• Guruh:053-22 Bajardi:Karimov O. Karimov :Jazilova M. Toshkent-2023
  • Annotatsiya
  • Guruh: 053-22 Bajardi: Karimov O. Karimov : Jazilova M. Toshkent-2023 Mavzu: Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari




    Download 44.5 Kb.
    Sana10.04.2024
    Hajmi44.5 Kb.
    #192882
    Bog'liq
    Karimov akademik yozuv topshiriq
    mus talim matni, 2000 Essential korean words, testlar mehnat muhofazasidan, A. qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogik, 116457, 1-mustaqil ish, ZDIFT 0903, Mustaqil ish mavzulari, Ттвьоьсб ккк, “Бир миллион дастурчи” лойиҳаси — амалда, Promt 98 dasturi, Algoritmlar, Qattiq diskka xizmat ko, ASOSIY ADABIYOTLAR RO`YXATI 23-24 (2), Dasturlash 1 Yakuniy savollar ehtimoliy Berilgan vazifalar kanali

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Akademik yozuv-2
    Mavzu:Ixtiyoriy maqolaga annotatsiya yozish.


    Guruh:053-22
    Bajardi:Karimov O.
    Karimov :Jazilova M.


    Toshkent-2023
    Mavzu: Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari.
    Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak.Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qaramaqarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning
    axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning
    mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham
    o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi.
    Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchilik kasbini er yuzidagi har
    qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. A.Navoiyning fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Muallim esa, bir guruh bolalarga ilmu - adab o‘rgatadi. Bu jarayonda muallim ko‘p aziyat chekadi, mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham, muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik sha’ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo‘lishi o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halololigi, pokligi, rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o‘zlashtirishi bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Otabobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar. O‘zlaridan yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o‘zviy bog‘liqdir. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq
    etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. SHaxs shakllanishida u yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir. Birinchidan aytganda. Ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur qoldiradi. O‘qituvchi bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganadi.

    Annotatsiya:
    Mazkur maqolada nizolar, ularning tasnifi, oliy gohlarda va tashkilotlarda yuzaga keladigan nizolarning ish samaradorligiga ta’siri, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda bu borada xorijiy olimlarning nazariyalari tadqiq etilgan.Har bir pedagogni o’z kasbiga talabchanligi keltirib o’tilgan va har bir zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi ham keltirib o’tilgan.
    Download 44.5 Kb.




    Download 44.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh: 053-22 Bajardi: Karimov O. Karimov : Jazilova M. Toshkent-2023 Mavzu: Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari

    Download 44.5 Kb.