• METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASH” fanidan MUSTAQIL ISHI Topshirdi: SAMATOV B
  • Standartlashtirish usullari. Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash




    Download 235.64 Kb.
    bet1/3
    Sana01.06.2023
    Hajmi235.64 Kb.
    #68753
      1   2   3
    Bog'liq
    SAMATOVB MUSTAQIL TALIM
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI


    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    FARG’ONA FILIALI



    METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASH”
    fanidan
    MUSTAQIL ISHI

    Topshirdi: SAMATOV B


    Qabul qildi: KOMILOV A.O




    Farg’ona 2023
    MAVZU: STANDARTLASHTIRISH USULLARI O`RGANISH
    Reja:
    I.Kirish
    II.Asosiy Qism

    1. Standartlashtirish usullari.

    2. Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

    3. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash.

    III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    1. Standartlashtirish usullari
    Standartlashtirishning keng tarqalagan usullari sifatida birxillashtirishni, agregatlashtirishni va turlashni olishimiz mumkin (9.1 – rasm). Aynan shu usullar yordamida o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlash mumkin.


    1 – rasm. Standatlashtirish usullari.

    Birxillashtirish usuli. O‘zDST 1.0 – 92 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha izoh berilgan:


    Birxillashtirish – muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlash. Buni unifikatsiya deb ham yuritadilar. Bu so‘z lotincha uni – bir, unio – birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi.
    Birxillashtirish eng katta texnikaviy iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida yangi yaratilmalar hisobiga yoki oddiy qisqartirish (simplifikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
    Birxillashtirishni asosan 3 ta darajada o‘tkaziladi:
    – korxona darajasi;
    – tarmoq darajasida;
    – tarmoqlararo darajada.
    Keyingi paytlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlanmoqda.
    Birxillashtirish muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo‘nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So‘ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig‘iladi va bu chizmalar oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra tabaqalanadi. Shundan so‘ng, yo yangi konstruktsiya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo‘lganlari ichidan boshqalarining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgani tanlanadi.
    Birxillashtirish darajasi to‘rt o‘lchamlar miqyosidagi qo‘llanish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin:
    Kt=100(n – n0)/n
    Bu yerda: n – to‘rt o‘lchamli buyumlarning umumiy soni; n0 – tanlangan to‘rt o‘lchamlar soni.
    Turlash usuli. Standartlashtirishning turlash usuli – funksional vazifalari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgan turli ob‘yektlarni yaratishda asosiy (baza) sifatida qabul qilingan majmua uchun ob’yekt turlarini belgilashga qaratilgan usul hisoblanadi.
    Turlashni ba’zan «bazaviy konstruktsiyalash» deb ham ataladi. Chunki turlash jarayonida optimal xossalari bo‘yicha olingan majmuaga xos bo‘lgan ob’yekt tanlanadi, aniq bir ob’yekt – buyum yoki texnologik jarayon qabul qilinganda esa, tanlangan ob’yekt faqat qisman o‘zgarishi mumkin. Shunday qilib, turlash kam sonli ob’yektlarga ko‘p sonli funktsiyalarni tadbiq etish hisoblanib, bunda berilgan majmuadagi alohida tur ob’yektlarining saqlanishini ta’minlaydi.
    Turlashning samaradorligi yangi buyum ishlab chiqarilayotganda oldin tekshirilgan, sinashda bo‘lgan yechimlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni tayyorlashni tezlatish va tan narxini pasaytirish, alohida tur ob’yektlarini ishlatish sharoitlarini yengillatish va ularni modifikatsiyalash asosida amalga oshiriladi.
    Turlash standartlashtirishning samarali usullari qatorida uchta asosiy yo‘nalishda rivojlanadi.
    – alohida tur texnologik jarayonlarni standartlashtirish;
    – umumiy ahamiyatdagi buyumlarni standartlashtirish;
    – muayyan bir ishlarni, amallarni, sinovlarni yoki hisoblarni bajarish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni yaratish.
    Ko‘pgina ishlab chiqarish tizimlarida, buyum konstruktsiyalarini tezda almashtirish lozim bo‘lgan hollarda, texnologik jarayonlarni alohida bir tur detallarini, bo‘laklarini tayyorlashda ishlatish imkonini beradigan bo‘lishini mo‘ljallab yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Agregatlashtirish usuli. Agregatlashtirish – geometrik va funktsional o‘zaro almashinuvchanlik asosidagi turli buyumlarni yaratishda ko‘p marta ishlatuvchi, alohida, standart, birxillashgan bo‘laklardan iborat mashinalarni, asboblarni va jihozlarni yaratish va ishlatish usuli hisoblanadi.
    Agregatlashtirish mashina va jihozlarni ishlash sohalarini kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
    Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri – asosiy turlarini modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlarning nomenklaturasini ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat va bo‘laklarni ishlab chiqarish ob’yektlarining konstruktsiyalarini o‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o‘tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatini yaratadi.
    Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o‘lchash o‘zgartkichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv – o‘lchash asboblarini yaratishda keng qo‘llaniladi.

