|
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnaliBog'liq energetika-tizimi-va-atrof-muhit-ekologiyasi-muammolari“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№16
9
Atom energetikasi borasida ham Toshkent shahri yaqinidagi Ulug‘bek
shaharchasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo, O‘zbekistonda yaqin
kelajakda AES lardan foydalanish rejalashtirilmagan. O‘zbekistonda geotermal
(yerning ichki issiqligi) va shamol energiyasidan ham foydalanish imkoniyatlari
katta. Shamol yil bo‘yi ko‘p esadigan Yangiyer, Bekobod, Xovos tumanlarida shamol
energiyasidan foydalanish mumkin va zarur.
Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha elektr stansiyalarida 55 milliard
kilovatt energiya ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan energiya manbalari
qanchalik ko‘p bo‘lmasin, u qachonlardir tugashi mumkin. Dunyo miqyosidagi shartli
issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanish kishi boshiga bir yilda 2 tonnani tashkil
etadi.
Aholining ko‘payib borishi yillar o‘tishi bilan energiya inqirozini keltirib
chiqarishi mumkin. Shuning uchun yangi turdagi ekologik toza energiya manbalarini
topish kerak. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti Quyosh energiyasidan qayta
foydalanishga imkon beradi. Bunday energiya turlarini tugamaydigan va abadiy deb
hisoblash mumkin. Quyosh nuridan energiya olish uchun mo‘ljallangan stansiyalar
O‘zbekiston, Turkmaniston, Qrim, Qozog‘iston Respublikalarida yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan.
Mazkur soha olimlarining ma’lumotlariga qaraganda, Markaziy Osiyo hududida
Quyosh nurining 70+70 kilometr kvadrat maydondan olingan energiya quvvati, 600
million tonna heft energiyasi quvvati bilan barobar ekan.
Xuddi shunday kilometr kvadratdan Qoraqum cho‘lida 60 dan ziyod uskuna
qurish mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha chet mamlakatlarda ham
qator tadbirlar ishlab chiqilgan, jumladan Yaponiyada “Quyosh yog‘dusi” nomli
milliy dastur joriy qilingan. Uning maqsadi o‘zida manbai yo‘q bo‘lgan neft, gaz va
ko‘mirdan foydalanishni minimumga keltirib, o‘rniga Quyosh energiyasidan
foydalanishdir.
Yaponiyada yana vodoroddan energiya olish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Agar elektr energiyasidan suvni parchalash uchun foydalanib, hosil bo‘ladigan
vodorodni esa quvurlar orqali iste’molchiga yetkazib berilsa, energetik xarajatlarni
kamaytirish mumkin. Vodorod ekologik sof ideal yoqilg‘i va kimyoviy reagent
hisoblanadi. Vodorodning issiqlik hosil qilish xususiyati toshko‘mirnikidan 4 baravar
yuqori.Vodorod energatikasining muhim tomoni vodorod hosil qilishda yadro
reaktorlaridan foydalanish imkoniyatining borligidir. Quyosh elektrostansiyalari
yordamida barcha xildagi turar joy va jamoat binolarini elektr bilan ta’minlash
mumkin.
Bunday inshootlar chet el mamlakatlarida va Markaziy Osiyo shaharlarida
foydalanish uni katta afzallikka ega ekanligini amada isbotladi. Shaharlardagi yirik
jamoat binolari tomida agar geliouskunalar o‘rnatilsa, shu binolarga sarf bo‘layotgan
|
| |