• 1. Ekspert tizimlar
  • Tarixi va uning asosiy xususiyatlari




    Download 292.25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana13.01.2024
    Hajmi292.25 Kb.
    #136426
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    61b19738d25b24.81746527
    5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, Қосимова М.С, Ходиев Б.Ю, Самадов А.Н, Мухитдинова У.С.Кичик бизнесни бошқариш, kompas, 9-mustaqil ish DESKIRET, 7Документ Microsoft Office Word, 11.сув ресурсидан фойдаланганлик, 8.жисмоний мол мулк солиғи, file, 3 s Ona , 2-Laboratoriya, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi, 5, Saf mashqlari, YULDOSHEV G‘OLIB SHAVKAT O‘G‘LI QAYD VARAQA, Murodova Marjona ma\'lumotnoma


    2 – MA’RUZA 
    SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINING RIVOJLANISH 
    TARIXI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI 
    Reja: 
    1. Ekspert tizimlar. 
    2. Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. 
    3. Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari va unda 
    yechiladigan masalalar. 
    Tayanch 
    iboralar: 
    ekspert 
    tizimlar, 
    sun’iy intellekt
    nazariyotchi-mantiqchi, umumiy masala yechuvchi, evristik usul,
    bilimlar bazasi, android, robot, elektromexanik robot, intellektual 
    tizimlar, his qiluvchi, muloqot tizimi, antropomorf.
    1. Ekspert tizimlar 
    Ma’lum fan sohasidagi Sun’iy intelekt tizimi ekspert deb 
    ataladi.
    Ekspert tizim(ET) uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan 
    sohasidagi ekspertlar xizmat qiladi.
    Ularning asosiy xususiyatlari:
    o ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni 
    qabul qiladi;
    o ETdagi bilimlar doim to’planib va yangilanib boriladi;
    o ET oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo’ladi.
    o ET ishchilarga va mutaxassislarga o’quv qo’llanmasi 
    sifatida foydalanilishi mumkin.
    ETni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi 
    qatnashuvchilarni aytib o’tish mumkin:
    1) 
    ETni 
    loyihalashning 
    instrumental 
    muhitini 
    ishlab 
    chiquvchilar.
    2) ETni yaratishdagi instrumental muhit(IM).
    3) ETning o’zi.
    4) Ekspert.
    5) Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi(BB) administratori;
    6) Foydalanuvchi. 
    80-yillarning boshlarida sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy 
    izlanishlar jarayonida «Ekspert tizimlar(ET)» nomini olgan mustaqil 
    yo’nalish shakllandi. ET bo’yicha izlanishlarning maqsadi


    shunday dasturlar yaratish kerakki, nafaqat inson – ekspert uchun 
    qiyin bo’lgan masalalarni yechsin, balkim ekspert oladigan 
    natijalardan sifati va samaraliligi bo’yicha kam bo’lmagan 
    natijalarni bersin. ET muhitida izlanuvchilar tomonidan «bilimlar 
    injeneri» termini ishlatishadi. Bu termin Ye.Feygenbaum tomonidan 
    kiritilgan. 
    ET yoki bilimlar injeneri (bundan keyin ularni sinonim sifatida 
    ishlatamiz) texnologiyalariga asoslangan dasturiy vositalar dunyo 
    bo’ylab sezilarli darajada tarqaldi. ETning muhimligi 
    quyidagilardan iborat: 
    - ET texnologiyalari kompyuterda yechiladigan va yechimi 
    iqtisodiy samara olib keladigan amaliy masalalar ko’lamini oshiradi; 
    - ET texnologiyalari an’anaviy dasturlashtirishdagi global 
    muammolarni yechishda muhim vosita hisoblanadi: murakkab 
    sohalarni qayta ishlashda yuqori sifat va uzoq muddatlilikga 
    erishish;
    - bir necha marta qayta ishlashlar sifatini boshqaruvchi 
    murakkab tizimlarni yo’naltirishdagi yuqori sifat; dasturlarni qayta 
    ishlatish darajasining pastligi va boshqalar; 
    - ET texnologiyalari bilan an’anaviy dasturlashtirish 
    texnologiyalarini birlashtirganda: dasturchi tomonidan emas
    foydalanuvchi tomonidan sohaning dinamik modifikasiyalarini 
    ta’minlash; sohalarning yanada «silliqligi»; yaxshi grafika; interfeys 
    va o’zaro ta’sir hisobiga dasturiy mahsulotga yangi sifatlar 
    qo’yiladi. 
    Yetakchi mutaxasislar fikricha, keyingi izlanishlarda ET 
    quyidagicha qo’llanilishi mumkin: 
    - ET loyihalashtirish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, 
    taqsimlash, sotish, qo’llab – quvvatlash va xizmat ko’rsatishning 
    barcha sohalarida asosiy o’rinni egallaydi; 
    - savdo sohasidagi ET texnologiyalari o’zaro ta’sir etuvchi 
    tayyor intellektual modullar sohalari integrasiyasida revolyusion 
    kuchayishni ta’minlaydi.
    Ishlab chiqarishda keng va samarali qo’llanilayotgan ETlarga 
    misollar: 
    DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini 
    tanish uchun ET; 


     MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET; 
    XCON 
    – VAX 11 xisoblash komplekslarini 
    loyxalashtiruvchi ET; 
    MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo’yuvchi ET;
    PUFF – sil kasalligiga tashxis qo’yuvchi ET; 
    MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET; 
    YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operasion 
    tizimlarni boshqaruvchi ET; 
    PROSPECTOR- foydali qazilmalarni topishda maslaxat 
    beruvchi ET; 
    POMME – mevali bog’larga arashga maslaxat beruvchi ET; 
    AIRPLANE – samolyot yerga qo’nishida letchikka yordam
    beruvchi ET; 
    ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab 
    chiqarishni rejalashtiradigan ET; 
    MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis 
    qo’yuvchi ET;
    MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini 
    aniqlash va tuzatish uchuET; 
    NetWizard  – lokal tizimlarni loyixalovchi ET. 

    Download 292.25 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 292.25 Kb.
    Pdf ko'rish