    2. Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari


    Buyumlarning, parametrlarning va o‘lchamlarning turli tumanligi parametrik standartlar bilan reglamentlanadi (cheklanadi).
    Parametrik standartlashtirishni qo‘llash natijasida buyumlarning tartibsiz ravishdagi va ko‘p sonli nomenklaturasining oldi olinadi. Bundan tashqari buyumlarni o‘zaro moslash, birxillashtirish uchun imkon yaratiladi, ehtiyot qismlar ta’minotidagi muammolar bartaraf etiladi.
    Parametrik standartlashtirishning mohiyati shundaki, bunda yalpi ishlab chiqariluvchi buyumlarning parametr va o‘lchamlari erkin va o‘z holicha emas, balki, maxsus tanlangan (muloqat) sonlar qatori ya’ni, boshqa sonlarga nisbatan ko‘proq muloqatda bo‘linadigan sonlar qatoriga muvofiq belgilanadi.
    Parametrik standartlashtirish keng tadbiq etilgan. Buni oyoq, bosh va boshqa kiyimlarining o‘lchamlarida, boltlarning, gaykalarning o‘lchamlarida va shu kabilarda ko‘rishimiz mumkin.
    Tanlangan sonlarga muayyan matematik qonunlar xos hisoblanadi. Masalan, eng oddiy muloqat sonlar qatori arifmetik progressiya asosida tanlanadi. Bunda qatordagi bir sonning oldingi va keyingi sonlarga nisbatan bo‘lgan farqi doimo o‘zgarmas bo‘ladi. Masalan:
    a) farqi 1 bo‘lgan ortib boruvchi; 1 – 2 – 3 – 4 – 5 – ….;
    b) farqi 2 bo‘lgan ortib boruvchi; 1 – 3 – 5 – 6 – 7 – …;
    v) farqi 0,1 bo‘lgan kamayib boruvchi: 1 – 0,9 – 0,8 – 0,7 – …
    Arifmetik progressiyaning ixtiyoriy hadini quyidagi ifodadan topishimiz mumkin:
    an=ai+d(n – 1),
    bunda, ai – progressiyaning birinchi hadi, d – progressifning farqi, n – tanlangan sonning (hadning) tartibi.
    Arifmetik progressiyaga asoslangan sonlar qatori parametrik standartlarda nisbatan kamroq qo‘llaniladi, lekin bunday standartlar bor. Masalan, ba’zi turdagi podshipniklar diametrlarining o‘lchamlari, poyafzallarning o‘lchamlari va shu kabilar.
    Arifmetik progressiyaga asoslangan parametrik standartlarning asosiy afzalligi uning sodda va oddiyligidadir. Kamchiligi esa, nisbatan notekisligidadir. Ya’ni, farqi 1 bo‘lgan ortib boruvchi arifmetik progressiyaning 2 soni 1 dan 100% ga ortiq, 10 – son 9 – dan 11 % ga ortiq, 100 – son esa 99 dan 1% ga ortiq. Natijada katta sonlar kichik sonlarga nisbatan ko‘proq uchraydi va talablarni to‘la qondirmaydi.
    Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun ko‘pincha arifmetik progressiyaga asoslangan kesma bo‘laklar ishlatiladi. Masalan shu asosda tanga pullarning qatori tuzilgan:
    1 – 2 – 3 – 5 – 10 – 15 – 20
    Qadim zamonlardan beri tanlangan sonlar qatorini tuzishda geometrik progressiyadan foydalanganlar. Geometrik progressiyada, agar yodingizda bo‘lsa, keyingi sonning oldingi songa bo‘lgan nisbati o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Masalan:
    a) bo‘luvchisi 1,1 bo‘lgan ortib boruvchi: 1 – 1,1 – 1,21 – 1,33…;
    b) bo‘luvchisi 0,1 bo‘lgan kamayib boruvchi: 1 – 0,1 – 0,01 – 0,001 – …;
    Geometrik progressiyaning istalgan hadini quyidagi ifodadan hisoblab topishimiz mumkin:
    an=a1qn – 1,
    Bu yerda: a1 –birinchi son (had), q – geometrik progressiyaning bo‘luvchisi.
    Geometrik progressiyaning birmuncha afzalliklari mavjud:

    1. Ixtiyoriy olingan ikki qo‘shni hadlarning nisbiy farqi o‘zgarmasdir, masalan 1 – 2 – 4 – 8 – 16 – 32 – 64.., bunda ixtiyoriy had o‘zining oldingisidan 100% ga katta.

