ish taktiga mos ravishda tashkil qilish kerak.
Agar hisobiy tezlik ko'rsatilgan tezliklardan kichik bo'lsa, yig'ishni davriy harakatlanuvchi konveyerda bajarish kerak. Yig'ishdagi ish o'rnini bir tekis yuklanishini ta’minlash uchun yig'uvchi operatsiyaning miqdori tanlangan yig'ish taktiga mos kelishi bilan, ya’ni yuklanish koeffitsiyenti orqali aniqlanadi:
bu yerda, М"Ущ - yig'ish joyidagi ishchilarning hisobiy soni;
Mvig - qabul qinngan ishchilarning hisobiy soni.
Davriy harakatlanuvchi konveyerda bajariladigan operatsiya- lar uchun ish o'rnilari soni, konveyerdagi yig'ilayotgan buyumni siljishiga ketgan qo'shimcha ts vaqtni hisobga olib aniqlanadi, chunki siljish ish o'rnidagi hamma operatsiyalar bajarilgandan keyin amalga oshadi,
My. = (6.31) W mahsulotning siljish vaqti siljish tezligi Vs ga bog'liq: Vjtc = Vc ■ f. Uzun konveyerlarda og'ir mahsulotlar yig'ishda siljish tezligi 5 m/min, mayda mahsulotlar va qismlar uchun 1520 m/min gacha bo’ladi. Konveyerda umumiy ish o'rinlari soni quyidagi formula yor- damida aniqlanadi: A/.Мгег- rezerv postlar soni, ular mahsulotni modernizatsiya qilish jarayonida kerak bo'ladi va u >tashkil qiladi. Uncha katta bo‘lmagan yig'ma birliklari uchun oqim bo'yicha liniya qoilanilmaydi. Bu holda yig'ish uchun kerakli ish o'rnilari quyidagi formula bilan yordamida aniglanadi: bu yerdaTyij-a mahsulotni yig'ishning ish hajmi, min;
N-ishlab chiqarishni yillik dasturi; Ф/{; a ish o'mining bir yildagi samarali vaqt foidi, soat; I a bitta ish o'rnidagi ishchilar soni. An’anaviy ishlab chiqarishda asosiy texnologik jihozlar va ish o‘rinIari hisobi An’anaviy ishlab chiqarishda detallar partiyalab ishlab chi- qiladi, mahsulot yoki yig'ma birlikni yig'ish seriyalab bajariladi.
Sex yoki boiimni loyihalash seriyali ishlab chiqarishda dastgohlar soni har bir boimi uchun detaining soni asosida dastgoh- larning turi va o'lchamiga qarab aniqlanadi. Dastgohlar sonining hisobiy qiymati quyidagicha aniqlanadi.
An’anaviy yig'ishda ish o'rnilarini hisoblash yig'ish ishlarining ish hajmi va yig'ma birlik hamda buyumni yig'iluvchi qis- mining texnologik xususiyatiga qarab hisoblanadi.
Buning uchun yig'ish texnologik jarayonining tuzilishi tahlil qilinadi, zarur moslama, mexanizatsiyalashgan asbob va jihozlar tanlanadi. Ushbu tahlilga asoslanib yig'ish stendlarining turi va qo'shimcha ish o'rnilari aniqlanadi. Qo'shimcha ish o'rnilari presslash, jilvirlash, me’yorllash va boshqa ishlar uchun jihozlar bilan ta’minlangan bo'lishi kerak. Yig'ish o'rinlari (stendlari) soni har bir tur uchun shu stendda bajariladigan yillik ish hajmi, ish о'mining ishlash vaqt fondi Fio. va ish zichligi Z bilan aniqlanadi:
M" = - yig p 7 1 1 r i. и ^
Ishning zichligi (Z) deganda bitta ish o'rnida ishlaydigan ish- chilarning o'rtacha soni tushuniladi. Z ning qiymati yig'ilayotgan mahsulotning gabarit o'lchamlari, bajarilayotgan yig'ish ishining tavsifi va boshqa omillarga bog'liq. Bu omillar buyumning turli tomonida ishchilarning bir vaqtning o'zida ishlash imkoniyatini aniqlaydi.
Yig'ish joylari (stendlari)da bajarilgan yig'ish ishlarinmg bir yillik ish hajmi quyidagicha aniqlanadi. Bunday hisoblar yig'ish sexining barcha boiimlari uchun bajariladi. Agar yig'ish sexining tarkibiga bo'yash bo'limi ham kirsa, u holda mos ravishda ish o'rinlarining zarur miqdori aniqlanadi. Bu o'rinlar buyumning yuza qismini bo'yashga tayor- lash, bo'yash va quritish uchun moslanadi.
Yig'ish ishlarini bajarish uchun zarur jihozlar (presslar, metall kesish dastgohlari) soni yillik ish hajmi (dastgohlar hajmi) dan kelib chiqib, mexanika sexidagi dastgohlarning sonini aniqlash kabi aniqlanadi.
Ishchilar tarkibi va sonini aniqlash
Sex ish faoliyatida ishtirok etuvchi umumiy ishchilar soni quyidagilardan iborat:
asosiy ishchilar, asos^n dastgohlarda ishlovchilar;
yordamchi ishchilar; kichik xizmat ko'rsatuvchi xodimlar; xizmatchilar; muhandis-texnik xodimlar (MTX) va hisob- idora xodimlari (HIX). Yakka tartibli va seriyali ishlab chiqarishlar uchun asosiy ishchilar soni ish turi va malakasi bo'yicha (razryad) quyidagi ikki usulda aniqlanadi: yil davomida ishlab chiqariladigan detallarni tayyorlash uchun kerakli umumiy vaqt me’yori bo'yicha; dastgohlaming berilgan soni bo'yicha. Umumiy vaqt me'yori bo'yicha texnologik kartada har bir jarayon uchun berilgan donabay-kalkulatsyali vaqt asosida dastgohda ishlovchi ishchilar soni quyidagicha aniqlanadi: T X/ • D R. = h"'-k = ■'-* - , (6.39) Jas' Flhv-C, 60- FlhvC, bu yerda, T^.k a yillik ishalb chiqariladigan detallarga ishlov berish uchun sarflanadigan umumiy me’yoriy donabay- kalkulatsyali vaqt, soat; Fixv- bir ishchining yil davomida haqiqiy ishlash vaqt fondi, soat; - bir ishchining bir vaqtning o'zida ishlaydigan dastgohlar soni; td. k - bir detalga ishlov berish donabay kalkulatsiya vaqti,
min; D - yil davomida ishlov beriladigan bir turdagi detallar soni. Dastgohlaming berilgan soni bo'yicha ishchilar soni quyidagicha aniqlanadi.
Ishchining yillik nominal vaqt fondi (FJ jihozlaming yillik nominal vaqti singdri aniqlanadi, ya’ni kalendardagi kunlardan dam olish va bayram kunlari ayiriladi. Bunda ham yil davomidagi
Ьаутат oldi qisqartirilgan kunlari hisobga olinadi. Demak, ish- chining yillik ishlash nominal vaqt fondi dastgohning yillik ishlash vaqt fondiga teng bo'ladi, ya’ni 41 haftalik ish rejimi uchun 2070 soatni tashkil etadi.
Ishchini yil davomidagi ta’til vaqti va ishga uzrli sabablarga ko‘ra kelmasligini hisobga oluvchi koeffitsiyent K, loyiha ish- larida tegishli me’yorlar asosida olinadi va u mexanika-yig'uv sexlari uchun 15 kunlik ta’til uchun K,= 0,9 (nominal yillik vaqt fondining 10 foizi), 18 kunlik ta’til uchun К,— 0,89 (nominal yillik vaqt fondining 11 foizi), 24 kunlik ta’til uchun K= 0,87 (nominal vaqt fondining 13 foizi) teng bo'ladi. K, ni hisobga olgan holda ishchining yillik haqiqiy ishlash vaqt fondi, tegishli ravishda I860, 1840 va 1800 soatga teng bo'ladi, ya’ni:
F,hv = F,Kt
Mexanika sexi uchun ishlab chiqarish ishchilari sonining dastgohchilar soniga nisbatan foiz hisobida qabul qilinadi, masalan, yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishlar uchun 3-5 %, yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar uchun 1-3 % gacha bo'ladi.
