|
Axborot tarmogʻi xavfsizligi qurilmalar va dasturiy Pdf ko'rish
|
bet | 214/225 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #117020 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob6.3.3. Axborot tarmogʻi xavfsizligi qurilmalar va dasturiy
taʻminot
Internetda mavjud elеktron toʻlovlar xavfsizligini taʻminlash hozirgi
kunda Internetda koʻpgina axborot markazlari mavjud, masalan,
kutubxonalar, koʻp sohali maʻlumotlar bazalari, davlat va tijorat
tashkilotlari, birjalar, banklar va boshqalar. Internetda bajariladigan
elеktron savdo katta ahamiyat kasb etmoqda. Buyurtmalar tizimining
koʻpayishi bilan ushbu faoliyat yana kеskin rivojlanadi. Natijada,
haridorlar bеvosita uydan yoki ofisdan turib, buyurtmalar bеrish
imkoniga ega boʻlishadi. Shu bois ham, dasturiy taʻminotlar va apparat
vositalar ishlab chiqaruvchilar, savdo va moliyaviy tashkilotlar ushbu
yoʻnalishni rivojlantirishga faol kirishishgan.
Axborot tarmogʻi xavfsizligi qurilmalar, dasturiy taʻminot,
maʻlumotlar va xodimlarni himoyalashni oʻz ichiga oladi. Axborot
tarmoqlari
xavfsizligini
taʻminlash
va
ularni
boshqarishni
optimallashtiruvchi bir qancha dasturiy mahsulotlar mavjud. Masalan:
Opsview Core; StoneGate SSL VPN; Kerio Control; OpenMediaVault
va boshqalar. Korporativ tarmoqlar uchun bugungi kunda eng ommabop
va qulay tizimlardan biri bu Kerio Control hisoblanib, unda quyidagi
imkoniyatlar mavjud:
- internet tarmogʻiga xavfsiz murojaatni amalga oshirish;
- tezlikka chegara qoʻyish, shuningdek faqat kerakli resursga
murojaatni taʻminlash orqali xarajatlarni kamaytirish;
- internetdan foydalanishni nazorat qilish orqali xodimlar ish
samaradorligini oshirish;
- turli reklama, spam, va viruslardan himoyalashi va boshqalar.
Kerio kompaniyasiga 1997 yilda asos solingan boʻlib, u internet
tarmogʻida maʻlumotlar bilan ishlash va almashish bilan bogʻliq keng
turdagi dasturiy mahsulotlarni taqdim etadi.
|
| |