    2. Geometrik progressiyaning ixtiyoriy hadlarining ko‘paytmasi yoki bo‘linmasi ham shu progressiyaning hadi hisoblanadi.

    Geometrik progressiya faqat chiziqli bog‘langan parametrlarnigina emas, balki kvadratik va kubik va boshqacha bog‘langan parametrlarni ham o‘zaro bog‘lash imkoniyatiga ega sanaladi.
    Tanlangan sonlar qatori quyidagi talablarga javob bera olishi kerak:

    1. Ishlab chiqarish va foydalanish talablariga javob beruvchi ratsional qatorlar tizimini tavsiya etishi lozim;

    2. Katta sonlar yo‘nalishida ham, kichik sonlar yo‘nalishida ham cheksiz bo‘lishi lozim;

    3. Birning va ixtiyoriy sonning o‘nga karrali qiymatlariga ega bo‘lishi lozim;

    4. Oddiy va oson eslab qolinadigan bo‘lishi kerak.


    1 – jadval



    Sоn



    Sоn



    Sоn



    Sоn



    Son

    0
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8

    1,00
    1,06
    1.12
    1,18
    1,25
    1,32
    1,40
    1,50
    1,60

    9
    10


    11
    12
    13
    14
    15
    16

    1.70
    1.80


    1,90
    2,00
    2.12
    2,24
    2,36
    2,50

    17
    18


    19
    20
    21
    22
    23
    24

    2,65
    2,80


    3,00
    3.15
    3,35
    3,55
    3,75
    4,00

    25
    26


    27
    28
    29
    30
    31
    32

    4,25
    4,50


    4,75
    5,00
    5,30
    5,60
    6,00
    6,30

    33
    34


    35
    36
    37
    38
    39
    40

    6,70
    7,10


    7,50
    8,00
    8,50
    9,00
    9,50
    10,00

    Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi barcha talablarga ko‘proq javob beradigan qator – har bir n – hadini o‘nga karrali ko‘paytirib boruvchi geometrik progressiya qatori ekan. Shartga ko‘ra


    an=10a
    U holda,
    aqn=10a
    bundan,
    q =
    GOST 8032 – 84 davlatlararo standartda to‘rtta asosiy va ikkita qo‘shimcha tanlangan qatorlar tavsiya etilgan bo‘lib, qo‘shimcha qatorlardan faqat alohida holatlarda, texnikaviy jihatdan asoslangan hollardagina foydalanish mumkin. 8.1. – jadvalda asosiy qatorlardan biri R40 ning 1 dan 10 gacha o‘nlik intervaldagi tanlangan sonlarning yaxlitlangan qiymatlari keltirilgan.

    3. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish


    va kodlash
    Mahsulotlarni xarid qilganimizda ularning upokovkasida (qutisida) yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni –m shtrix kodlarni ko‘ramiz. Shtrix – kodlar nimani bildiradi va qachon paydo bo‘lganligi haqidagi ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
    Shtrix – kodlarni mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30 – yillarda AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib undan amalda foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni 60 – yillardan boshlangan. Shtrix – kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining jadal rivojlanishi 70 – yillardan boshlab shtrix kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi – EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanishmoqda. Shtrix – kod ketma – ket almanishib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix – kodlar maxsus optik qurilmalar – skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
    Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida (upakovkasida) shtrix – kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85%dan ko‘pi yuklashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish – ketishini hisob qilib borish, mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi.
    2. – jadval
    Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi

    Davlat kodi

    Davlat nomi

    Davlat kodi

    Davlat nomi

    Davlat kodi

    Davlat nomi

    93

    Avstraliya

    539

    Irlandiya

    621

    Suriya

    90 – 91

    Avstriya

    569

    Islandiya

    00 – 13

    AQSH va Kanada

    779

    Argentina

    84

    Ispaniya

    869

    Turkiya

    476

    Azorboyjon

    80 – 83

    Italiya

    471

    Tayvan

    54



    Belgiya va Lyuksemburg

    529

    Kipr

    482

    Ukraina

    481

    Belorussiya

    850

    Kuba

    64

    Finlyandiya

    380

    Bolgariya

    477

    Litva

    30 – 37

    Fransiya

    789

    Braziliya

    750

    Meksika

    859

    Chexiya

    50



    Buyuk Britaniya

    622

    Misr

    780

    Chili

    599

    Vengriya

    87

    Niderlandiya

    73

    Shvetsiya

    759

    Venesuela

    94

    Yangi – Zelandiya

    76

    Shvetsariya

    40-44

    Germaniya

    70

    Norvegiya

    860

    Yugoslaviya

    489

    Gonkong

    590

    Polsha

    880

    Janubiy Koreya

    486

    Gruziya

    560

    Portugaliya

    600 – 601

    Janubiy Afrika

    520

    Gretsiya

    460 – 469

    Rossiya

    45 – 49

    Yaponiya

    57

    Daniya

    88

    Singapur

    478

    O‘zbekiston

    729

    Isroil

    383

    Sloveniya

    487

    Qozog‘iston

    Asosan EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 – razryadli va 8 – razryadli raqamli kodlar . Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo‘ladi (9.2 – va 9.3 – rasmlar).


    EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30 – 37. Italiya uchun 80 – 87 oraliqlari tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, Gretsiya – 520, Rossiya – 460, Braziliya – 789.
    Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, davlat kodidan keyin keladi.
    Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo‘lgan muayyan xususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin. Lekin buni ixtiyoriy bermaslik maqsadida shtrixli kodlarni belgilash markazlashtirilgan tarzda olib boriladi.
    Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.

    2 – rasm. Shtrix kod: EAN – 13 kodi.


    3– rasm. Shtrix kod: EAN – 8 kodi.

    EAN – 8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar (upakovkalar) uchun mo‘ljallangan.


    Ba‘zan, shtrix kodlar tarkibida tayyorlovchi korxona kodining o‘rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin.
    Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo‘ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To‘liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’yektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo‘lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko‘rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
    O‘zbekiston Respublikasida shtrix – kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda. 1999 yili O‘zstandart Agentligi qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix kodlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad – mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ‘ib etishdir. O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» nomli qonunning 4 – moddasida ko‘rsatilgan. Iste’molchining xarid qilinayogan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi.



    XULOSA
    Standartlashtirish usullari sanoat yoki tashkilot doirasida standartlarni ishlab chiqish va joriy etish jarayonini anglatadi. Standartlashtirishning ba'zi keng tarqalgan usullari qatoriga taqqoslash, sifat menejmenti tizimlari va sertifikatlashtirish dasturlari kiradi. Ushbu usullar mahsulot va xizmatlarda izchillik, ishonchlilik va xavfsizlikni ta'minlashga yordam berishini bilib oldim.


    LUG’AT

    • O‘lchash - maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan toppish

    • .Statik o'lchash - jismoniy miqdori o'lchash o'lchash vaqtida davom quvvatlash uchun muayyan o'lchov vazifa muvofiq qabul qilinadi

    • O'lchash qurilmalari - O'lchash signali va izolyatsiya tuzilishi va vazifasini ega bilan bog‘liq o'lchash qurilma (tizim yoki tizimlar) qismi.

    • .Shkala belgisi - Ko'lamli o'lchov asboblari haqida belgisi (etc dash, tish, nuqta, ..), jismoniy miqdor ma'lum bir qiymatiga mos keladigan.


    SWOT


    • Axborot tarkibi, uni olish muddatlariga qo‘yiladigan talablarni baholagan holda, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha muassasalarining metrologik faoliyat sohasiga oid axborotga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlarini rivojlanishda.

    •  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari metrologiya xizmatlari ishining ko‘rsatkichlarini monitoring qilish asosiy mexanizmi sifatida foydalanish kerekligini tushunish kerak.

    • Manfaatdor shaxslarni keyinchalik xabardor qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasida o‘lchash vositalarining miqdori va holatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan, davlat metrologiya xizmatining o‘zaro bog‘langan axborot resurslari kompleksini ifodalaydigan o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi yagona axborot tizimi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

    • O‘lchashlar birligini ta’minlash axborot fondining unda mavjud bo‘lgan axborotga ishlov berish va uni taqdim etish bo‘yicha axborot va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish.



    Download 235.64 Kb.
      1   2   3




    Download 235.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash

    Download 235.64 Kb.