Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

 
2.2.11-rasm. Trаnsivеrlаr 
 
 
2.2.8. Simsiz tarmoq texnologiyalari 
Bluetooth texnologiyasi 
Bluetooth — bu 100 metrgacha boʻlgan masofada qurilmalar 
orasida simsiz maʻlumotlarni uzatish texnologiyasi. Bluetooth ishlab 
chiqarishga doir ishlar 1994 yilda Ericsson telekommunikatsion jihozlar 
ishlab chiqaruvchisi tomonidan boshlangan. Oxir-oqibat Bluetooth 1998 
yilda asos solingan Bluetooth Special Interest Group tomonidan ishlab 
chiqildi. Unga Ericsson, IBM, Intel, Toshiba va Nokia kompaniyalari 
kirdi. Keyinchalik u IEEE 802.15.1 xalqaro standartining bir qismiga 
aylandi. Bluetooth soʻzining ildizi Daniyaga borib taqaladi, u "koʻk tish" 
degan maʻnoni beradi. Bir-biriga qarshi boʻlgan Daniya qabilalarini 
yagona qirollikka birlashtirgan vikinglar qiroli Xarald Iʻni shunday 
chaqirishgan. Umuman olganda, Bluetooth ham aloqa protokollarini bir 
universal standartga birlashtiradi. Hi-News Bluetooth qanday ishlashiga 
doir maʻlumotlari bilan boʻlishdi.


80 
Bluetoothʻning taʻsir tamoyili radiotoʻlqinlardan foydalanishga 
asoslangan. Bluetooth ishga tushirilganda 2,4 GGs atrofidagi cheklangan 
chastota diapazonida ishlaydigan radio uzatgich faollashadi. Bu spektor 
qismi ISM — Industry deb ataladi, Science and Medicine — turli 
maishiy uskunalar va simsiz tarmoqlarda qoʻllaniladi. Faollashuvdan 
soʻng radiouzatgich shu diapazondagi barcha signallarni kuzata 
boshlaydi. Ikkinchi qurilma ham xuddi shu ishni bajaradi. Qurilmalar 
bir-birini topganidan soʻng birinchisi uzatgich rolini oʻz zimmasiga 
oladi, ikkinchisi esa priyomnikka aylanadi. Maʻlumotlar keng qamrovli 
toʻsiqlarga chidamlilikni taʻminlovchi maxsus FHSS algoritmidan 
uzatiladi. Mazkur algoritmga muvofiq, Bluetooth signali chastotasi 
soniyasiga 1600 marta oʻzgaradi. Har bir ulanish uchun chastotalar 
orasidagi ketma-ketlik tasodifiy hisoblanadi va bu faqat har 625 
mikrosoniyada sinxron ravishda bir chastotadan boshqasiga oʻtadigan 
uzatgich hamda qabul qilgichga maʻlum. SHunday ekan, agar 
yoningizda uzatgich-priyomniklarning bir necha jufti ishlayotgan boʻlsa, 
ular bir-biriga xalaqit bermaydi. Bu algoritm shuningdek uzatilayotgan 
maʻlumotlar himoya tizimining bir qismi hisoblanadi. Bluetoothdan 
yoʻllashdan avval maʻlumotlar maxsus bloklarga ajratiladi. Priyomnik 
protsessori paketlarni qayta ishlaydi, ulardan uzatiluvchi faylni yaratadi 
va uni qurilmaning doimiy xotirasiga joylaydi. Raqamli maʻlumotlar va 
audiosignal uzatishda kodlashning turli tuzilmalari qoʻllaniladi: 
audiosignal takrorlanmaydi, raqamli maʻlumotlar esa, maʻlumotlar 
paketi yoʻqotilgan taqdirda takroran uzatiladi.
Bluetooth asosini bitta bosh tugun va bir qancha (yettitagacha) tobe 
tugunlardan iborat 10 metr radiusli maydonni qamrab olgan pikotarmoq 
(piconet) tashkil etadi. Vaholanki, ular bir-biri bilan koʻprik moslamasi 
(maxsus tugun) bilan ham bogʻlanadilar. (2.2.12-rasm.). Bir nechta 
pikosetlarning oʻzaro bogʻlanishi yoyilma tarmoq (рассеянную сеть 
(scatternet)) deb yuritiladi [19]. 
Bluetooth tizimi 2,4 GGts ISM diapazonda va 802.11. standartda 
ishlaydi. Diapazon har biri 1 MGts li 79 kanalga boʻlingan. 
Bugungi 
kunda 
Bluetoothʻning 
dolzarb 
versiyasi 
5.0 
spetsifikatsiyasi hisoblanadi. U 2018 yilning iyunida Londonda 
namoyish qilingan boʻlib, oshirilgan taʻsir doirasi (bino ichida 40 
metrgacha va koʻchada 200 metrgacha) hamda 6,25 MBayt/sʻni tashkil 
qiluvchi maʻlumot etkazish tezligi bilan ajralib turadi. 


81 

Download 7,35 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish