Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi




Download 292,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.01.2024
Hajmi292,25 Kb.
#136426
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
61b19738d25b24.81746527
5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, Қосимова М.С, Ходиев Б.Ю, Самадов А.Н, Мухитдинова У.С.Кичик бизнесни бошқариш, kompas, 9-mustaqil ish DESKIRET, 7Документ Microsoft Office Word, 11.сув ресурсидан фойдаланганлик, 8.жисмоний мол мулк солиғи, file, 3 s Ona , 2-Laboratoriya, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi, 5, Saf mashqlari, YULDOSHEV G‘OLIB SHAVKAT O‘G‘LI QAYD VARAQA, Murodova Marjona ma\'lumotnoma
2. Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. 
Androidlar va elektromexanik robotlar. Android deb sun’iy 
(mexanik) odamchalarga aytiladi. «Android» so’zi lotincha 
«andros» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, erkak, er ma’nolarini 
beradi. Inson yoki boshqa tirik mavjudotlarning tashqi ko’rinishi va 
funksional 
imkoniyatlari 
bo’yicha mexanik mavjudotlarni 
loyihalash va tayyorlash XVIII asrda boshlangan. Bu davr 
mexanikaning «oltin asr»i bo’lgan. Chunki o’sha davrda har xil 
kichkina (miniatyura) va mohirona yasalgan (murakkab) asboblar, 
musiqa qutichalari, mexanik odamchalar va ajoyib «tirik» 
mavjudotlar ixtiro qilingan. Bu mahsulotlarning ijodkorlari odatda 
soatsoz bo’lganlar.
XVIII-XIX asrlarga oid yigirmaga yaqin androidlar ma’lum. 
Eng mashhurlari fransuz mexanigi Jak de Vokanson va Shveysariya
ustalari - ota-bola Pyer va Anri Drolar tomonidan yaratilgan 
androidlardir. Pyer Droning «nusxa ko’chiruvchi» va Jak de 


Vokansonning «naychi» ijodlari juda yuksak mahorat bilan 
ishlangan. 
Jak de Vokansonning «naycha» si tashqi ko’rinishidan oddiy 
odam singari ko’rinishda bo’lib, nay (fleyta) ni ohista lablariga olib 
kelgan holda instrumentning har xil teshiklarini barmoqlari bilan 
tanlab bosib o’z repertuaridagi o’n ikki ohangdan birini chalar edi. 
Pyer Droning «nusxa ko’chiruvchi» si tashqi tomondan stolni 
oldida o’tiruvchi olti yoshli qizchaga o’xshar edi. U «g’oz pero»sini 
siyohdonga tirishqoq holda botirar va chiroyli qilib harflar, so’zlar 
yozardi va hatto itni rasmini ham chizar edi. Bunda u boshini bir 
tekis sarak-sarak qilar va qo’l harakatiga mos ravishda ko’z - 
qovog’ini tushirar edi. O’sha asrning tomoshabinlari inson qo’li 
bilan yaratilgan bu «tirik mavjudot»ni ko’rib lol qolganlar. 
1774 yili Parijdagi ko’rgazmada Pyer va Anri Drolarning uch 
androidi: 
«nusxa 
ko’chiruvchi», 
«rasm 
chizuvchi» 
va 
«musiqashunos»i namoyish qilinadi. Anri Droning androidi hozirgi 
vaqtda Fransiyaning Nevshatel shahridagi nafis san’at muzeyida 
saqlanmoqda. 
XIX asrning boshiga kelib androidlar o’rnini yuqori texnik 
imkoniyatlarga ega bo’lgan elektromexanik robotlar egalladi.
«Robot» termini birinchi bo’lib chex yozuvchisi Karel 
Chapekning 1920 yilda yozgan R.U.R. («Rassum universal 
robotlari») pyesasida qo’llangan. Bu so’z «goot» degan chex 
so’zidan olingan bo’lib, odamzodga o’xshab harakat qiluvchi 
mashinani anglatadi. Pyesaning qahramonlari tashqi ko’rinishi 
bo’yicha odamga o’xshagan mexanik odamlar bo’lib, fizik va 
intellektual tomondan odamdan ustun edi. K. Chapek ularni 
«robotlar» deb atadi. Bu so’z «android» atamasini siqib chiqarib 
(«android» so’zi faqat o’tgan zamon mexanik ko’g’irchoqlarining 
atalishida saqlanib kolgan), dunyoning hamma tillariga singib ketdi. 
Dunyoda birinchi robot 1927-yilda yaratilgan. Bu amerikalik 
muxandis Dj. Vensli tomonidan loyihalashtirilgan va butun dunyo 
ko’rgazmasida namoyish qilingan «Televoks» roboti edi. 
«Televoks» robot qo’llari bilan harakat qila olar, oyoqqa tura olar va 
magnitofon yordamida bir nechta iboralarni ayta olar edi. Bularning 
hammasini androidlar harakatidan farqli o’laroq, qat’iy (o’zgarmas) 
programma bo’yicha emas, balki o’zining konstruktori ko’rsatmasi 


bo’yicha bajarar edi. Robotga topshiriqlar hushtak yordamida 
kiritilgan. «Televoks» ommaviy tarzda namoyish qilinganidan so’ng 
«ishga» solib yuborildi, ya’ni uni Nyu-Yorkdagi osmon o’par 
uylardan birining vodoprovod shohobchasiga navbatchi vazifasiga 
«tayinlashdi». Uning zimmasiga tizimdagi suvning sathi va nasoslar 
ishini kuzatib turish yuklandi. 
Shundan so’ng qiziqarli texnik yechimlarga ega bo’lgan 
elektromexanik robotlarning bir butun avlodi paydo bo’ldi. 
Keyinchalik mikroprosessor texnologiyaning rivojlanishi natijasida 
elektromexanik robotlar o’rnini elektron robotlar egalladi. Shunday 
robotlardan ikkitasi xususida so’z yuritamiz. Birinchi robot 
«Universal» Osaka shahrida (Yaponiya) butun dunyo ko’rgazmasida 
namoyish qilindi. Robot radio orqali beriladigan 27 topshiriqni 
bajarardi: u yuradi, boshi va qo’llari haraqat qiladi, musiqani 
tushunadi va uning ohangiga o’ynaydi va hokazo. Ikkinchi robot 
«Demonstrator» («namoyish qiluvchi») Ukraina Fanlar akademiyasi 
institutlaridan birida bor. Bu robotning ichiga sun’iy olmos ishlab 
chiqaruvchi laboratoriya qurilmasi joylashtirilgan. Robot oddiy 
grafitdan sun’iy olmos ishlab chiqarish texnologiyasini ommabop 
qilib tushuntirib bera olgan. Ma’ruza paytida robotning og’ziga 
grafit parchalari solingan, robot esa jag’i bilan uni ezgan va ko’p 
o’tmay uning o’zi maxsus teshigidan tayyor bo’lgan olmos kristallni 
olib bergan. Bu namoyish katta samara bergan. 
Yuqorida 
aytilgan 
fikrlarni 
umumlashtirib, 
shuni 
tasdiqlashimiz mumkinki, android va birinchi robotlar insonning 
harakat va ta’sir qilish sohasidagi imkoniyatlarini modellashtirishda 
birinchi urinish bo’lgan. Ular hozirgi zamon robotlarining asoschisi 
bo’la olmadi. Bunga eng oddiy intellektning yo’qligi sababdir. Bu 
nimada ifodalangan? Bu, birinchidan, tashqi muhit bilan android 
(robot)lar harakati o’rtasida teskari aloqaning yo’qligi hamda bu 
tashqi o’zgaruvchan muhitga moslanish qobiliyatining yo’qligi bilan 
ifodalanadi. Bular mahorat bilan yasalgan o’yinchoqlar edi, ularning 
harakati qat’iy programmalashtirilgan edi. Masalan, «Nusxa 
ko’chiruvchi» android hamma vaqt oldindan belgilangan jumlalar 
to’plamidan birini yozardi. Agar uning siyohdonida siyoh bo’lmasa 
ham u siyohdonga perosini tiqishni va qog’ozga pero bilan (perosida 
siyoh bo’lmasa ham) yozishni davom ettirar edi. «Naychi» android 


esa, agar, uning nayi o’rniga xuddi nayga o’xshash o’lchamda 
dumaloq yog’och qo’yilsa ham o’zining ohangini o’ynay berardi. 
Birinchi robotlar androidlardan deyarli farqlanmasdi. Ular o’zlariga 
xos harakatlarni (tashqi muhit ta’sirida bo’ladigan harakatlarni 
emas, balki topshiriq signallari yordamidagi har xil ketma-ketlikdagi 
harakatlarni) bajarardilar. Shunday bo’lsa ham, android va 
elektromexanik robotlarni yaratishga ketgan urinishlar zoye 
ketmadi. 
Bunday 
o’yinchoqlarni 
yaratuvchilar
antropomorf(odamga 
xos) 
harakatlarga 
mexanik 
o’xshatish 
imkoniyati to’g’risidagi masalani ijobiy hal qilganlar. Bu ishlarning 
natijalari biomexanika (odam harakati nazariyasi) rivojlanishida 
katta rol o’ynagan, ya’ni insonlar uchun protezlar yaratishga imkon 
bergan. Androidlar qo’li inson tomonidan yaratilgan birinchi 
manipulyatorlar sanalgan. Hozirgi paytdagi manipulyatorlar 
qanchalik mukammal bo’lmasin, ular bilan mexaniklarning «oltin 
asri»ning ajoyib ijodkorlari tomonidan yaratilgan manipulyatorlar 
orasida genetik o’xshashlikni oson ko’rish mumkin. 
Shuni alohida qayd qilish kerakki, robot-androidlarning 
ijodkorlari hozirgi zamon robotlari paydo bo’lishi uchun imkon 
yaratganlar. 

Download 292,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 292,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi

Download 292,25 Kb.
Pdf ko'rish