|
Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish ishning maqsadi
|
bet | 3/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #146972 |
Bog'liq Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini -fayllar.orgAvtomatik tip – ushbu tipda ulanishni Packet Tracer tanlangan qurilma uchun ulanishning sanab o‘tilgan tiplaridan avtomatik tanlaydi.
Konsol – konsol ulanish. Konsol ulanish ShK va marshrutizatorlar yoki kommutatorlar o‘rtasida bajarilishi mumkin.
To‘g‘ri mis – o‘ralgan juftlik tipidagi mis kabelli ulanish, bunda kabelni har ikkala uchi bir xil tartibda yig‘ilgan.
Krossover mis – o‘ralgan juftlik tipidagi mis kabelli ulanish, kabel uchlari krossover singari yig‘ilgan.
Optika – optik kabel yordamida ulanish, bu optik interfeysga ega bo‘lgan qurilmalarning ulanishi uchun zarur.
Telefon kabeli – telefon apparatlarini ulash uchun kabel. Telefon liniyasi orqali ulanish modem portlariga ega bo‘lgan qurilmalar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Masalan – SHK.
Koaksial kabel – koaksial kabel yordamida qurilmalarni ulash. kabelli modem va bulut o‘rtasida ulanish uchun foydalaniladi.
Seriyali DCE va seriyali DTE – Internet aloqasi uchun ketma-ket portlar orqali ulanish. Bunday ulanishni sozlaash uchun DCE-qurilma tarafida sinxronizatsiyani o‘rnatish lozim. DCE tamonini portni yonidagi kichkina "chasov" ikonkasi bo‘yicha aniqlash mumkin.
Grafik menyu. 6-rasmda gafik menyu keltirilgan.
6-rasm. Grafik menyu
Ushbu rasmda chapdan o‘ngga:
Select uskunasi Esc tugmasi bilan faollashtirish mumkin. U bitta yoki ko‘proq ob’ektlarni, keyinchalik ularni ko‘chirish, nusqa olish yoki o‘chirish uchun belgilab olish uchun ishlatiladi.
Move Layout uskunasi tarmoqning katta loyihalarini ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi.
Place Note uskunasi loyihaning ishchi maydoniga matn qo‘shadi.
Delete uskunasi belgilangan ob’ekt yoki ob’ektlar guruhini o‘chiradi.
Inspect uskunasi qurilmaning tipiga bog‘liq holda jadvallar (ARP, NAT, marshrutizatsiya jadvallari va boshqalar) mazunini ko‘rish imkonini beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish ishning maqsadi
|