• Umumiy zahiralash
  • Tamoyillari




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/59
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #239987
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
    Bog'liq
    Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov

    Zahiralashning stillari. 
    Resurslarni RSVP – zahiralash o‘qim uchun ikkita 
    turga bo‘linishi mumkin: individual va umumiy. 
    Individual zahiralash.
    Bu distinct reservations shunday ilovalarda 
    qo‘llaniladiki, ularda ma’lumotlarning bir nechta manbalari bir vaqtda axborotni 
    jo‘natishi mumkin. Video ilovalarda har bir jo‘natuvchi ma’lumotlarning 
    individualli oqimini generatsiyalaydi, u uchun kira olishni alohida boshqarishni 
    amalga oshirish va qabul qiluvchigacha butun yo‘l bo‘ylab navbatni rejalashtirishi 
    kerak. Demak, shunday oqimga, har bir jo‘natuvchi uchun va qo‘ldagi har bir kanal 
    uchun resurslarni alohida zahiralashtirishni amalga oshirishi kerak. 
    Eng oddiy holda resurslarni individualli zahiralash bitta manzilli trafik bilan 
    ilova masalasi kuzatiladi, bunda faqat bitta jo‘natuvchi va bitta qabul qiluvchi bor 
    xolos. 
    Umumiy zahiralash
    . Bu “Shared reservations” shunday ilovalarda 
    qo‘llaniladiki, ularda ma’lumot manbalarining bir nechtasi axborotni bir vaqtda 
    uzata olmaydi. Masalan raqamli audio ilovalar, yoki VoIP ilovalar. Har qanday 
    alohida olingan vaqt oralig‘idaga qarasak ko‘p bo‘lmagan odamlarni gaplashishini 
    ko’rish mumkin. Bynda axborotni kam sonli jo‘natuvchilargina uzatadi. Bunday 
    oqim har bir jo‘natuvchi uchun resurslarni alohida zahiralashga muhtoj emas, u 
    uchun bitta zahiralash kerak bo‘lib, u guruhdagi har bir qanday jo‘natuvchiga 
    kerak bo‘lganda qo‘llash mumkin. U guruhdagi ixtiyoriy junatuvchiga kerak 
    bo’lgandagina qo’llaniladi. 
    RSVP protokolining atamalarida bunday oqim umumiy oqim (shared flow) 


    145 
    deb ataladi; u umumiy aniqlangan yoki guruhli zahiralashlar yordamida o‘rnatiladi.
    Zahiralash usuli quyida ko‘rib chiqiladi. 
    -
    umumiy aniqlangan (Shared Explicit-SE) oqimlarni zahiralashda tarmoq 
    resurslari alohida ko‘rsatiladi. 
    -
    guruhli filtr (Wildcard Filter-WF) yordamida o‘tkazishi yo’laksi va 
    kechikishning harakteristikalari har qanday jo‘natuvchi uchun zahiralangan 
    bo‘lishi mumkin. Bunday filtr jo‘natuvchilarni alohida berilishiga imkon bermaydi. 
    U barcha jo‘natuvchilarni qabul qiladi, bunga manbaning manzilini va portdagi 
    nolni o‘rnatishni ko‘rsatib turadi. 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish