3-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash




Download 151.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.02.2024
Hajmi151.6 Kb.
#163267
  1   2
Bog'liq
7-Tajriba ishi, Abdurashidova Kamola Turgunbaevna


3-Amaliy ish 
Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini 
aniqlash. 
Ishdan maqsad: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasining vaqt fondi va ishlab 
chiqarish quvvatini xisoblash. 
 
Nazariy qism 
Ishlab chiqarish bazasi – inshootlar, mashinalar va jixozlar majmui bo‘lib, 
yo‘l qurilishi uchun zarur bo‘lgan materiallarni qazib chiqarish, yarim maxsulotlar, 
buyum va detallarni tayyorlashni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalariga 
omborlar, rels bo‘yi bazalar, temir yo‘l va boshqa qatnov yo‘llari, dastlabki 
maxsulotni tayyorlash uchun qurilmalarlar kompleksi – asfaltbeton va sementbeton 
zavodlari, emulsiya bazalari, ishchilar yashashi va xizmat qilishi uchun binolar va 
xonalar (oshxona, garderob, yotoqxona va boshqalar) kiradi. Korxonalar quvvatiga, 
bir joyda ishlash muddatiga qarab doimiy (statsionar), yarim statsionar (buzib 
quriladigan) va ko‘chma turlarga bo‘linadi. Yo‘llarni tezkorlik usuli bilan qurishda 
ko‘chma korxonalarning alohida o‘rni bor. Bunday korxonalarning hamma yoki 
aksar agregatlari va mashinalari pnevmatik g‘ildiraklar ustiga o‘rnatiladi. 
Shuningdek, tez buzib quriladigan omborlar ham korxonani qurilayotgan yo‘lning 
bir uchastkasidan boshqasiga ko‘chirish va yo‘l qurilish oqimiga qo‘shilib ketish 
imkonini beradi. Mashinasozlikdagi texnologik jarayonlarning murakkabligiga va 
imkoniyatlariga qarab, korxonalar avtomatlashgan, robotlashgan, berilgan dastur 
bo‘yicha ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Korxonada ko‘plab mashinalar, jumladan 
avtomatlashgan mashinalarning bo‘lishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, 
sozlash ishlarini tegishlicha tashkil etishni taqozo etadi. Korxona ishining 
samaradorligiga maxsus yuk ortish-tushirish jihozlari bo‘lgan ombor xo‘jaligining 
ahamiyati bor. Moddiy-texnik bazani yanada rivojlantirishni avtomobil yo‘llari, 
binolar, ko‘priklar va boshqa inshootlarning ishonchliligini oshiradi, ayni vaqtda, 
qurilishning material sig‘imi va narxini, avtomobil yo‘lini ekspluatatsiyaga 
topshirish muddatini qisqartiradi. 
Korxonaning quvvatini aniqlash. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati qazib olib, qayta ishlash imkoni bo‘lgan 
maksimal material hajmi, berilgan sifatdagi yarim mahsulotlar, qorishmalar va 
buyumlar miqdori bilan o‘lchanadi. Ularni berilgan vaqt davomidagi ishlash 
sharoitlari, ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq foydalanish, oqilona ish rejimi, 
samarali texnologiya va tashkillash, ilg‘or tajribalarni qo‘llash, xavfsizlik texnikasi 
shartlarini bajarish shartlari asosida aniqlash lozim. Korxona yoki sexning ishlab 
chiqarish quvvatini aniqlashda uch xil vaqt fondi ishlatiladi: kalendar (maksimal), 
rejimli (nominal), rejaviy (hisobiy).
Kalendar vaqt fondi-hisobiy davrdagi (yil, chorak, oy) kalendar kunlar soni; 
rejimli vaqt fondi-muayyan kalendar davrida,korxonaning ish rejimidan kelib 
chiqqan holda,uskunaning ishlash mumkin bo‘lgan vaqti davomiyligi: 
T
r.f 
= T
k.f
– (T
dam
+ T
b
+ T
i
), (1.1) 


Bu yerda T
dam
T
b
T
i
-dam olish va bayram kunlari,iqlim sharoitlariga qarab 
ishlanmaydigan kunlari soni (ba’zi korxonalar uchun) 
Rejaviy (hisobiy) vaqt fondi: 
T
r.v 
= (T
r.f
– T
j.t
)(100 – T
q.t
)/100, (1.2) 
Bu erda T
r.v
- rejimli vaqt fondi; T
j.t
, T
q.t
- kapital va joriy(%) ta’mirlar 
davomiyligi. 
Quvvatni aniqlashda yordamchi sexlar imkoniyati quvvati ham hisobga 
olinadi. 
Korxonaning samaradorligini aniqlashda ishchi qurilmalarning quvvati va vaqt 
fondidan foydalaniladi. Korxonaning ish rejimi asosiy qurilmaning ish vaqti fondiga 
bog‘liq. Korxonaning vaqt fondi kalendar, nominal va hisobiy bo‘lishi mumkin.
Kalendar vaqt fondining yillik vaqt fondi: 
F
k
=24*365=8760 soat 
Nominal vaqt fondida ish smenasi va ish kunlari hisoblanadi. Yildagi nominal 
vaqt fondi: 
F
n
=(365-(T
d
+T
b
))*K
sm
*T
sm
-T
pr
Bu erda: 
T
d
-dam olish kunlari; 
T
b
-bayram kunlari; 
K
sm
-sutkadagi smenalar soni; 
T
sm
-smena davomiyligi; 
T
pr
-bayram oldi soatlar soni; (2 soat) 
 
Korxonaning ish unumdorligi 
Ishlab chiqarish korxonasining eng tejamli ishlash varianti texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar orqali tanlanadi. Bularga quyidagilar kiradi: bitta mahsulot birligining 
tannarxi(xom ashyo va yarim mahsulotlarni hisobga olmasdan); solishtirma kapital 
mablag‘lar va ular o‘zini qoplash muddati; mahsulot birligini tayyorlash ish hajmi. 
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar: elektr energiyasi, siqilgan havo, bug‘,suv va boshqa 
materiallarning yillik o‘rtacha solishtirma sarf ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish 
maydonining yuzasidan olinadigan yillik o‘rtacha mahsulot, texnologik uskunaning 
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan metall sig‘imi va h.k. Ba’zi hollarda bitta 
xizmatchi yoki asosiy ishlab chiqarish ishchisiga to‘g‘ri keladigan yillik mahsulot 
aniqlanadi. Kapital mablag‘ning solishtirma sarfi: 
K
s.s 
= F/Q
g
(1.3) 
Bu erda: F - asosiy sanoat ishlab chiqarish fondlarining narxi,
Q
g
- korxona, sex,uskunaning yillik ishlab chiqarish quvvati (loyihaviy). 
Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun mehnat talabi ishlab chiqarishning 
mexanizatsiyalanish avtomatlashtirish va tashkillanish darajasini ko‘rsatadi: 
T
pr 
=R
sm
i
sm
t
sm
/Q

, (1.4) 
Bu erda: R
sm
- bir ish smenasida ishlovchilar soni; 
i
sm 
- bir sutkadagi ish smenalari soni
t
sm
- ish smenasining davomiyligi, soat. 
Bitta ishlovchi yoki asosiy ishlab chiqarishdagi ishchiga to‘g‘ri keladigan yillik 
mahsulot. 


P

= Q

/R
y.s 
, (1.5) 
Bu erda: R
y.s
- ishlovchilar yoki asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilarning yillik 
o‘rtacha soni; 
Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun elektro-energiyaning yillie o‘rtacha 
sarfi: 
N
e.g 
= ∑ N

/ Q

, (1.6) 
Bu erda: ∑ N

- korxonaning elektro-energiyasi bo‘yicha yillik ehtiyoji, kVt-
soat. 
Boshqa energetik resurslar: siqilgan havo,bug‘ va h.k. larning sarfi 
yuqoridagilarga o‘xshash xolda aniqlanadi. 

Download 151.6 Kb.
  1   2




Download 151.6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash

Download 151.6 Kb.
Pdf ko'rish