• 2.2.11-rasm. Hub qurilmasi
  • 2.2.12-rasm. Switch
  •  Kompyuter tarmoq qurilmalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    2.2.7. Kompyuter tarmoq qurilmalari 
    Konsentratorlar (HUB) 
    HUB qurilmalari xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlash 
    yaʻni tarmoq hosil qilish uchun kerak boʻladi. (2.2.11-rasm.) 
    Shuningdek xabni konsentrator va taqsimlovchi deb atashadi. Yulduz 
    shaklida qurilgan tarmoqlarda u markaziy punkt boʻladi. Xabning har bir 
    portidan ishchi stansiyalariga kabel olib boriladi, natijada yulduzga 
    oʻxshash tizim hosil boʻladi. 
    2.2.11-rasm. Hub qurilmasi 
    Kompyuter oʻrniga xabga qoʻshimcha xab ulash mumkin, bu esa 
    tarmoq imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ethernet oʻrama 
    juftlik kabel uchun 5-24 portli xablar mavjud. Ular 10 yoki 100 Mbps 
    uzatish tezligiga ega boʻladi. Yana Dual-Speed-Hubs (10 yoki 100 
    Mbps) ishlatilishi mumkin, ular, kommutator koʻrinishida ulanib ikki 
    xablardan iborat boʻladi. 
     
    Kommutatorlar (Switches) 
    Bu OSI modelining tarmoq darajasida ishlovchi qurilma boʻlib, bir 
    yoki bir nechta tarmoq qismlarini birlashtirish uchun moʻljallangan. 
    Kommutator paketlarni ichki jadvallar asosi yaʻni uzatish jadvallariga 
    beradi, binobarin, trafik faqat yoʻnaltirilgan MAC-manzilgagina boradi 
    va barcha portlarda takrorlanmaydi. Xablarga nisbatan komutatorlar 
    ancha intelektualroq. Agar xabga qaraganda tashqi koʻringish farqlari 
    uncha katta boʻlmasa ham, ammo komutatorlar ichida mutloq boshqa 
    texnika ishlatilgan. Xabda barcha kompyuterlar tarmoq polosasining 
    umumiy enini oʻzaro boʻlib olishga majburdirlar, komutatorga ulangan 
    kompyuter esa polosani hamma enini ishlatishi mumkin. Shuning uchun 
    komutatorlarni qoʻllaydigan tarmoqlar tezligi balandroq. 
    16-Port Switch 10/100 Mbit/chiqishlari RJ-45 Ports. 2.2.12-rasmda 
    koʻrsatilgan. 


    76 
    2.2.12-rasm. Switch 
    Kommunikasiya boʻyicha ikki sherik oʻrtasida virtual ulanishga 
    oʻxshash narsa paydo boʻladi. Shunday qilib, boshqa segmentlar bilan 
    yuklanish boʻlmaydi va tezlik oshadi. 2.2.13-rasm da Switch 4-
    x/10/100/1000 Mbit/chiqishlari 4 RJ-45 Ports koʻrsatilgan. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish