|
Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat
|
bet | 2/2 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 61,5 Kb. | | #158580 |
Bog'liq 3-kurs 7-MavzuTanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat:
tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;
axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir;
tanqidiy fikrlash savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni aniqlashdan boshladi;
tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi;
tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir.
Birinchidan, tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir.
Mashg‘ulot tanqidiy fikrlash tamoyillari bo‘yicha yaratilar ekan, har bir ishtirokchi boshqalarnikidan mustasno holda o‘zining g‘oyasi, baholashi va ishonchiga ega bo‘ladi. Hech kim biz uchun tanqidiy fikrlab bermaydi. Biz faqat o‘zimiz uchungina bunday fikrlay olamiz. Demak, fikrlash yakka tartibli xarakterga ega bo‘lgandagina, uni tanqidiy fikrlash deb atash mumkin. Talabalar o‘z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga ham o‘zlari javob topa olish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Qanday f ikrlash zarurligini har bir talaba o‘zi uchun o‘zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik tanqidiy fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
|
| |