Sexdagi yordamchi ishlarni bajarish uchun yordamchi ishchilar tarkibi qabul qilinadi. Bularga dastgoh sozlovchilar, bri- gadirlar, asbob tarqatuvchilar, omborchilar, moylovchilar, charx- lovchilar, nazoratchilar, kran haydovchilari, elektr-omontyorlar va boshqa ishchilar kiradi.
Yuqoridagi har bir yordamchi ishchilar soni bajariladigan ish tavsifi va hajmi asosida olinadi. Masalan: dastgoh sozlovchilar, elektromontyorlar, asbob tarqatuvchilar xizmat ko'rsatuvchi dastgohlar soni asosida; kran haydovchisi sexdagi kranlar soniga asosan; nazoratchilar texnologik nazorat jarayoni asosida; charx- lovchilar charxlash dastgohlari soniga asosan va h.k.
Yordamchi ishchilar sonini ko'pchilik hollarda hisobiy yo'l bilan aniqlanmaydi, balki asosiy ishlab chiqarish ishchilari soniga nisbatan foiz hisobida olinadi. Yordamchi ishchilarni 2 guruhga bo'lish mumkin:
Dastgoiilarga xizmat ko'rsatuvchi yordamchi ishchilar.
Dastgohlarga xizmat ko'rsatmaydigan yordamchi ishchilar.
Birinchi guruhdagilar soni yordamchi ishchilarning umumiy
soniga nisbatan 60 %, ikkinchisi esa 40 %ni tashkil qiladi.
Seriyali ishlab chiqarishda yordamchi ishchilar asosiy ish- chilarga nisbatan 18—25 %ni, ommaviy ishlab chiqarishda esa 35-50 %ni tashkil qiladi.
Kichik xizmat ko'rsatuvchi xodimlar: sex va maishiy xona- larning tozalovchilari, kurerlar, telefonchilar - ishchilar soniga nisbatan 2-3 %ni tashkil etadi.
Sex xizmatchilari ikki kategoriyaga bo'linadi: muhandis-tex- nik va hisob-idora xodimlari. Ularning umumiy soni umumiy ishchilar soniga nisbatan 15-18% ni tashkil qiladi, chunonchi 11-13 %ni muhandis-texnik xodimlar, qolgan qismi esa hisob- idora xodimlariga to'g'ri keladi. Demak, (6.40) ga asosan yordamchi ishchilar soni seriyali ishlab chiqarish uchun quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ryord = 100 bu yerda,Rdas, - asosiy ishchilar soni Ommaviy ishlab chiqarish uchun quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (fU21 100 bu yerda, Rdast- asosiy ishchilar soni.
Kichik xizmat ko'rsatuvchi xodimlar soni quyidagicha aniqlanadi: , __ (Rjasi + Ryord) ' (2 -3%) |сио1 100 bu yerda, Rdasl - asosiy ishchilar soni; Ryord -yordamchi ishchilar soni.
Xizmatchi xodimlar soni quyidagicha aniqlanadi:
D _ (Rdasi + Ryord) ‘ (1 5 - 1 8 %) : , (6.44 100 bu yerda, Rdast - asosiy ishchilar soni; Ryo[d - yordamchi ishchilar soni. Muhandis - texnik xodimlar soni quyidagicha aniqlanadi: k«,+tfw}(ll-13%) Яш(д - 100 1 (6-45) Hisob-idora xodimlari soni quyidagicha aniqlanadi: k,+v)(7-9%)
RXIX = 100 . (6.46)
|
| |