Mitropolit Xrisanfning esdaliklari




Download 0,99 Mb.
bet99/113
Sana29.05.2024
Hajmi0,99 Mb.
#256811
TuriReferat
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Mitropolit Xrisanfning esdaliklari
Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yaqinida joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bo’lib xizmat qilgan. Haqiqiy ismi sharifi Kontaripi. 1724 yili muqaddas patriarx Samuel tarafidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga mitropolit etib tayinlangan. Podshoning tazyiqi oqibatida1784 yili Istanbulga ketib qoldi. Ko’a vaqt o’tmay, Xrisanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan tanishish maqsadida Shom-Suriyaga, u yerdan Xalab-Aleppoga bordi. O’sha yerda ingliz savdogarlari bilan tanishib qoladi va ular bilan birga Frot-Yevfrat daryosi bilan Fors qo’ltig’iga bordi va u yerda kemaga tushib, Maskat orqali Hindistonning Surat bandargohiga kelib tushdi. So’ng Hindiston, Kashmir, Kobul, Balx va Samarqand orqali Buxoroga bordi. Xrisanf O’rta Osiyoning bir qancha shaharlarida bo’ldi, bir yil Xivada turdi.
So’ng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o’sha yerda istiqomat qildi. Keng ma’lumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda ko’plarning diqqatini o’ziga tortdi. Ashtarxan yepiskopi uning haqida muqaddas sinodga axborot yuboradi. So’ng Xrisanf Moskvaga chaqirtiriladi. Muqaddas Sinod uni har taraflama tekshirib ko’rib va keng ma’lumotli odam ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz o’lkasiga, uni batafsil o’rganish uchun yubordi.
So’ng, 1796 yilning boshida, Ryazan, Tambov va Kavkaz o’lkalarining general gubernatori graf Gudvich podshoyi oliy hazratlarining amri bilan Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil huzuriga jo’natib yuboradi.
Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan sharqshunos V.V.Grigorevning fikricha, Rossiyaning yaqin orada Eronga bostirib kirish rejalari bilan bog’liq bo’lsa kerak. Rus harbiy ekspeditsiyasining rahbari Valeriyan Zubovga sayyohning Eron va O’rta Osiyo haqidagi keng bilimi kerak bo’lib qolgan. Oradan bir yil o’tgach,1797 yili Xrisanf muqaddas Sinodning farmoni bilan Yekatrinoslav yeparxiyasiga xizmatga jo’natildi. 1798 yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jo’nab ketdi. Uning keyingi hayoti va faoliyati haqida boshqa ma’lumotga ega emasmiz.
Mitropolit Xrisanfning O’rta Osiyoga qilgan sayohati kundaligi bir paytlar rus harbiy ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan shraf Valeriyan Zubov qo’lida bo’lgan. Kundalik, ba’zi shahar va viloyatlar o’rtisidagi masofa, aholisining umumiy soni haqidagi noaniqliklarni hisobga olmaganda, katta qimmatga ega. Unda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli, xalqining turmush sharoiti, e’tiqodi haqida, shuningdek, O’rta Osiyoda istiqomat qilib turgan ous va eronlik asirlarning ahvoli haqidagiqisqa, lekin o’ta muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Masalan, Buxoro xonligining yirik shaharlaridan Samarqand, Buxoro va Balx hamda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva haqida Xrisanf mana bularni yozadi:
Samarqand haqida: «Samarqand shu kunlarda deyarli bo’sh qolgan. Uni egallab olgan bahaybat mahluq samarqandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek obod qilish uchun qanchalik urinmasin, mehnati zoe ketdi. Eshitishimcha, uning tevarak atrofdaridagi tog’larda konlar bor, tabiati yoqimli...Tevarak atrofida ham o’zbeklar istiqomat qiladilar».
Buxoro haqida: «Buxoro – to’q shahar. Unda savdogarlar va boshqa (boy-badavlat) odamlar ko’p. U asosan kumush,oltin, marvarid va qimmatbaho toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va mashhad ustiga talon-taroj yurishlari uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jahd bilan jang qiladilar».
Balx haqida: «Balx viloyati haqida gapirmasam guonhi azim bo’ladi. Agar Buxoro hukmdorlari tez-tez hujum uyushtirib, uni talon-taroj qilmaganlarida u obod, qudratli va boy viloyat bo’lur edi. Nodirshoh vafot etgandan beri shu vaqtgacha afg’on podsholari qo’lida. Uning qal’asi chor tarafdan (suv yuilan to’ldirilgan xandaq bilan o’ralgan) tepalikda joylashgan. Balx ataluvchi katta qal’asi bor. Qal’a hozirgacha mustaqil. Ahmadshohdan boshqa hech kimga bo’ysunmaydi. Devorlari pishiq g’ishtdan...»
Buxoro xonligining mineral boyliklari haqida Xrisanf quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx o’rtasida baland bir tog’ bor. Unda qizil tusli marmar (parchalari)ga o’xshash tusdagi tuz konlari mavjud. O’sha viloyatda shunday tog’lar ham mavjudki, ularda har turli ma’dan konlari bor. Bu tog’larda o’zbeklarning qo’ng’irot qavmi istiqomat qiladi. Bu tog’lar shimolda Samarqandgacha, sharqda Badaxshongacha cho’zilgan.
Buxoroda istiqomat qilib turgan asarlar haqida mana bu ma’lumot keltirilgan: «Buxoroda ko’p rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yaqin asir bor. Ular xo’jayinlariga qarshi qo’zg’olon ko’tarish darajasiga yetishgan».
Xiva shahri haqida o’qiymiz: «Yerli aholi ikki toifadan: mahalliy kotliklar (Xrisanf ularni Kiditы deb ataydi) va boshqa yerlardan ko’chib kelgan qo’ng’irotlardan tashkil topgan. Ular Kotdan chiqqan vazir o’ldirilgandan beri o’zaro yovlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yaqin xonadondan iborat. Ular o’ta kek saqlovchi xalq. Kotliklarning tayyor qo’shini yo’q. (Zarur bo’lib qolganda) kelishib odam yollaydilar. Oyiga kimga o’n so’m, kimga bir so’m beradilar. Aytishlaricha, xivaliklarning harbiy kuchi 20 000 kishini tashkil qilar emish. Lekin bu gap to’g’ri emas, masalan, o’tgan yili, men o’sha yerda ekanligimda Avazbiy Inoqning46 topshirig’i bilan aholini hisob-kitob qilganlarida, mamlakatda hammasi bo’lib 3000 zrnadon borligi aniqlangan. Lekin hukmdorga yaxshi ko’rinish uchun (qo’shin sonini) 20 000 kishidan iborat deb aytadilar. Qo’ng’irotlilar jahldor xalq. Boshliqlari boy-badavlat kishilar,oddiy xalq esa qashshoq... Xivaliklarning ko’pchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdo-sotiq olib boradi. Kotliklar kelgindilar (qo’ng’irotliklar)dan qutilish uchun Rossiya bilan ittifoq tuzishni xohlaydilar, lekin (ruslarning urush ochmoqchi bo’lib turgani haqida) tarqalgan xabarning oqibatidan qo’rqar edilar. Mingqishloq turkmanlari ham shuni istar edilar, lekin qozoqlar xavfidan qo’rqardilar». Bunday dalil va ma’lumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida ko’p uchratish mumkin.
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya hukumati O’rta Osiyo xonliklari va Qozog’istonning siyosiy, iqtisodiy va xalqaro ahvolini, xususan o’sha mamlakatlarga olib boradigan yo’llarni o’rganishda keng ma’lumotli va zehn-idrokli harbiylardan ham ko’proq foydalana boshladi. Ular Rossiya hukumatiga bu haqda o’ta muhim ma’lumotlar to’plab berdilar. Ana shunday harbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular to’plagan ma’lumotlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.



Download 0,99 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Download 0,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mitropolit Xrisanfning esdaliklari

Download 0,99 Mb.